Mexanika (MD) fani bo’yicha asosiy tushinchalar va ta’riflar


Tishlarning sinishi va yeyilishi. Sababi va turlari



Yüklə 133,62 Kb.
səhifə16/44
tarix29.11.2023
ölçüsü133,62 Kb.
#141458
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44
Mexanika (MD) fani bo’yicha asosiy tushinchalar va ta’riflar-fayllar.org

Tishlarning sinishi va yeyilishi. Sababi va turlari
Tishli uzatmalarning ishlash qobiliyatini belgilovchi asosiy kuchlanishlar tish sirtida hosil bo’ladigan kontakt kuchlanish va tishning tubida paydo bo’ladigan eguvchi kuchlanish dir ).
. Tishlarda hosil bo’ladigan kuchlanishlar.
O’zgaruvchan kuchlanishlar tishlarning toliqishdan shikastlanishiga sababchi bo’ladi: kontakt kuchlanish tishlarning uvalanishiga, eguvchi kuchlanish esa tishlarning sinishiga olib keladi. Ilashmadagi kontakt kuchlanish va ishqalanishga yeyilish, qadalish va tishlar sirtining boshqa shikastlanish turlari bog’liq bo’ladi.
Tishlarning sinishi ). Tishlarning sinishi eguvchi kuchlanish bilan bog’langan. Tishlar sinishining ikki turi mavjud:
zarbiy yoki statik yuklanishlar ta’sirida sinish (hisoblashlarda yuritmani o’ta yuklanishini mumkinligini hisobga olish kerak bo’ladi);
toliqishdan sinish o’zoq muddatli ishlash davomidagi o’zgaruvchan kuchlanishlar natijasida vujudga keladi (bunda kuchlanishlar konsentrasiyasini bartaraf etish muhim ahamiyatga ega).
. Tishlarning sinishi.
Tishlar sinishining oldini olishning umumiy choralari – modulni oshirish, tishlarni qirqishda musbat siljitish, termik ishlov, puxtalash, qirralar bo’yicha yuklanish konsentrasiyasini kamaytirish.
Tishlar sirtining shikastlanishi . Tishlar sirtini shikastlani­shining barcha turi kontakt kuchlanish va ishqalanish bilan bog’langan.
. Tish sirtining emirilish turlari.
Uzatmaning yaxshi moylanishi sharoitida kontakt kuchlanish ta’sirida toliqib uvalanish , a) tishlar sirtini shikastlanishining asosiy turi hisoblanadi. Bunday uzatmalarning tishlari metal-metal tutashuvni bartaraf etuvchi yupqa moy qatlami bilan ajratilgan. Bunda tishlar yeyilishi kam. Tishlar sirtida toliqish paydo bo’lguncha uzatma uzoq vaqt ishlaydi. Toliqish tishlar oyoqchasining qutb chizig’i yaqinida ya’ni yuklama bir juft tishlar bilan uzatilish joyida boshlanadi, tishlarning sirpanishi va dumalab o’tishi shunday yo’nalganki, bunda moy o’yiqchalarda bosim ostida siqiladi va metall bo’lakchasining uvalanishiga olib keladi. Toliqishda moy pardasi hosil bo’lish sharoiti buziladi va natijada metallik tutashuv vujudga kelib tish sirti jadal yeyiladi va tirnaladi.
Toliqishning oldini olishning umumiy choralari - kontakt kuchlanish bo’yicha toliqishga hisoblashdan o’lchamlarini aniqlash; termik ishlov orqali material qattiqligini oshirish; tishlar kontakt me’yori bo’yicha aniqlik darajasini oshirish.

Yüklə 133,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə