Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc


“Habib us-siyar fi azbor afrod ul-bashar” va G’i



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/196
tarix03.06.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#88611
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   196
11.2.4. “Habib us-siyar fi azbor afrod ul-bashar” va G’i
ё
siddin 
Xondamirning tarixiy asarlari 
“Habib us-siyar fi azbor afrod ul-bashar” (“
İ
nson xabarlari va fardlarida 
dwstning tarjimai h’oli”) nomli mashh’ur tarixiy asar muallifi G’i
ё
siddin 
Xondamirdir (1475-1535 yy.). Uning twliq ismi G’i
ё
siddin Muh’ammad ibn xoja 
Burxoniddindir. Otasi xoja Humomiddin Muh’ammad Temuriylardan Sulton 
Mah’mud Mirzo (1459-1494 yillari Chag’oni
ё
n, Huttalon, Qunduz, Bag’lon va 
Badaxshon h’okimi)ning vaziri bwlgan. Ona tarafidan tarixchi Muh’ammad 
Mirxond nabirasidir. 
Xondamir 
15-16 
ё
shligi chog’ida Alisher Navoiyning etiborini qozonadi va 
uning kutubxonasiga xizmatga qabul qilinadi. U to Navoiy vafotiga qadar, yaeni 3 
yanvar 1501 yilgacha xizmatda bwldi va boy kutubxonasiga mutasaddilik qildi. 
Xondamir wzining keng va chuqur malumotliligi, ilm-fanga chanqoqligi va 
saloh’iyati bilan kwplarning tah’siniga sazovor bwldi. Uning h’aqida Alisher 
Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkirasida mana bularni wqiymiz: “Mavlono 
Xondamir Mirxondning farzandidir va saloh’iyatli yigitdir. Tarix ilmida mah’orati 
bordir...”
39
Alisher Navoiy vafot etgandan keyin Xondamir mamlakatda kuchayib 
ketgan waro kurash, ayniqsa saroy afjiga mingan fmsqu fujurlar oqibatida Balxga 
ketib qoldi va Badiuzzamon mirzo (1496-1506 yillari Balx h’okimi, 1517 yida 
vafot etgan)ning shaxsiy krtib sifatida xizmatiga kirdi. 1507 yili Hirot 
Shayboniyxon tomonidan ishg’ol etilgandan keyin u Zah’iriddin Muh’ammad 
Bobur h’uzuriga ketib qoldi. 1512 yili Bobur Movarounnah’rdan siqib 
chiqarilgach, Xondamir Garjistonga bordi va to 1514 yilgacha Pasht qishlog’ida 
istiqomat qildi. U asosan ilmiy faoliyat bilan mashg’ul bwldi. 
39
Алишер
Навоий

Асарлар
. 12 
жилд
.-
Т
.: 1966.-125 
бет
.


123
1514-1517 yillari Xondamir Balx uchun kurash olib borgan Badiuzzamon 
mirzoning wg’li Muh’ammad Zamon bilan birga bwlib, uning kotibi sifatida 
xizmat qildi. Muh’ammad Zamon Safaviylardan engilgach, Xondamir yana 
Garjistonga qaytib bordi va ilmiy faoliyatini davom ettirdi. 
1521 yili Xondamir vazir Habibullo Sovajiyning taklifi bilan Hirotga qaytib 
bordi va uning topshirig’i bilan wzining yirik tarixiy asari “Habib us-siyar”ni 
ё
zishga kirishdi. Oradan olti yil wtgach, 1527 yilning iyuo oyida Xondamir Hirotni 
tark etdi va bu safar Hindistonga ketib qoldi. Qishni u Qandah’orda kechirdi va 
1528 yilning 17 sentyabrida Agraga kelib tushdi va Bobur xizmatiga qabul qilindi. 
Bobur vafotidan swng uning twng’ich wg’li va taxt vorisi Humoyun (1530-1542, 
ikkinchi marta 1555-1556 yy.) bilan birga bwldi. Tarixchi Deh’lida vafot etdi va 
vasiyatiga kwra mashh’ur Nizomuddin Avli
ё
mozorida Amir Xusrav 
ё
niga dafn 
etildi. 
Xondamir sermaxsul olim edi. Movarounnah’r, Turkiston, Yaqin va Wrta 
Sharq xalqlari tarixi va madaniyatiga oid wnga yaqin asar 
ё
zib qoldirgan. “Xulosat 
ul-axbor” (“Tarixlar (xabarlar) xulosasi”), “Maosir ul-muluk” (“Podshoh’lar 
asrdoshlari”), “Nomayi nomiy”(“Atoqli maktublar”), “Makorim ul-axloq” 
(“Namunali xulq”) va “Habib us-siyar” shular jumlasidandir. 
Xondamirning ilmiy merosida “Habib us-siyar” nomli yirik tarixiy asari 
aloh’ida wrin tutadi va Movarounnah’r h’amda Xurosonning XV asr oxiri va XVI 
asrning birinchi choragi dagi ijtimoiy-si
ё
siy tarixini wrganishda muh’im va 
qimmatli manbalardan biri bwlib xizmat qiladi. Asar 1521-1524 yillar orasida 
ё
zilgan. Lekin olim Hindistonda turgan yillari h’am asari ustida muntaxam ish olib 
bordi, uni yangi dalillar bilan boyitdi, tah’rir qildi. Kitob twla ravishda 1529 yili 
ё
zib tamomlandi. 
“Habib us-siyar” umumiy tarix ywnalishidagi asar bwlib, muqaddima 
(iftitoh’), xotima (ixtitom) va uch jild (mujallad)dan iborat. Wz navbatida h’ar bir 
jild twrt qism (juz)ga bwlinadi. Asarning I-II- jildlari amda III- jildning 1-2- qism, 
juzlari Turkiston xonlari, Chingizxon va uning Mwg’uliston, Dashti qipchoq, 
Movarounnah’r va Eronda h’ukmronlik qilgan avlodi, Mamlyuklar
40
, Kirmon 
Qlraxitoylari, Kartlar va Xuroson sarbadorlari tarixini wz ichiga oladi. III - jildning 
3- va 4- qismlari, juzlari esa yangi bwlib, Xuroson va Movarounnah’rning XV 
asrning 90- yillaridan to 1524 yilgacha bwlgan ijtimoiy-si
ё
siy ah’volini chuqur va 
atroflicha ba
ё
n etadi. 
“Habib us-siyar” asarida katta er egaligi, iqtisodiy ah’vol, tinimsiz urushlar 
tufayli vujudga kelgan sharoit twg’risida ayrim, diqqatga sazovor dalillar va 
malumotlarni uchratamiz. Masalan, asarda wz aksini topgan 1498 yilgi Samarqand 
qamali paytidagi shah’ar xalqining ayanchli ah’voli, 1512 yilgi Safaviylar 
tomonidan 10:22arshi shah’rida uyushtirilgan qirg’in-qatli om, 1514, 1515 yillari 
Xurosonda yuz bergan qah’atchilik va ochlik h’aqidagi malumotlar ana shular 
jumlasidandir. 
Xondamirning ushbu asarida muh’im ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid, kr 
egaligi, tarxonlar, suyurg’ol egalari va ularning jamiyatda tutgan mavqei, 
40
Мамлюклар
– 
турк
ва
черкас
қулларидан
чиққан
сулола
, 922-1217 
йиллари
Мисрни
идора
қилган
.


124
Temuriylar davlatining mamuriy tuzulishi h’aqida qimmatli malumotlar bor. 
Shuningdek, asar etnografik va geografik malumotlarga h’am boydir. 
“Habib us-siyar” asarining qwl
ё
zma nusxalari kwp. Asarning matni 1857 
yili Bombay shah’rida va 1954 yili Teh’ronda chop qilingan. Undan ayrim 
parchalar rus, frantsuz va ingliz tillarida turli twplamlarda elon qilingan.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə