Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc


Mavzu. Qadimgi zamon tarixi manbalari



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/196
tarix03.06.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#88611
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   196
 
4. Mavzu. Qadimgi zamon tarixi manbalari 
(Miloddan avvalgi VI-milodning V asrlari) 
 
 Darsning 
mazmuni:
Wzbekiston qadimgi tarixi arxeologik manbalar, Eron, 
Xind, Yunon va Rim manbalari twg’risida umumiy tushuncha beriladi.
Reja: 
4.1.
Asosiy ijtimoiy-si
ё
siy voqealar. 


24
4.2.
Qadimgi Eron va h’ind manbalari. 
4.3.
Qadimgi yunon va Rim manbalari. 
4.4.
Foydalanilgan adabi
ё
tlar rwyxati. 
4.5.
Mavzuni mustah’kamlash uchun beriladigan savollar. 
 
 Asosiy 
tushunchalar: 
«Avesto» arxeologik manbalar Xitoy, Eron, Yunon 
va Rim manbalari; katiba tasviriy surat, tarixiy 
ё
zuvlar, relef. 
 
4.1.
 
Asosiy ijtimoiy-si
ё
siy voqealar 
Wzbekiston h’ududi h’am Eron, Hindiston, Mesopotamiya, Yunoniston, 
Rim, Misr va Xitoy singari mamlakatlar kabi ilk madaniyat wchoqlaridan 
h’isoblanadi. Lekin uning qadimiy madaniyati h’aqida malumotlar juda kam 
saqlanib qolgan. Biz yurtimizning faqat miloddan avvalgm VI asrlardan keyingi 
ijtimoiy-si
ё
siy h’a
ё
ti h’aqida malum darajada 
ё
zma malumotlarga egamiz. 
Eron, Hindiston va ayniqsa, qadimgi Yunoniston va Rim manbalarida 
saqlangan malumotlarga qaraganda, qadim zamonlarda h’ozirgi Wzbekiston 
h’ududida istiqomat qilgan saklar, massagetlar va boshqa qabilalar urug’chilik 
tuzumini boshdan kechirganlar, chorvachilik, qisman deh’qonchilik h’amda 
h’unarmandchilik bilan shug’ullanganlar. 
Miloddan avvalgi VI asrda yurtimiz Ah’amoniylar davlati (miloddan avvalgi 
550 – 330 yillar) asoratiga tushib qoldi. Ana shu davrda bu erda istiqomat qilgan 
xalqlar h’a
ё
tida muh’im ijtimoiy-si
ё
siy wzgarishlar sodir bwldi. Urug’ jamoalari 
orasida tabaqalanish boshlandi: yangidan paydo bwlgan urug’ aslzodalari serunum 
erlarni egallab oldilar, qul meh’nati h’amda erkin jamoa azolari zulm qilish ywli 
bilan boyib bordilar. Shu tariqa jamiyatning tabaqalanish jara
ё
ni kuchaydi va 
quldorlik jamiyati paydo bwldi. 
Bu davrning wzisha xos xususiyatlaridan biri shuki, miloddan avvalgi VII 
asrda yurtimiz h’ududida, masalan Balx va Xorazmda otashparastlik –zardushtlik 
dini paydo bwldi va keng tarqaldi. 
Ah’amoniylar va ularning mah’alliy noiblari baribir ah’olini twla itoatla 
tutib tura olmadilar. Xalqimizning chet el bosqinchilariga qarshi kurashi kuchaydi. 
Natijada miloddan avvalgi VI asr wrtalariga kelib Xorazm mustaqillikni qwlga 
kiritib oldi. Saklar va massagetlar h’am wz ozodligi uchun tinmay kurash olib 
bordilar. Eron h’ukmdorlari bilan yurtimiz xalqlari wrtasida uzluksiz davom etgan 
urushlar Ah’amoniylar davlatini kuchsizlantirdi va Eronning 
İ
skandar Zulqarnayn 
(miloddan avvalgi 336 – 323 yy.) tarafidan bosib olinishini birmuncha 
osonlashtirdi. 
İ
skandar Zulqarnaynning yurishlari (miloddan avvalgi 334-324 yy.) yurtimiz 
ijtimoiy-si
ё
siy taraqqi
ё
tiga tasir kwrsatdi: katta er egalari bwlmish mah’alliy 
aslzodalarning mavqei yanada mustah’kamlandi. 
Malumki, 
İ
skandar Zulqarnayn vafotidan (miloddan avvalgi 323 yil 13 iyun) 
malum vaqt (taxminan 75 yil) wtgach, uning ulkan saltanati mayda-mayda 
davlatlarga bwlinib ketdi. 
Miloddan avvalgi taxminan 250 yili Buyuk Makedoniya saltanatining 
Baqtriyadagi noibi Diodot mustaqillik elon qildi va Yunon-Baqtriya davlatiga asos 


25
soldi. Bu davlat tarkibiga Sirdar
ё
bilan 
İ
nd dar
ё
si yuqori oqimlarigacha bwlgan 
erlar va xalqlar qarar edi. 
Hozirgi Turkmanistonning janubiy tumanlari h’am mustaqillikka erishdi. Bu 
erla h’okimiyat tepasiga nufuzli Arshakiylar urug’ining boshliqlari wtqizildi. 
Miloddan avvalgi 190 yili Magnesiya
12
ё
nida bwlgan janglarda Rim 
qwshinlari Buyuk Antiox (miloddan avvalgi 242-187 yy.) qwshinlarini tor-mor 
keltirib, Salavkiylar h’ukmronligiga qaqshatqich zarba berdilar. Bu h’ol Yunon-
Baqtriya, ayniqsa Parfiyaning kuchayishiga ywl ochib berdi.
Miloddan avvalgi II asrning 40-yillarida Parfiya butun Eron va 
Mesrpotamiyaning katta qismini wziga qaratib olib, yirik quldor davlatga aylandi. 
Poytaxt Ekbatana (Hamadon)dan Evfrat bwylariga, h’ozirgi Bag’dod 
ё
nida 
joylashgan Ktesifonga kwchirildi.
Taxminan wsha vaqtlarda Yunon-Baqtriya davlati h’am wz chegaralarini 
birmuncha kengaytirib oldi. Evfidem, Demetriy va Eakradit zamonida Swg’di
ё
na, 
Baqtriya, Araxosiya (h’ozirgi Afg’onistonning G’arbiy qismini wz ichiga olgan 
h’udud) va Ariya (h’ozirgi Afg’onistonning markaziy qismi), boshqacha swz bilan 
aytganda h’ozirgi Wzbekiston, Tojikiston, Eronning sharqiy qismi h’amda 
Afg’onistonning katta qismi Yunon-Baqtriya davlati tarkibiga kirar edi. 
Lekin, Yunon-Baqtriyaning ichki ah’voli u qadar mustah’kam emas edi. 
Mah’alliy xalq bilan yunon-makedoniyalik h’okimlar wrtasidagi ziddiyat tobora 
chuqurlashib bordi, chet el bosqinchilariga qarshi qwzg’olonlar kuchaydi. Xalq 
h’arakati, ayniqsa, Swg’di
ё
nada keskin tus oldi. Natijada miloddan avvalgi II asr 
oxirlari va I asr boshlarida Swg’di
ё
na mustaqillikni qwlga kiritishga muvaffaq 
bwldi. Yunon-Baqtriya imperiyasining boshqa wlkalarida h’am mustaqillik uchun 
kurash kuchaydi. 
Qadimdan Shimoliy Xitoyda istiqomat qilib kelgan xunnlar miloddin 
avvalgi II asr oxirlarida xitoylar tayziqi ostida g’arbga qarab chekinishga majbur 
bwldilar va Sharqiy Turkiston h’amda Ettisuv voh’asida kwchib yurgan skif (xitoy 
manbalarida yuechji, antik adabi
ё
tda toxarlar nomi bilan mashh’ur) va usun 
qabilalarini surib chiqardilar. Oqibatda yuechji (toxar) va usunlar Swg’di
ё
na va 
Baqtriya h’ududiga kwchib wtdilar va bu erda saklar va boshqa mah’alliy qabilalar 
bilan qwshilib, avval Swg’d, milodning taxminan 128-yili Yunon-Baqtriya 
davlatiga qaram boshqa wlkalarni h’am to 
İ
nd dar
ё
sigacha istilo qilishga muvaffaq 
bwldilar. 
Shunday qilib, Yunon-Baqtriya davlati wrnida yuechjilar (toxarlar) davlati 
tashkil topti. Bu davlat tarixda Kushonlar davlati nomi bilan mashh’urdir. 
Kushonlar davlatiga h’ozirgi Wzbekistonning katta qismi, Afg’oniston, Shimoliy 
Hindiston va Pokistonning shimoliy-g’arbiy qismi qaragan bwlib ayniqsa Kanishka 
va uning taxt vorisi Xuvishka h’ukmronlik qilgan yillari kuchaydi. Lekin 
milodning 11 asri wrtalarida bu davlatning h’am inqirozi boshlandi va 1U asrga 
kelib mayda davlatlarga bwlinib ketdi. 
Yurtimiz h’ududida h’ukm surgan qadimiy davlatlardan yana biri Qang’ va 
Farg’ona (Parkana)dir. 
12
Магнесия
– 
Лидиянинг
қадимий
шаҳарларидан

Туркиянинг
ҳозирги
Манисия
шаҳри
ўрнида
бўлган



26
Qang’ davlati tarkibiga Buxoro, Shah’risabz, Kattaqwrg’on, Toshkent 
viloyati va Xorazmning shimoliy qismi kirgan. Davlat tepasida jabg’u (xitoy 
manbalarida chaovu) turgan. 
Miloddin avvalgi 11-1 asrlarda Farg’onada h’am mustaqil davlat bwlgan. 
Xitoy manbalarida keltirilgan malumotlarga qaraganda, Farg’onada 
h’unarmandchilik, ayniqsa deh’qonchilik rivoj topgan qadimiy mamlakat bwlib, 
uning 70ga yaqin katta-kichik shah’arlari Kuba-Quva, Gaushan-Wzgan, Ershi – 
Marh’amat, Gwy-Shan –Koson va boshqalar bwlgan. Mah’alliy xalq deh’qonchilik 
va bog’dorchilik bilan shug’ullangan, arpa, bug’doy, sholi, beda, uzum, anor, poliz 
ekinlari va boshqalarni etishtirgan. 
104-101 yillar orasida Xitoy qwshinlari Farg’onaga ikki marta bostirib 
kirdilar. Birinchi yurish 104 yili xitoy qwshinlarining tor-mor keltirilishi bilan 
tugadi.
İ
kkinchi marta 101 yili 60 000 kishilik xitoy qwshini Farg’onaning yirik 
shah’arlaridan Ershini (h’ozirgi Andijon viloyatiga qarashli Marh’amat qishlog’i 
wrnida bwlgan) qamal qildilar. Lekin shah’arni ola olmadilar, sulh’ tuzib va ozgina 
wlpon 3000 bosh ot olib qaytib ketishga majbur bwldilar. 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə