Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/196
tarix03.06.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#88611
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   196
7.3.30. “Mulh’aqot as-suroh’” 
“Mulh’aqot as-suroh’” (“As-suroh’”ga ilova”) nomli kitobning muallifi 
XIII-XIV asr boshlarida yashagan tilshunos va tarixchi olim Jamol Qarshiydir 
(1230 y. tug’.). Uning asli ismi Abulfazl Muh’ammad ibn Umar ibn Xolid, ammo 
olim kwpincha Jamol Qarshiy (“Qarshi mwg’ulcha “qasr” demakdir.) nomi bilan 
mashh’ur bwlgan. Olim Olmaliq shah’rida (
İ
la vodiysida, G’uljaning g’arbi-
shimoliy tarafida joylashgan yirik wrta asr savdo va madaniyat markazlaridan biri) 
ruh’oniy oilasida tug’ilgan. Otasi Olmaliqning mashh’ur h’ofizlaridan (“Quron”ni 
qiroat bilan wquvchi), onasi esa marvlik shayx Abu Alining avlodi bwlgan.
Bwlg’usi olim Olmaliqlik mashh’ur shayx Ashraf ibn Najib al-Kosoniydan 
talim oldi, swng Chingiziylarga tobe bwlgan mah’alliy h’ukmdor Sug’noq 
takinning (vaf. 1250-1253 y.) wg’li Elbutarning tarbiyachisi sifatida xizmatga 
kiradi. Bu h’ol, shuningdek sadr Burh’oniddinning h’omiyligi tufayli, uning 
keyingi yuqori lavozim devoni inshoga kwtarilishiga 
ё
rdam berdi. 1264 yili Jamol 
Qarshiy, bizga malum bwlmagan sabablarga kwra, istefoga chiqib, Koshg’arga 
ketib qoladi. 
Koshg’arda Jamol Qarshiyga sadrlardan Kamoluddin Abu Abdulloh’ ibn 
Husayn va Saduddin h’omiylik qildilar. Olim Koshg’arda asosan sher 
ё
zish bilan 
mashg’ul bwldi va sadr Saduddinning taklifi bilan 1302 yili wzining “As-suroh’ 
min as-Sah’oh’” (“Foydali (muloh’aza)dan kelib chiqqan ochiq gap”) nomli asarini 
ё
zdi. Jamol Qarshiy 1269-1294 yillar orasida Wrta Osi
ё
ning kwpgina viloyatlari 
bwylab sa
ё
h’at qilgan. 
Masalan, 
1269-1270 
yillari 
İ
lamishda (Andijondan Talasga boradigan ywl 
ustida joylashgan qadimiy shah’ar), bir necha bor (1272,1293 y.) Shoshda, 1273 


67
yili Barchinlig’kent va Jandda bwlgan. Olim ana shu sa
ё
h’atlar vaqtida twplangan 
malumotlardan wzining yuqorida nomi qayd etilgan asarini 
ё
zishda keng 
foydalangan. 
Jamol Qarshiyning ushbu asari Abu Nasr 
İ
smoil ibn Hammod al-
Javh’ariyning (vaf.1008 y.) “As-sah’oh’” (“Mukammal lug’at”) nomli asariga 
ё
zilgan qwshimcha bwlib, kwpincha “Mulh’aqot as-suroh’” nomi bilan 
mashh’urdir. 
Asarda XIII asrda Olmaliq va unga qaram erlarda h’ukmronlik qilgan turk 
h’ukmdorlari, Qoraxoniylar, xususan ularning Koshg’arda h’uk“Mulh’aqot as-
suroh’” (“As-suroh’”ga ilova”) nomlimronlik qiogan namo
ё
ndalari; Koshg’ar, 
Xwtan, Farg’ona, Shosh viloyatlari, shuningdek Sirdar
ё
ning quyi oqimida 
joylashgan bir qator yirik wrta asr shah’arlari, masalan Barchinlig’kent, Jand 
h’aqida, Jamol Qarshiy bilan zamondosh bwlgan mashh’ur kishilar-shayxlar, 
olimlar, shoirlar h’aqida diqqatga sazovor malumotlarni uchratamiz. 
Umuman, Jamol Qarshiyning ushbu asari Movarounnah’r h’amda Markaziy 
Osi
ё
xalqlarining XIII asrdagi tarixi, madaniyati, yirik shah’arlari va ularning 
ah’volini wrganishda zarur manbalardan biridir. “Mulh’aqot as-suroh’” 
h’ozirgacha bironta tilga tarjima qilinmagan. Uning qwl
ё
zma nusxalari Angliya, 
Frantsiya, Germaniya kutubxonalarida, Rossiyaning Sankt-Peterburg shah’rida va 
Toshkentda mavjud.
Ushbu darslikda arab tilida bitilgan yurtimiz tarixiga oid eng muh’im 
ё
zma 
manbalar twg’risida ixcham va qisqa malumot berishga intildik. Chunki 
tariximizning bu qatlami, yani arab tilida VII-XIV asrlar davomida yaratilgan 
ё
zma 
manbalar h’ali mukammal wrganilgan deyish qiyin. Bu kelgusi manbashunoslar 
oldidagi sharafli vazifa. Albatta, biz keltirgan 
ё
ki zikr etgan asarlar nomlari bilan 
arab tilidagi manbalar rwyxati chegaranlanmaydi, 
ё
xud tugamaydi, ammo 
bakalavriat talabalarida umumiy tasavvur h’osil qilish uchun kifoya qiladi, deb 
h’isoblaymiz. 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə