Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   147
Agrosanoat m

Qisqacha xulosalar 
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining predmeti – ob’yektiv iqtisodiy 
qonun va qonuniyatlarning majmua tarmoqlarida amal qilishining o’ziga xos 
xususiyatlarini o’rganishdir. Fan o’z predmetini o’rganishda agrosanoat majmuasi 
tarmoqlarining rivojlanish dinamikasini alohida–alohida emas balki bir-biriga bog’liq 
holda o’rganadi.
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining asosiy vazifalari: mutaxassislarni 
bozor iqtisodiyoti sharoitida agrosanoat majmuasi tarmoqlarining iqtisodiy 
muammolari, ularning hozirgi holati va yechimlari to’g’risidagi kompleks bilimlar 
bilan qurollantirish; mutaxassislarga agrosanoat majmuasi tarmoqlarida mavjud 
muammolar va ularning yechimi borasida to’g’ri qarorlar qabul qilishlari uchun zarur 
ma’lumotlar berish; agrosanoat majmuasini rivojlantirish borasida davlat siyosatini 
o’zida mujassamlashtirish va ularning mohiyati bilan mutaxassislarni qurollantirish 
hisoblanadi.
“Agrosanot 
majmuasi 
iqtisodiyoti” 
fani 
“Iqtisodiy 
nazariya”, 
“Makroiqtisodiyot”, 
“Mikroiqtisodiyot”, 
“O’zbekiston 
milliy 
iqtisodiyoti”,
“Iqtisodiy geografiya”, “Iqtisodiy statistika”, “Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti”, 
“Fermer xo’jaliklari iqtisodiyoti” “Korxona iqtisodiyoti” kabi ko’plab iqtisodiy fanlar 
bilan uzviy bog’liq holda rivojlanadi. 
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani tarixiy fan bo’lib mustaqil yo’nalish 
sifatida 1960 yillarda shakllandi. Uning rivojiga ko’plab agrar iqtisodchi olimlar hissa 
qo’shdi. Bu fanning rivojiga bizning mamlakatimizda akademiklar, Jalilov X.M., 
Usmanov S.N., Kim V.V., Xusanov R.X., G’ulomov S.S., Lapkin K.I., i.f.d., 
professorlar Qayumov F.Q., Abdug’aniev A.A.., Xasanjanov Q., Jo’raev A., Xusanov 
M., Shokirov A., Yusupov E., Xushmatov N., Hamdamov Q.S., Zokirov O.,


24
dotsentlar Maxmadiev U., Gavrilyuk L., Ogureeva G.A., Ziyavutdinov SH., 
Ismailova F., Xolbotirova U., Galiev B., Kim V.M., Tursunxo’jaev T.L., 
To’raxo’jaev T.I., Raximov B.R., Raximov S.B., Abdullaev B.M., Mirzajonov M.Q., 
Aripov M., Murtozaev O., Aripov M., Aripov I.M., O’roqov N.I., Xudoyberdiev O’.,
kabi ko’plab agrar iqtisodchilar katta hissa qo’shdilar va hozirda bu boroda ko’plab 
ijobiy ishlarni amalga oshirmoqdalar.

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə