Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   147
Agrosanoat m

1.3. “Agrosanoat
majmuasi iqtisodiyoti” fanining 
vazifalari
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining asosiy maqsadi o’quvchilarni 
majmuaning iqtisodiy masalalari bo’yicha davlat standartlari darajasida barcha 


21
zaruriy bilimlar majmuasi bilan qurollantirishdir. Mutaxassislarga majmuada yuzaga 
keladigan ko’plab iqtisodiy muammolar va masalalarning mo’’tadil yechimini 
topishda nazariy asos bo’lib xizmat qiladi.
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining asosiy vazifasi o’quvchilarni 
agrosanoat majmuasi tarmoqlarida iqtisodiyotning dolzarb masalalari bilan 
tanishtirish, ularni yechish bo’yicha mutaxassilarga yetarli darajada bilim berishdir. 
Ushbu masalalarga quyidagilarni kiritish mumkin: 
·
agrosanoat integratsiyasi; 
·
agrosanoat majmuasi tarmoq tarkibi; 
·
agrosanoat majmuasi tarmoqlari rivojlanishining hozirgi holati; 
·
majmua tarmoqlaridagi ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanish 
yo’llari; 
·
agromarketing; 
·
agrosanoat majmuasi menejmenti;
·
majmuaning moliya va kredit, soliq siyosati; 
·
agrosanoat majmuasi tarmoqlarini rivojlantirish yo’nalishlari. 
Ushbu masalalarni to’g’ri tushunish va ularning yechimlari to’g’risidagi 
bilimlar bilan talabalarni, mutaxassislarni qurollantirish agrosanoat majmuasining 
asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Fanni o’rganish tufayli o’quvchi agrosanoat
majmuasi to’g’risida, uning iqtisodiy masalalari, muammolari haqida minimal 
bilimlar majmuasiga ega bo’ladi. Turli tarmoqlar iqtisodiyotini alohida-alohida 
o’rgangan mutaxassislarni agrosanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlar iqtisodiy 
manfaatlarini bir –biriga moslashtirishning, ta’bir joiz bo’lsa, bo’ysundirishning 
zarurligi to’g’risidagi bilimlar bilan qurollantiradi. ”Agrosanoat majmuasi 
iqtisodiyoti” fani talabalarning iqtisodiy bilimlari yanada mukammal bo’lishini 
ta’minlaydi, ularni ishlab chiqarishni tashkil etish jarayonida to’g’ri xulosalar 
chiqarish va mo’’tadil qarorlar qabul qilishga o’rgatadi. 


22
Mamlakat hukumatining iqtisodiy siyosatini o’rganish va uning tegishli qismini 
mutaxassislarga yetkazish ushbu fanning asosiy vazifalaridan biridir. “Agrosanoat 
majmuasi iqtisodiyoti” fani talabalarga bir-biri bilan texnologik jihatidan bog’langan 
ko’plab tarmoqlar mutanosib rivojlanishi zarurligi to’g’risidagi bilimlarni o’rgatadi, 
aholining turmush darajasi, eng avvalo, ushbu majmua tarmoqlarining rivojlanganlik 
darajasiga va ularning mutanosib rivojlanishiga bog’liq ekanligini isbotlaydi. 
Agrosanoat majmuasi resurslaridan foydalanishning eng maqbul yo’llari va 
yo’nalishlarini ko’rsatish ham ushbu fanning vazifasiga kiradi. U mutaxassislarga 
agrosanoat majmuasi korxonalari mahsulotlariga bo’lgan talab uzoq va qisqa 
davrlarda 
shakllanishining 
umumiy 
qoidalarini 
o’rgatadi, 
ularni 
majmua 
mahsulotlariga narx shakllanishining o’ziga xos tomonlari va xususiyatlari 
to’g’risidagi bilimlar bilan qurollantiradi.
Mamalakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish juda muhim vazifalardan 
hisoblanadi. Bu jarayonda agrosanoat majmuasining o’rni beqiyos hisoblanadi. 
Majmuaning rivojlanganlik darajasi mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini belgilab 
beradi. Majmuaning rivojlanishi uning tarkibiga kiruvchi barcha tarmoqlarning 
rivojlanishiga bog’liq. Biror tarmoqda mavjud kamchilik, oqsoqlik majmuaning 
boshqa barcha tarmoqlariga o’z ta’sirini ko’rsatadi. SHu sababli agrosanoat 
majmuasiga kirgan tarmoq va sohalarni bir biriga mutanosib rivojlantirish zarurati 
mavjud. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani o’z predmetini o’rganishda 
yuqoridagi holatni hisobga olgan holda talabalarga zarur bilimlar olishda imkoniyat 
yaratishi uning vazifalaridan biri hisoblanadi.
“Agrosanoat 
majmuasi 
iqtisodiyoti” 
fanida 
belgilangan 
mavzularning
mohiyatini ochishda xorijiy davlatlarda ushbu sohada erishilgan fan va ishlab 
chiqarish yutuqlaridan keng foydalanadi. Xorijiy davlatlarda erishilgan fan va ishlab 
chiqarish yutuqlaridan O’zbekiston Respublikasida foydalanishning imkoniyatlari 
to’g’risida mutaxassislarga bilimlar berish uning asosiy vazifalaridan sanaladi.


23
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani o’z mohiyatini ochishda O’zbekiston 
Respublikasining agrar, iqtisodiy siyosatini asos qilib oladi va ularning mohiyati 
bilan mutaxassislarni yaqindan tanishtiradi. 

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə