Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc


Turli masalalar h’aqidagi h’ujjat, farmonlar va maktublar



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/196
tarix03.06.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#88611
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   196
Turli masalalar h’aqidagi h’ujjat, farmonlar va maktublar 
Er-suv, Juybor xojalarini soliq va jarimalardan ozod qilish, ularga tegishli 
erlarga Vaxsh dar
ё
sidan suv chiqarish uchun turli viloyatlardan h’asharchilarni 
safarbar qilish, oldi-sotti h’aqida berilgan farmonlar va Juybor xojalariga 
jwnatilgan maktublar, masalan, shayboniy sultonlarining Abdullaxon soniydan 
shikoyat qilib Juybor xojalariga yuborgan arznomalari, Koshg’ar va Badaxshon 
h’ukmdorlarining xoja Muh’ammad Sad (1531-1532 – 1589 yy.) nomiga 
ywllagan maktublari Badriddin Kashmiriyning “Ravzat ar-rizvon” asarida h’am 
kwp keltirilgan. 
Shuni aloh’ida takidlab wtish kerakki, asar muallifining wz swzlariga 
qaraganda, uning qwlida xoja Muh’ammad 
İ
slom bilan xoja Muh’ammad Sad 
nomiga kelgan jami maktublar soni 500 dan ortiq bwlgan. Shundan u wz asariga 
132 maktubni kiritgan. Maktublar shayboniy sultonlar Muh’ammad Amin 
Sulton, Xudoyberdi Sulton, Juvonmard Ali Sulton, Kepak Sulton, 
Dinmuh’ammad Sulton, Xusrav Sulton, Abulquddus Sulton va boshqalarga 
tegishli bwlib, ulardan mamlakatdagi beqarorlik va ur-yiqitlarning avj olib 
ketganligi, soliq va jarimalarning h’addan ortiqligi va soliq yig’uvchilarning 
zulmi tuvayli raiyat ah’voli og’irlashib ketganligi, xon tarafidan qwyilgan 
amaldorlarning zulmidan shikoyat qilinadi.
Masalan, Sulton Saidxon (1530-1533 yy.)ning inisi Xuboyberdi Sultonga 
tegishli bir xatda xususan bunday deyilgan: “Qwshh’okimiyat orqasida Shayxin 
va Ofarinkent tumanlari xalqi Buxoro va Mi
ё
nqol taraflarga kwchib ketdi”. 
Maktub oxirida Xudoyberdi Sulton Xoja 
İ
slomdan ularni vatanlariga qaytarishda 
kwmak berishlarini iltimos qiladi. Sulaymon Sultonning wg’li Mah’mud 
Sultonning Xoja Sadga ywllagan maktubi h’am etiborga molikdir. Maktubda 
Sulton Abdullaxon tarafidan wziga otaliq
86
etib tayinlangan Xushimbiy ustidan 
ustidan shikoyat qiladi. Maktubdan malum bwlishicha, otaliq sultonga tegishli 
h’amma narsani, xususan davlat ishlari va mulkidan keladigan barcha laromadni 
egallab olgan. Masalan, h’ar yili xirojdan twplanadigan 30 ming xoniydan 
sultonga bir chaqa h’am bermay qwygan. 
Mazkur asarda, uning beshinchi bobida, Hindiston, Koshg’ar, Turkiya va 
Eron prdshoh’lari tarafidan Juybor xojadariga yuborilgan maktubdarning 
nusxalari keltirilgan. Masalan, Koshg’ar xoni Abdurashidxon, Muh’ammad 
Quraysh Sulton va Badaxshon h’ukmdori temuriyzoda Sulaymonshoh’ning 
maktublarida mamlakatning ichki ah’volidan va Balx xonlarining tazyiqidan 
shikoyat qilinadi.
86
Оталиқ

Темурийлар

Шайбонийлар

Аштархонийлар
ва
Манғитлар
давлатида
энг
олий
мансаб

Улар
шаҳзодалар
балоғатга
етгунларича
уларнинг
мол
-
мулки
ва
ҳокимиятини
идора
қилганлар
.


165
XVI asrda wtgan xurosonlik 
ё
zuvchi Zayniddin Vosifiyning “Badoyi ul-
voqoyi” (“Ajoyib voqealar”) degan memuar asarida shayboniy h’ukmdorlarning 
maktublari, fath’nomalari va 
ё
rliqlaridan bazilarining nusxalari ilova qilingan. 
Masalan, ulardan ikkitasida shayboniy sultonlar Ubaydullaxon, Jonibek Sulton 
va boshqalarning 1512 yili temuriyzoda Boburning Najmi soniy boshliq Eron 
(qizilbosh) askarlari ustidan qozongan g’alabasi va wsha Ubaydullaxonning 
Koshg’ar xoni Abjurashidxon bilan ittifoqda qozoq sultonlari ustidan qozongan 
g’alabasi munosabati bilan Movarounnah’rning barcha viloyatlari, Koshg’ar va 
boshqa mamlakatlarga yuborgan fath’nomalari bor. 
Mazkur asarda Toshkent xoni Navrwz Ah’madxon-Baroqxon tarafidan 
berilgan bir h’ujjat, 
ё
rlig’ diqqatga sazovordir. Hujjatda mazkur xonning Sayyid 
Shamsuddin Muh’ammad Kurtiy sadrga viloyatda, Toshkent viloyatidagi barcha 
konlar suyurg’ol
87
qilib berilgani aytilgan. Va yana nomi tilga olingan sadrga 
ushbu viloyatda yangidan wzlashtirilgan barcha erlar mulk sifatida inom qilib 
berilgani aytilgan. 
Huquqiy h’ujjatlar, 
ё
rliqlar “Ravzat ar-rizvon” kitobida h’am bor. Ulardan 
bazilarini qaydga olib wtamiz. 
1) Abulg’oziy Abdulla Bah’odirxonning 1579 yilgi farmoni. Unda Hisor, 
Deh’i nav - Denov, Kubodi
ё
n va shah’ri safoning h’okimlari-arbobon va 
kalontaronga xoja Sadga tegishli erlarni sug’orish uchun Vaxshdan 
chiqarila
ё
tgan ariqni qazish ishlariga 10 ming ishchi, markidor yuborish 
majburiyati yuklatilgan. 
2) Mazkur xonning juyboriy xojalaridan xoja Sadga Toshkent yaqinidagi 
Zah’ ariqni tortiq qilingani h’aqidagi 1583 yilgi farmoni. 
3) Toshkent h’okimi Abdulquddus Sultonning Zax ariq atrofidagi erlarni 
xoja Sadga suyurg’ol qilib berilgani h’aqidagi va wsha erlarni barcha soliq va 
jarimalardan ozod qilingani, uning erlarida ishlash uchun ishchi, koranda 
yuborish h’aqidagi farmoni.
4) Abulg’oziy Abdulla Bah’odirxonning h’azrat xoja Sadning Marvi 
shoh’ijah’on viloyatidagi barcha er-suvi va boshqa mulkini uning faqat bir wziga 
tegishli ekanligini va uni molu jih’ot, muqarrariy, tarh’, sabon
88
va boshqa 
soliqlardan ozod etilganligi h’aqidagi 1578 yil avgustdagi farmoni. 
5) Abulg’oziy Abdulla Bah’odirxon tarafidan mulla Muh’ammadbiy 
nomiga berilgan 1585 yil aprel oyidagi 
ё
rlig’. Unda Hisor viloyatining 
h’okimlari unga xoja Sadning mazkur viloyatdagi erlarni sug’orish uchun Vaxsh 
dar
ё
sidan chiqarila
ё
tgan nah’rni qazish ishiga 10 ming ishchi, mardikor twplab 
berishlari va nomi zikr etilgan amirning barcha kwrsatmalarini swzsiz 
bajarishlari zarurligi aytilgan. 
6) Abulg’oziy Abdulla Bah’odirxonning xoja Kalonga, xoja Sadga Yazd 
va 
İ
sfah’on viloyatlaridan er-suv inom qilish-darubast h’aqidagi 1588 yil 
oktyabr-noyabr oyidagi farmoni. 
87
Суюрғол
– 
давлат
олдидаги
катта
хизматлар
учун
берилган
ер
-
сув

мулк
.
88
Сабон

ҳосил
байрами

сабан
тўйни
ўтказиш
учун
аҳолидан
олинадиган
йиғим

сабан
тўй
харажатлари
.


166
7) Abulg’oziy Abdulla Bah’odirxonning xoja Sadning suyurg’ol erlarini 
wg’illari xoja Tojiddin bilan xoja Abdurah’im wrtasida taqsimlash va bu erlarni 
soliq va jarimalardan ozod qilish twg’risidagi 1590 yil yanvar-fevral oylaridagi 
farmoni. 
8) Abulg’oziy Abdulla Bah’odirxonning xoja Tojuddin Hasanning Marv 
viloyatidagi er-suvini barcha soliq va jarimalardan ozod qilish twg’risidagi 1590 
yil fevral-mart oylaridagi farmoni. 
Yurtimiz tarixiga oid h’ujjatlarni wrganish va ilmiy tadqiqotlarga tadbiq 
etish h’ali talab darajasida emas. Bu ishni kuchaytirish lozim, chunki bularsiz 
tarixni, ayniqsa uning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini wrganib bwlmaydi. 
Bizning fikrimizcha, eng avvalo, ularni ilmiy tavsiflab, kataloglarini nashr qilish 
zarur. 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə