125
Muh’ammad Haydar zamonasining wqimishli va keng malumotli
kishilaridan edi. Boburning guvoh’lik berishiga qaraganda, u durustgina shoir,
xattot, rassom, shuningdek, nayza va kamon yasovchi usta bwlgan. Muh’ammad
Haydarning bizning zamonamizgacha ikki yirik asari etib kelgan. Bulardan biri
“Jah’onnoma” deb atalib, ertak tarzida
ё
zilgan. Uning yagona qwl
ё
zmasi
Germaniyaning Berlin shah’ri kutubxonalaridan birida saqlanmoqda.
Olimning ikkinchi yirik va mashh’ur asari “Tarixi Rashidiy”dir. Kitob ikki
qism, davtardan iborat bwlib, birinchi qismida Mwg’uliston xalqlarining tarixi
Tug’luq Temur (1348-1363 yy.)dan to Abdurashidxonning taxtga wtirgani (1533
y.)gacha bwlgan davrni wz ichiga oladi.
Asarning birinchi davtari turli naql-rivoyatlar, shuningdek,
Ё
qut
Hamaviyning “Mwjam ul-buldon”, Juvayniyning “Tarixi jah’onkushoy”,
Rashiduddinning “Jome ut-tavorix”, Jamol Qarshiyning “Mulh’aqot us-suroh’”,
Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Mirzo Ulug’bekning “Tarixi arba ulus”
va nih’oyat, Abdurazzoq Samarqandiyning “Matla us-sadayn” kitoblaridagi
malumotlar asosida
ё
zilgan. Lekin unda h’am Markaziy Osi
ё
ning XIV-XV
asrlardagi ijtimoiy-si
ё
siy h’a
ё
tiga oid yangi, asl nusxada bwladigan malumotlar
kwp. Qolaversa, birinchi daftar Koshg’ar, Qozog’iston, shuningdek,
Movarounnah’r va Turkistonning XIV-XVI asr boshlaridagi si
ё
siy tarixini
mukammal qamrab olishi bilan qimmatlidir.
İ
kkinchi daftar birinchisidan keskin farqli wlaroq, esdalik, xltiralar tarzida
ё
zilgan bwlib, Koshg’ar, Movarounnah’r, Afg’oniston h’amda Shimoliy
Hindistonning XVI asrning birinchi yarmidagi tarixini wrganishda asosiy va
qimmatli manbalardan h’isoblanadi.
Muh’ammad Haydar va uning “Tarixi Rashidiy” asari wtgan asrning
wrtalaridan beri ilmiy jamoatchilikning diqqat-etiborini jalb etib keladi. Uning
ayrim qismlari uyg’ur, wzbek va rus tillariga tarjima qilingan. Asarning
qisqartirilgan inglizcha tarjimasi bwlib, 1895 yili Londonda nashrdan chiqqan.
Twla ruscha tarjimasi swz boshi va zarur izoh’lar bilan, 1996 yili Toshkentda chop
etilgan.
“Tarixi Rashidiy” asarining qwl
ё
zmalari Sankt-Peterburg, Toshkent,
shuningdek, kwpgina xorijiy mamlakatlarning kutubxonalarida saqlanmoqda.
Dostları ilə paylaş: