74
Tarixchi Samoniyning
malumotiga qaraganda, Narshaxiy asli Buxoroning Narshax
(h’ozirgi Vobkent ёnida) qishlog’idan. Narshaxiy wz asarini 944 yili ёzib
tugallagan.
“Buxoro tarixi” asarining Narshaxiy ёzgan arab tilidagi asli saqlanib
qolmagan. Asar 1128 yili farg’onalik (Quva shah’ridan) Abunasr Ah’mad ibn
Muh’ammad ibn Nasr al-Qubaviy tarafidan ilk bor qisqartirilib forsiy tilga tarjima
qilingan. Oradan taxminan 50 yil wtgach, 1178 yili kotib Muh’ammad ibn Zufar
ibn Umar“Buxoro tarixi” tomonidan ikkinchi marta tah’rir etildi.
Shuni h’am kwrsatish lozimki, “Buxoro tarixi”
asarining bizgacha etib
kelgan nusxalarida 1178-1220 yilgi voqealar baёni uning tarkibiga kiritib
yuborilgan. Shunga qaraganda, Narshaxiyning asari uchinchi marta nomalum
muh’arrir tomonidan twldirilgan kwrinadi.
“Buxoro tarixi” Wzbekistonning arablar tomonidan bosib olinishi, bu erda
islom dinining tarqatilishi h’amda mamlakatning Somoniylar h’ukmronligi
yillaridagi tarixini baёn etadigan noёb manbadir.
Bu asarning forsiy matni 1892, 1894, 1904 va 1939 yillarda Parij,
Buxoro va
Teh’ronda chop etilgan. Kitob rus, ingliz va wzbek tillariga (1897, 1954, 1966
yillari) tarjima qilingan.
8.3.4.“Hudud ul-olam”
“Hudud ul-olam” fors tilida ёzilgan (982 y.) birinchi jug’rofiy xarakterdagi
asardir. Kitobning twla nomi “Hudud al-olam min Mashriq ila-l Mag’rib”dir(
“Sharqdan G’arbga qarab joylashgan mamlakatlarning chegaralari”). Asar muallifi
nomalum. U Guznono (Afg’onistonning sharqi-shimoliy qismida joylashgan
qadimiy viloyat) h’okimlaridan (Farug’iniylar) biriga atab ёzilgan. Kitobning
yagona qwlёzma nusxasi sharqshunos A.G.Tumanskiy (1861-1920 yy.) tomonidan
1892 yili Buxoroda topilgan.
“Hudud ul-olam” asari muqaddima va 59 bobdan iborat. Uning 1-7
boblarida
erning tuzilishi, dengizlar, orollar, tog’lar, darёlar, chwlu biёbonlar
h’amda dunёning inson yashaydigan twrtdan bir qismi – rubi maskun va unda
istiqlmat qiluvchi xalqlar, rubi maskunning mamlakat h’amda viloyatlariga
taqsimlanishi h’aqida umumiy muloh’aza yuritiladi.
8-59- boblarida sharqdan g’arbga qarab joylashgan mamlakatlar, ularni
xalqi, wsha mamlakatlarda ishlab
chiqariladigan asosiy matolar, ayrim wrinlarda
esa savdo-sotiqning umumiy ah’voli xususida swz boradi.
“Hudud ul-olam” asarida Wzbekistonning shah’arlari, ah’olisi va ularning
mashg’uloti h’aqida qimmatli malumotlarni uchratamiz.
Asarning matni aynan (fotomatni) faksimilesi, kirish va zarur izoh’lar bilan
birga, 1930 yili V.V.Bartold tarafidan, inglizcha tarjimasi esa (tadqiqot va izoh’lar
bilan birga) 1937 yili V.F.Minorskiy tarafidan nashr etilgan. Uning forscha matni
ikki marta (M.Sotude va sayyid Jaloluddin Teh’roniy tarafidan) Eronda chop
etilgan. 1983 yili asarning tojikcha nashri amalga oshirilgan.
Ushbu kitob fors tilidagi ilk tarixiy-jug’rofiy
manba sifatida juda qimmatli
asar h’isoblanadi.
8.3.5. “Siёsatnoma”
75
Bu mashh’ur asar muallifi Nizomulmulk laqabini olgan Saljuqiylar davlatida vazir
sifatida xizmat qilgan yirik davlat arbobi va tarixchi olimdir. Uning asli ismi Abu
Ali al-Hasan ibn Ali ibn İsh’oq at-Tusiy (1018-1092 yy.) bwlib, Saljuqiy
h’ukmdorlar Sulton Alp Arslon (1063-1073) h’amda Sulton Malikshoh’ I larning
bosh vaziri bwlgan va bu davlatning ijtimoiy-siёsiy h’aёtida katta rol wynagan. U
saltanatdagi tarqoqlikka barh’am berish, markaziy davlat tuzumini
mustah’kamlash, davlatning moliyaviy ishlarini tartibga solish uchun h’arakat
qilgan. Shuning uchun unga mamlakatni tartibga soluvchi, yani
Nizomulmulk
nomi berilgan. Nizomulmulk Bag’dodda “Nizomiya” atalmish musulmon h’uquq-
aqoid maktabiga asos solgan.
“Siёsatnoma” asarining boshqa nomi ”Ciyar al-muluk” (“Podshoh’larning
turmushi”)dir. Kitob 1092 yili ёzib tugallangan. U 51 bobdan iborat bwlib, unda
davlat tizimi, moliyaviy h’isob-kitob ishlari, qwshin tuzulishi, mansablar va ularga
amaldorlarni tayinlash tartibi, amaldorlar faoliyati muammolari xususida fikr
yuritiladi.
Asarda Wzbekiston tarixiga oid muh’im va qimmatli malumotlar bor.
Somoniylar zamonida turk g’ulomlarining davlatning ijtimoiy-siёsiy h’aёtida
tutgan wrni, Turkiston xonlari Qoraxoniylar saroyida xizmat qiluvchi xodimlarning
maishiy ah’voli, Somoniylar xizmatida
bwlgan amirlar unvonlari, Xorazmshoh’
Oltintosh (1017-1032) bilan Sulton Mah’mud G’aznaviyning vaziri Ah’mad ibn
Hasan wrtasidagi ёzishmalar ana shular jumlasidandir. Asarda, bundan tashqari,
karmatlar, botiniylar h’arakati, Muqanna qwzg’oloni h’aqida h’am ayrim diqqatga
sazovor malumotlar mavjud.
“Siёsatnoma”ning forschasi 1931, 1956 yillari, frantsuzchasi 1893 yili,
inglizchasi 1960 yili h’amda ruschasi 1949 yili B. D. Zaxoder tomonidan chop
qilingan. Kitob wzbek tiliga h’am tarjima qilingan.
8.3.6. “Chor maqola”
“Chor maqola” nomi bilan mashh’ur bwlgan bu qiziqarli asar muallifi
Nizomiy Aruziy Samarqandiydir. Uning wz ismi Najmuddin Ah’mad ibn Umar
ibn ali bwlib, asli Samarqandlikdir. Otasi bir vaqtlar Saljuqiy
Alp Arslon xizmatida
bwlgan. Bwlg’usi olim IX asrning 90- yillarida tug’ilgan, 1116-1119 yillari Sulton
Sanjar (1118-1157) saroyida Nishopurda h’aёt kechirdi, swngra Gur va Bomiёnda
(Afg’onistonning markaziy qismida joylashgan viloyatlar) h’ukm surgan
Shansabiylar xizmatiga kirdi va umrining oxirigacha wsha erda yashadi.
“Chor maqola” ilmiy, etnik-didaktik mavzuda ёzilgan asar bwlib, “Majma
ul-g’aroyib” (“Ajoyibotlar majmuasi”) nomi bilan h’am ataladi. Asar 1156-1157
yillari bitilgan bwlib, twrt qismdan iborat:
3. Dabir (kotib)lar va dabirlik h’aqida;
4. Sheriyat ilmi va shoirlarning qadr-qiymati h’aqida;
5. Cayёralar h’aqidagi ilm va munajjimlik h’aqida;
6. Tibb (meditsina) va tabiblik xususidadir.
Birinchi qismda qoraxitoylar bilan Sulton Sanjar wrtasidagi 1141 yilning 9
sentyabrida Samarqand atrofida bwlgan urush, Qoraxitoylar bilan Xorazm,
shuningdek, Sulton Mah’mud G’aznaviy bilan Movarounnah’r h’ukmdori