Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147
Agrosanoat m

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


15
1-BOB. “AGROSANOAT MAJMUASI IQTISODIYOTI” FANINING
PREDMETI, VAZIFALARI VA O’RGANISH USULLARI 
 
1.1. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining predmeti, boshqa 
fanlar bilan bog’liqligi va o’rni 

Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani iqtisodiy fanlar tarkibiga kiradi. Har 
qanday davlatning iqtisodiyoti ma’lum tarmoq, soha va xizmatlar yig’indisidan 
iboratdir. Ushbu tarmoq, soha va xizmatlar ichida agrosanoat majuasi eng asosiy 
sohalardan biri bo’lib, insoniyatning hayoti, turmush darajasi ko’p jihatdan uning 
rivojlanishi bilan belgilanadi. Agrosanoat majmuasida insonlar uchun hayot manbai 
hisoblangan oziq-ovqat, kiyim kechak, sanoatning ko’plab tarmoqlari uchun 
xomashyo mahsulotlari ishlab chiqariladi. Boshqacha qilib aytganda, insonlarning 
hayoti bilan bevosita bog’langan soha hisoblanadi. Ushbu sohaning insonlar hayoti 
bilan bevosita bog’liqligi uni rivojlantirish bilan bog’liq qator zaruratlarni keltirib 
chiqaradi. SHu tufayli agrosanoat majmuasini rivojlanishini ta’minlaydigan 
bilimlarni o’rganish zarurati tug’iladi. Natijada boshqa iqtisodiy fanlar qatorida 
agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti fani ham shakllanib, rivojlanib kelmoqda. 

Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani o’z o’rganish ob’yektlari va predmetiga 
ega. Fanning predmeti ob’yektiv iqtisodiy qonunlarning agrosanoat majmuasiga 
kiruvchi tarmoqlarida amal qilishining o’ziga xos tomonlarini o’rganish hisoblanadi. 
Doimiy rivojlanishda bo’lgan ushbu fan agrosanoat majmuasi tarmoqlari 
iqtisodiyotida yuz berayotgan o’zgarishlar, ulardagi ishlab chiqarish omillari: mehnat 
resurslari, yer va suv fondi, asosiy ishlab chiqarish vositalari va tadbirkorlik 
imkoniyatlaridan samarali foydalanish yo’llarini o’rganadi. Fan agrosanoat 
majmuasiga kiruvchi tarmoqlarning o’ziga xos xususiyatlarini, ularda ishlab 
chiqarishni samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillar va ularning ta’sirini ham 
o’rganadi. 

Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani agrosanoat majmuasi tarmoqlari 
taraqqiyotidagi ijobiy va salbiy tendentsiyalarni o’rganadi va mutaxassislarga ularni 
yaxshilash yo’nalishlari to’g’risida zarur bilimlarni beradi. Mamlakatda olib 


16
borilayotgan iqtisodiy siyosatning agrosanoat majmuasi tarmoqlarida amalga oshirish 
jarayonidagi yutuq va kamchiliklarni o’rganadi hamda ularning yechimlari 
to’g’risidagi bilimlarni o’zida mujassam etadi. 

Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani o’z predmetini quyidagi tartibda 
o’rganadi: dastlab agrosanoat integratsiyasi, majmuaning shakllanish qonuniyatlarini, 
agrosanoat majmuasining mohiyati, uning tarkibini o’rganadi. Agrosanoat majmuasi 
tarmoqlariga ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarning tarkibi
hozirgi holati, ularni rivojlantirish jarayonida vujudga keladigan muammolar va 
ularni yechish yo’nalishlarini belgilovchi iqtisodiy bilimlar bilan mutaxassislarni 
(talabalarni) tanishtiradi.
Agrosanoat majmuasi tarkibida muhim o’rinni qishloq xo’jaligi mahsulotlarini 
tayyorlash, qayta ishlash va tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib berish 
bilan shug’ullanuvchi tarmoqlar egallaydi. Agrosanoat majmuasining 3-sohasini 
tashkil etuvchi bu tarmoqlarning tarkibini, hozirgi rivojlanish darajasini, ulardagi 
kamchilik va muammolarni tartibga solib ko’rsatadi va ularni yechish yo’llarini 
o’rganadi. 
Agrosanoat majmuasi tarkibida infratuzilmaning ahamiyati katta. Infratuzilma 
agrosanoat majmuasining 4-sohasi hisoblanadi. Bu fan infratuzilmani ikkiga bo’lib 
o’rganadi. Birinchi qismga agrosanaoat majmuasining ishlab chiqarish infratuzilmasi, 
ikkinchi qismga majmuaning ijtimoiy infratuzilmasi kiradi. Infratuzilmaning (ishlab 
chiqarish va ijtimoiy) mohiyatini, ahamiyatini, vazifalarini, tarkibini, uning 
rivojlanish tendentsiyalarini tartibga solib o’rganadi. Keyingi mavzuda agrosanoat 
majmuasining 2-sohasi bo’lgan qishloq xo’jaligi tarmog’ining tarkibi, hozirgi holati, 
tarmoqda mavjud bo’lgan yutuq va kamchiliklar va sohani rivojlantirish 
yo’nalishlarini o’rganadi. Agrar sohaning ishlab chiqarish omillaridan foydalanish 
darajasi va ulardan foydalanishni yaxshilash yo’llarini tartibga solib o’rganadi. 
Qishloq xo’jaligi marketingi alohida bir mavzu sifatida yoritiladi. Mamlakatimiz 
moliya va kredit siyosatining agrosanoat majmuasi tarmoqlari iqtisodiyotidagi o’rni 
beqiyosligini hisob olib, ularni alohida mavzu sifatida o’rganadi. O’zbekiston 


17
Respublikasining dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuv jarayonining tezlashib 
borayotgani o’z navbatida xorijiy davlatlarning agrar siyosatini o’rganish katta 
ahamiyatga egaligini e’tiborda tutib, yevropa hamjamiyati davlatlarining yagona 
agrar siyosati to’g’risida ham qisqacha ma’lumotlar beradi. 
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani qishloq xo’jaligi, sanoat va xizmat 
ko’rsatish sohalarini iqtisodiyotini o’rganishda asosiy e’tiborni agrosanoat majmuasi 
manfaatlaridan kelib chiqgan holda o’rganadi. SHu sababli qishloq xo’jaligi, sanoat 
va xizmat ko’rsatish sohalarning resurslaridan foydalanishning darajasi va 
samaradorligini aniqlash usullariga katta e’tibor bermaydi. Balki tarmoq 
iqtisodiyotini o’rganuvchi fanlarning yutuqlaridan foydalangan holda ishlab chiqarish 
resurslaridan foydalanish dinamikasini o’rganadi va tegishli xulosalar chiqaradi. 
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani moddiy ishlab chiqarishning iqtisodiy 
masalalari bilan bog’liq bo’lganligi sababli boshqa iqtisodiy fanlar kabi quyidagi 
amaliy masalalarga javob izlaydi va ularni mo’’tadil yechimini topadi. 
1.
Mamlakat agrasanoat majmuasi nima ishlab chiqarishi kerakligini aniqlashi 
va uning eng mo’’tadil tarkibini topishi lozim. Respublika tabiiy-iqlim, mehnat va 
ishlab chiqarishning moddiy resurslari hamda bozor talablarini hisobga olgan holda 
nima yetishtirish kerakligini belgilashi kerak. Bu juda muhim va qiyin masala bo’lib, 
ushbu fan nima ishlab chiqarish lozim degan masalaning yechimini topish ustida 
fikrlar yuritadi. Bu masalani hal etishda mamlakatning mahsulotlarga bo’lgan talabi 
aniqlaniladi. Ushbu talabni qondirish uchun qanday imkoniyatlar mavjudligi 
o’rganiladi. Respublika uchun qaysi mahsulotlarni yetishtirishning absolyut va nisbiy 
ustunlik jihatlari o’rganiladi. SHundan so’ng nima yetishtirish kerak degan savolga 
javob beradi. Bu doimiy rivojlanishda bo’lib, davrlar o’tishi bilan ishlab 
chiqarishning tarkibi o’zgarib boradi. 
2.
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani ne’matlardan qancha va qanday 
ishlab chiqarish kerak degan savolga ham javob izlaydi. Bu masala juda muhim 
bo’lib, qancha ishlab chiqarish kerak degan savolga javob berish uchun 
mamlakatning ushbu ne’matlarga bo’lgan talabi va uni ishlab chiqarish uchun 


18
imkoniyatlari aniqlanadi. Qanday ishlab chiqarish kerak degan savolga javob berish 
uchun yetishtirilayotgan mahsulotlar qanaqa texnologiyalar yordamida amalga 
oshirilishi belgilanadi. Bu savolga javob topish uchun mamlakat o’z resurslarining 
qancha qismini ushbu ne’matlarni yaratishga ajrata olishini ham hisobga olish kerak 
bo’ladi. Mamlakat iqtisodiyoti uchun mos keladigan ilg’or texnologiyalarni ishlab 
chiqarishga jalb etish katta amaliy ahamiyatga ega.
3.
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani majmua mahsulotlari kim uchun 
ishlab chiqariladi degan savolga javob topishi lozim. Bu bir ko’rinishda oddiy 
masaladek ko’rinsa-da, aslida juda murakkab masala hisoblanadi. Bu masala 
qanchalik murakkab, tez o’zgaruvchan bo’lmasin unga doimo javob topib turish 
zarurati mavjud.
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani har bir tarmoq iqtisodiyotini alohida-
alohida emas, balki ulardan har biriga tegishli ma’lumotlar asosida oxirgi mahsulot 
ishlab chiqarishni ko’paytirish, uning tannarxini pasaytirish, mehnat unumdorligini 
oshirish va mahsulotlar sifatini yaxshilashni ta’minlovchi mexanizmni yaratish nuqtai 
nazardan o’rganadi. 
“Agrosanoat 
majmuasi 
iqtisodiyoti” 
fani 
“Iqtisodiy 
nazariya”, 
“Mikroiqtisodiyot”, “Makroiqtisodiyot”, “Marketing”, “Menejment”, “Iqtisodiy 
statistika”, Iqtisodiy geografiya”, “Mintaqa iqtisodiyoti”, “Qishloq xo’jaligi 
iqtisodiyoti”, “Fermer xo’jaliklari iqtisodiyoti”, “Qishloq xo’jaligi huquqi” , 
“Korxona iqtisodiyoti”, “Mehnat iqtisodiyoti” kabi qator fanlar bilan uzviy bog’liq. 
SHu bois u o’z predmetini ko’plab fanlar yutuqlaridan foydalangan holda o’rganadi. 
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani juda ko’plab iqtisodiy fanlar bilan uzviy 
bog’liq holda rivojlanadi va ularda erishilgan yutuqlar bilan boyib boradi, o’z 
navbatida, boshqa iqtisodiy fanlarning rivojiga ham salmoqli hissa qo’shadi. 
Bu fanning rivojiga bizning mamlakatimizda akademiklar, Jalilov X.M., 
Usmanov S.N., Kim V.V., Xusanov R.X., G’ulomov S.S., Lapkin K.I., i.f.d., 
professorlar Qayumov F.Q., Abdug’aniev A.A.., Xasanjanov Q.S., Jo’raev A., 
Xusanov M., Shokirov A., Yusupov E., Xushmatov N., Hamdamov Q.S., Zokirov O., 


19
dotsentlar Maxmadiev U., Gavrilyuk L., Ogureeva G.A., Ziyavutdinov SH., 
Ismailova F., Xolbotirova U., Galiev B., Kim V.M., Tursunxo’jaev T.L., 
To’raxo’jaev T.I., Raximov B.R., Raximov S.B., Abdullaev B.M., Mirzajonov M.Q., 
Murtozaev O., Mamatvaliev T., Aripov M., Aripov I.M., O’roqov N.I., Xudoyberdiev 
O’., kabi ko’plab agrar iqtisodchilar katta hissa qo’shdilar.

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə