Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc


“Yuan-chao min-chen shi-lyue”



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/196
tarix03.06.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#88611
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   196
“Yuan-chao min-chen shi-lyue”
“Yuan-chao min-chen shi-lyue” (“Yuan sulolasi mashh’ur 
mansabdorlarining qisqacha tarjimai h’oli”) nomli asar 15 bobdan iborat bwlib, 
uni tarixchi Su Tyantszyue yaratgan. Kitobda saltanatda xizmat qilgan 47 yirik 
mansabdorning tarjimai h’oli ba
ё
n etilgan. Ular orasida turkiy qavmlardan 
chiqqanlari h’am bor. 
Bu uch kitobdan iborat asarning kwpgina nashrlari mavjud. Eng yaxshi 
nashri 1962 yili Nankin universiteti professori Xan-Julin tarafidan amalga 
oshirilgan. Noshirning swz boshisi muh’im ilmiy ah’amiyatga ega. 
“Shen-u tsin chjen-lu” 
“Shen-u tsin chjen-lu” (“Muqaddas sarkarda Chingizxonning h’arbiy 
yurishlari tafsilotlari”) nomli asar asli mwg’ul tilida 
ё
zilgan, lekin uning shu 
nomdagi xitoycha tarjimasi bizgacha etib kelgan, xalos. Unda Chingizxonning 
h’arbiy yurishlari va mwg’ullar xuruji vaqtida turkiy xalqlarning ijtimoiy-si
ё
siy 
h’a
ё
ti h’aqida h’ikoya qiladi. 
“Shen-u tsin chjen-lu” asarini birinchi marta Yuan Chjon 1894 yili, Van 
Govey nomli tarixchi 1925-1926 yillari keng izoh’lar bilan chop etgan. 1872 yili 
P.Kafarov asarning ruscha tarjimasini, swz boshi va zarur izoh’lar bilan qwshib, 
nashr etgan. 1951 yili Pelo va Gambus uning frantsuzcha nashrini amalga 
oshirganlar.
“Yuan-shi” 
“Yuan-shi” (“Yuan sulolasi tarixi”) Yuan sulolasining twliq rasmiy 
tarixidir. Uni Sun-lyan (1310-1381 yy.) boshchiligidagi 16 muallif-tuzuvchilar 
yaratgan deb h’isoblaydilar. Kitob Min sulolasining imperatori Tayqchuning 
buyrug’i bilan 1369 yili 
ё
zib tamomlangan. 
Asar twrt qismdan iborat:
Birinchi qismda Yuan sulolasi shajarasi, yani Xubilayxondan boshlab 13 
mwg’ul imperatori, ularning shaxsiy h’a
ё
tida bwlib wtgan va ularning davrida 
mamlakatda kechgan asosiy voqealar berilgan. 
İ
kkinchi qismda samoviy voqealar tafsiloti, mamlakatda bwlib wtgan 
h’ududiy voqealar, mamlakatning mamuriy bwlinishi h’aqida, mamlakatdagi 
dar
ё
lar va nah’rlar, xalqining liboslari, amaldorlarni mansabga tay
ё
rlash oldidan 
wtkaziladigan imtih’onlar va boshqalar h’aqida malumot keltiriladi. 


168
Uchinchi qismda imperator va uning xonadoni azolarining shajarasi wrin 
olgan. 
Twrtinchi qismda imperator xonadoni azolarining tarjimai h’oli va qwshni 
mamlakatlar h’aqida qisqacha malumot keltiriladi. 
Turkiy xalqlar tarixi va turk aslzodalarining mwg’ul imperiyasining 
ijtimoiy-si
ё
siy h’a
ё
tida tutgan wrni h’aqida “Yuan-shi”ning twrtinchi qismida, 
ettinchi bobda juda qimmatli malumotlar beriladi. Unda keltirilgan 
malumotlarning tah’lili shuni kwrsatadiki, turklar, jamiyatda tutgan mavqeiga 
kwra xitoylardan keyin ikkinchi wrinda turgan xalq bwlgan. Yirie turk 
amaldorlari asosan uyg’ur, qorliq, qipchoq, qong’li, wng’ut, arg’in, nayman va 
kerait qavmlaridan chiqqan. Ular asosan mwg’ul imperiyasining mamuriy 
idoralari va h’arb ishlarini boshqarganlar. 
Turklar orasida olimlar h’am kwp bwlgan. Bular - qoluqlardan chiqqan 
Ba
ё
n, wng’ut Maqchuzan, qipchoq Toybug’a, Boboxudu, Ulchaybotir, 
qong’lidan chiqqan Buxulu, Wrus, Tabrikchi va boshqalar. Mwg’ul imperatorlari 
xizmatida bwlgan turklar orasida uyg’urlardan 300 mansabdor va olim bwlgan. 
“Yuan-shi”ning ayrim qismlari turli yillarda N.Ya.Bichurin, Pelo, 
L.Gambis, E.X
ё
nish, S.A.Kozin, A.Vayli, G.Franko, F.V.Klavaza va 
G.F.Shurmann tarafidan tarjima qilingan.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə