Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc


“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani bo’yicha o’quv adabiyotlarning



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147
Agrosanoat m

“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani bo’yicha o’quv adabiyotlarning 
qiyosiy tahlili.


10
O’zbekiston Respublikasida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash davlat siyosati 
darajasiga ko’tarilib “Kadrlar tayyorlash Milliy Davlat dasturi” amal qilmoqda. 
Dasturning ikkinchi bosqichining asosiy vazifasi qilib sifat masalasi qo’yilgan. 
Tayyorlanayotgan mutaxassislarning bilimli, har tomonlama kuchli, raqobatbardosh 
bo’lishi ko’p jihatdan o’qitilayotgan fanlar, ularning sifati, hajmi, ketma-ketligi kabi 
omillarga bog’liq. Iqtisodiyotni rivojlantirishning bosh omillaridan biri zamon 
talablariga javob beradigan, har qanday qiyin muammolarni yecha oladigan 
kadrlarning mavjudligidir. Bunday kadrlarni tayyorlashda o’quv adabiyotlarning 
o’rni va ahamiyati beqiyos. Yuqori darajada bilim va malakaga ega kadlarni 
tayyorlashda boshqa ko’plab omillar qatorida sifatli o’quv adabiyotlari ham talab 
qilinadi. YUqorida aytganimizdek alohida olingan davlatning o’z qobig’ida jadal va 
barqaror rivojlanish imkoniyatlari cheklangan. Bu borada juda yaqindan fan, texnika 
va texnologiyalar almashinuvi yuz bermoqda. Shu bilan birgalikda biror narsaning
fanning, hodisaning qay darajada samarali yuz berayotganini bilishning eng maqbul 
yo’llaridan biri taqqoslashdir. Taqqoslash usuli orqali har bir narsaning nafliligi, 
samarasi qanday ekanligiga baho berish mumkin. Shu maqsadda “Agrosanoat 
majmuasi iqtisodiyoti” fanining bizning oliy o’quv yurtlarida qancha miqdorda va 
qanday tarkibda o’tilayotganini boshqa davlatlardagi holat bilan taqqoslashni 
maqsadga muvofiq deb topdik va Rossiya Federatsiyasi oliy o’quv yurtlarida ushbu 
fan qanday miqdorda va tarkibda o’tilayotgani bilan taqqosladik. 
TDIUda bakalavrlar uchun “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani bo’yicha 
mavjud ta’lim dasturlarini Rossiya Federatsiyasi oliy o’quv yurtlarida ushbu fanni 
o’qitish holati bilan qiyosiy tahlil qilganimizda quyidagi natijalarga ega bo’ldik. 
TDIUda bakalavrlar uchun “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanidan jami 
bo’lib 140 soat dars o’tiladi. Shundan 60 soat ma’ruza, 60 soat amaliy va 20 soat 
mustaqil ta’lim. Mavzular soni 17 ta. 6, 8, 10 va 12 –mavzularga 2 soatdan, qolgan 
mavzularga 4 soatdan vaqt ajratilgan. Seminar va amaliyot darslari uchun ham 17 ta 
mavzu ajratilgan. 


11
Rossiya Federatsiyasining Voronej Davlat Qishloq Xo’jaligi Universiteti 
(VDQXU)da “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” (Экономика АПК) fani 216 soat 
o’qitiladi. Shundan 76 soat ma’ruza va 76 soat amaliyot va 64 soat mustaqil ta’limga 
ajratilgan. Bu fan ikki semestrda o’qitiladi va undan kurs ishi loyihasi 8-semestrda 
bajariladi. 
Fan 16 mavzuga bo’lib o’rganiladi. 7-semestrda 10 ta mavzu o’tiladi va buning 
uchun 38 soat ma’ruza va 42 soat amaliyot darsi ajratilgan. 8-semestrda 6 ta mavzu 
o’tiladi. Ular uchun 38 soat ma’ruza va 34 soat amaliyot ajratilgan. 
VDQXU va TDIUda “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining mavzular 
bo’yicha taqsimlanishida qiyosiy tahlilini quyidagi jadvalda ko’rish mumkin. 
1-jadval 
VDQXU va TDIUda “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining mavzular bo’yicha 
taqsimlanishida qiyosiy tahlili 
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti 
Voronej Davlat Qishloq xo’jaligi 
Universiteti 
№ 
Mavzular nomi 
Auditoriya 
soatlari 
Mavzular nomi 
Auditoriya 
soatlari 
Ma’ruz

Ama 
liyot 
Ma’ru 
za 
Ama 
liyot 

“Arosanoat majmuasi 
iqtisodiyoti” fanining 
predmeti, vazifalari va 
o’rganish usullari 


Предмет, методы и 
задачи науки 



Agrosanoat majmuasining 
mahiyati va tarkibi 


Сельское хозяйство 
как отрасль



Agrosanoat majmuasi 
tarmoqlari uchun ishlab 
chiqarish vositalari ishlab 
chiqaruvchi soha


Предложение 
селькохозяйствен- 
ной продукции 



Agrosanoat majmuasining 
qishloq xo’jaligi 


Спрос на
селькохозяйствен- 




12
mahsulotlarini tayyorlash, 
qayta ishlash va 
iste’molchilarga yetkazib 
beruvchi soha
ную и 
продовльственную 
продукции

Agrosanoat majmuasining 
ishlab chiqarish 
infratuzilmasi 


Аграрная структура 4 


Agrosanoat majmuasining 
ijtimoiy infratuzilmasi 


Агробизнес



Qishloq xo’jaligi – 
agrosanoat majmuasining 
asosiy bo’g’ini 


Сельскохозяйствен
ной меркетинг 



Qishloq xo’jaligi yer fondi 
va undan foydalanish 


Сельскохозяйствен
ный кредит 



Agrosanoat majmuasining 
mehnat resurslari va ulardan 
foydalanish 


Земельные 
отношения 


10 
Agrosanoat majmuasining 
moddiy-texnika resuslari va 
ulardan foydalanish 


Агропродовольст- 
венная политика 


11 
Agrosanoat majmuasi 
tarmoqlarida ishlab chiqarish 
xarajatlari va mahsulotlar 
tannarxi 


Экономика 
государственного 
регулирования
агропродовольст-
венного сектора 


12 
Agrosanoat majmuasi 
tarmoqlari mahsulotlari 
narxlari 


Агропродовольст-
венная политика 
США 


13 
Agrosanoat majmuasida fan, 
texnika tarqqiyoti va 
intensivlashtirish 


Единая аграрная 
политика 
Европейского 
сообщества 


14 
Agrosanoat majmuasi 


Агропродовольст -




13
marketingi va uni 
samaradorligi 
венная политика 
некоторых других 
стран мира 
15 
Agrosanoat majmuasini 
davlat tomonidan tartibga 
solish va qo’llab-quvvatlash 


Проблемы 
реформирования
агропромышленног
о комплекса в
постсоциалистичес
кий странах


16 
Agrosanoat majmuasida 
moliya-kredit tizimining 
amal qilish mexanizmi 


Современная 
аграрная реформа в 
России 
10 
16 
17 
Evropa Hamjamiyatining 
yagona agrar siyosati 



Jami 
60 
60 
Всего 
76 
76 
Ushbu fan K.A.Temiryazov nomidagi Moskva Qishloq Xo’jalik Akademiyasi 
iqtisodiyot yo’nalishidagi talabalari uchun 110 soat ma’ruza va 110 soat amaliyot 
darslari hajmida o’tiladi. Fan bo’yicha umumiy auditoriya darslari 220 soatni tashkil 
etadi. Asosiy o’quv adabiyoti sifatida professor I.A. Minakov boshchiligida nashrdan 
chiqarilgan “Экономика отраслей АПК” darsligi qabul qilingan. Ushbu darslik 464 
betdan va 32 ta bobdan iborat. Bu darslikda asosiy e’tibor qishloq xo’jaligi tarmog’i 
va uning ishlab chiqarish resurslariga berilgan. Rossiya Federatsiyasida qishloq 
xo’jaligi tarmog’ida salmoqli o’rinni egallagan ekin turlari iqtisodiyoti ham chuqur 
o’rganilgan. Biz qishloq xo’jaligini agrosanoat majmuasining asosiy bo’g’ini sifatida 
qaraganmiz. TDIU da “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanidan boshqa “Qishloq 
xo’jaligi iqtisodiyoti” va “Fermer xo’jaliklari iqtisodiyoti” fani o’tiladi. Ushbu 
fanlarda qishloq xo’jaligi va uning tarmoqlari iqtisodiyoti chuqur o’rganishini 
hisobga olib, fanlarda asoslanmagan takrorlanishga yo’l qo’ymaslik uchun qishloq 
xo’jaligi ekin turlari va chorvachilik yo’nalishlari iqtisodiyoti ushbu fanda alohida 
bob sifatida o’rganilmaydi.


14
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining barcha boblarini o’tishda 
pedagogik texnologiyalarning “blits-so’rov”, “insert”, “aqliy hujum”, “pinbord”, 
“delfi”, “klaster”, “koop-koop” kabi usul va texnikalaridan keng foydalaniladi. 

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə