80
Xorazm, Saljuqiylar h’amja Qoraxoniylar davlati wrtasida bwlgan siёsiy
munosabatlar h’aqida qimmatli malumotlar kwp.
Ushbu asarda Abu Rayh’on Beruniy h’aёti twg’risida
tafsilotlar va uning
bizgacha etib kelmagan Xorazm tarixiga oid asaridan lavh’alar biz uchun juda
qimmatlidir. Chunki muarrix ulug’ vatandoshimiz bilan muloqotda bwlgan, uni
yaxshi bilgan va fikrlarini qadrlagan.
“Tarixi Masudiy” asarining forsiy matnini U. Morley Kalkuttada 1861 yili,
Teh’ronda esa Ah’mad Peshavoriy 1886 yili, Said Nafisiy 1941-1954 yillari, G’ani
va Faёz 1945 yili chop etganlar. Uning arabcha tarjimasi Qoh’irada Yah’ё
Hashshob va Sodiq Nishot tomonidan chop etilgan.
“Tarixi Masudiy” asarining ruscha tarjimasi tadqiqot va zarur izoh’lar bilan
atoqli manbashunos olim A.K.Arends tomonidan Toshkentda 1962 yili va
Moskvada 1969 yili elon qilindi. Kitobning X-XI asr tarixini wrganuvchilar uchun
manba sifatidagi ah’amiyati juda katta.
8.3.12. “Lubob ul-albob”
“Lubob ul-albob” (“Qalblar qalbi”, 1222-1223 yillari ёzilgan) nomli
asarning muallifi Saduddin Muh’ammad
Avfiy bwlib, u XII asrning swnggi
choragi va XIII asrning birinchi yarmida yashagan adib, tarjimon va tazkiranavis
olimdir.
Avfiy 1172-1177 yillar orasida Buxoroda tug’ilgan, asosiy malumotni ona
shah’rida olgan va 1201 yili Samarqand h’okimi Qoraxoniy İbroh’im IV ibn
Husayn (1178-1204 yy.) saroyiga taklif etilgan. U
bu erda kwpgina fozil kishilar,
jumladan shayx Najmuddin Kubro (1221 yili Urganjda mwg’ullar qirg’ini vaqtida
h’alok bwlgan) h’amda shayx Majdiddin Bag’dodiy (1216 yili xorazmshoh’
Alouddin Muh’ammadning amri bilan qatl etilgan) bilan uchrashgan.
Olim 1205 yildan boshlab Movarounnah’r va Xuroson bwylab kwp saёh’at
qilgan, dastlab Niso, Marv, Tus, Hirot va Seistonda bwladi. U Nishopurda h’am
bwlib, Xurosonning etuk arabiynavis va forsinavis shoirlari bilan yaqindan
tanishadi. Xullas, olim Xuroson shah’arlari bwylab qilgan saёh’ati vaqtida bwlajak
tazkirasi uchun malumotlar twplaydi.
Avfiy mwg’ullar istilosi arafasida Hindiston safariga otlanadi. G’aznaga
etkanda Chingizxon (1206-1227 yy.) boshliq mwg’ul qwshinlarining Wrta Osiёga
bostirib kirgani h’aqida xabar tarqaladi. Olim Xuroson va Movarounnah’rdan
kelgan qochoqlarga qwshilib Hindistonga jwnaydi va 1222 yili Panjobning Uch
viloyatiga kelib, bu erning h’okimi Nosiruddin Qabochaning (1205-1227 yy.)
xizmatiga kiradi.
Oradan kwp vaqt wtmay, Avfiy Gujoratga qozi qilib tayinlanadi.
U 1227 yili Deh’liga kwchib kelib, Sulton Shamsuddin Eltutmishning
28
xizmatiga
kiradi va umrining oxirigacha shu erda kun kechiradi.
Nuriddin Muh’ammad Avfiy Uchda turgan vaqtida wzining “Lubob ul-
albob” nomli tazkirasini ёzdi, Gujoratda esa arabiynavis olim qozi Muh’sin
Tanuh’iyning (940-994 yy.) “Al-faraj bad ash-shiddat” (“Ofatdan swnggi
28
Шамсуддин Элтутмиш (1211-1236 йй.) –Х111 асрда Шимолий Ҳиндистонни идора қилган Муъиззийлар
сулоласидан.
81
ovunish”, 984 yili ёzilgan) nomli asarini arab tilidan fors tiliga tarjima qildi.
“Javomi ul-h’ikoyat va lavomi ar-rivoyat” (“Hikoyatlar
majmuasi va rivoyatlar
shulasi”) asarini h’am wsha erda ёza boshladi.
“Lubob ul-albob” tazkira bwlib, unda Wzbekiston, Xuroson, İroq,
Ozarbayjon, G’azna h’amda G’arbiy Hindistonda X-XII asrlarda yashab ijod etgan
299 shoir va adib h’aqida umumiy malumot beriladi. Asar Uch viloyatining
h’okimi Raziuddin Abubakrning topshirig’i bilan ёzilgan.
“Lubob ul-albob”ning forsiy matni 1903 va 1906 yillari E.Braun va Mirza
Muh’ammad Qazviniy tarafidan chop etilgan.
Avfiyning ikkinchi muh’im asari “Javomi ul-h’ikoyat” bwlib, 1227-1236
yillari orasida ёzilgan.
Asar twrt qismdan, h’ar bir qism esa 25 bobdan iborat.
Unda Hinliston, Eron, Wrta Osiё va Wzbekistonning ijtimoiy-siёsiy va madaniy
h’aёtiga oid 2113 ta tarixiy latifadan iborat. Biz uchun uning ayniqsa twrtinchi
qismi aloh’ida qimmat kasb etadi. Bu qismda Wrta Osiёning qadimiy turkiy
xalqlari va Buxoro sadrlari h’aqida muh’im malumotlar bor.
“Javomi ul-h’ikoyat” chop
qilinmagan, ayrim qismlari İ.Nizomutdinov va
T.Fayziev tomonidan wzbek tiliga tarjima qilingan.
8.3.13. “Tarixi jah’onkushoy”
“Tarixi jah’onkushoy” (“Jah’ongir (Chmngizxon) tarixi”) nomli yirik tarixiy
asarni yaratgan tarixchi XIII asrda wtgan yirik olim va davlat arbobi Juvayniydir.
Uning twla ismi Alouddin Otamalik ibn Bah’ouddin Muh’ammad al-Juvayniy. U
1226 yili G’arbiy Xurosonning Juvayn h’ududiga qarashli Ozodvor qishlog’ida
badavlat va nufuzli siёsiy arbob oilasida tug’ilgan. Otasi Bah’ouddin Muh’ammad
Xorazmshoh’ Alouddin Muh’ammadning Xurosondagi noibi bwlgan, mwg’ullar
xuruji vaqtida Sulton Jaloluddin bilan birga ularga qarshi danglarda qatnashgan.
Mwg’ullar 1221 yili Nishopurni ishg’ol qilgach, Bah’ouddin Muh’ammad Tusga
qochib bordi va uning mustah’kam qalalaridan biriga yashirindi. Lekin qala
h’okimi uni bandga olib mwg’ul lashkarboshilaridan Qwlbwlotga topshirdi.
Qwlbwlot asirning malumotli va istedodli shaxs ekanligini anglab,
uni tirik
qoldirdi. Keyincha Bah’ouddin Muh’ammad mwg’ullar xizmatiga qabul qilindi va
tovafotiga (1258 y.) qadar Xurosondagi mwg’ul h’okimlari Chintemur, Kirkwz,
Arg’un og’a h’uzurida soh’ib devonlik vazifasida turdi.
Bah’ouddin Muh’ammaddan ikki wg’il qoldi. Twng’ichi Shamsuddin
Muh’ammad 1262-1283 yillari Erondagi mwg’ul h’ukmdorlari Elxonlardan
Halokuxon (1256-1265 yy.) h’amda Abaqaxon (1265-1282 yy.)ning vaziri, soh’ib
devon bwlgan va mamlakatning idtimoiy-siёsiy h’aёtida katta rol wynagan.
Bah’ouddin Muh’ammadning kenda wg’li Alouddin ёshligidan
yaxshi
wqidi, arab, fors, keyinchalik mwg’ul va uyg’ur tillarini mukammal wrgandi, wrta
asr fanining bir talay soh’alarini puxta egalladi. U ёshligidaёq mwg’ul
h’ukmdorlari xizmatiga qabul qilindi va Kirkwz h’amda Arg’un og’aning devonida
xizmat qildi. Alouddin Otamalik Juvayniy Arg’un og’a bilan uch marta 1246-1247,
1249-1251, 1252-1253 yillari Mwg’ulustonga, Qoraqwrumga bordi. U 1256
yilning boshlarida Halokuxonning buyrug’i bilan İsmoiliylar h’ukmdori Rukniddin
Hurshoh’ h’uzuriga Maymanduz qalasiga elchi bwlib bordi va unga qarshilik