Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147
Agrosanoat m

Ответственный редактор: 
 
Бекмуродов А.Ш.
– проректор по учебной работе ТГЭУ, д.э.н., проф. 
 


5
Рецензенты: 
1.
Салимов Б.Т. – заведующий кафедрой «Экономика отраслей» ТГЭУ, 
проф. 
2.
Хакимов Н.Х. – проректор Ташкентского филиала Российской 
Экономической Академии им. В.Г.Плеханова, проф. 
 
Эксперты: 
1.
Усманов Б.Б.- начальник учебно-методической части ТЭГУ, доц. 
2.
Юсупов М.С. – ст. преподователь кафедры «Экономика отраслей» ТГЭУ. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


6
Ha
kimov R. Agraindustrial complex yeconomy. T.: TSUE, 2006. – 386 p. 
Significance agroindustrial complex formed under ferms of agroindustrial 
integretion yextention and development, its structure and yeconomic importance, the 
state of agroindustrial complex fields, their development directions, yeconomic 
resources, and their utilization yextent and assisgnments on their yeconomic 
productivity imporement are described in this text-book. In the textbook topics 
concerned yeffective utilization of land, water, labour, material and technical 
resources of agroindustrial complex organization of production as well. The themes 
on agroindustrial production price formation, prime cost of labour and services, 
mechanizm of financial-credit operations in the complex are performtd.
particularle topics on agromarketing organization, its productivity and single 
agrarian policy of yeuropian Commonwelth are lightened author thanks docent 
Otaqulov M.K and senior teacher Yusupov M.S. for their assistance in prepariny 
topics 14, 15, 16.
The textbook in desighed for bachelor students of 5400200 – yeconomy 
speciality and oter specialities in accordance with curraculum.
Editor-in-chief: Bekmurodov A. SH.– vaic rector TSUE, professor.
Reviewers: 
1. Hakimov N.H. – professor,
2. Salimov B.T. – chief of : “Agrarian yeconomy” department of TSUE, 
professor 
Experts: 
1. Usmanov B.B. – chief of training-methods department of TSUE, bacheler of 
yeconomy, docent. 
2. Ysupov M.C. – senior teacher of “Agrarian yeconomy” department of TSUE.


7
KIRISH 
O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy 
islohotlarning samarasi ko’p jihatdan agrosanoat majmuasi tarmoqlarining rivojlanish 
darajasiga bog’liq. Mamlakatimiz siyosiy, ijtimoiy – iqtisodiy imkoniyatlarini 
yuksaltirishda agrosanoat majmuasining ahamiyati va o’rni katta. Agrosanoat 
majmuasi faoliyatining asosiy maqsadi, bosh funktsiyasi qishloq xo’jaligi 
mahsulotlari yetishtirish, ularni tayyorlash, qayta ishlash hamda iste’molchilarga 
yetkazib berish bilan o’zaro bog’langan tizimning maqsadga muvofiq, bir me’yorda 
barqaror ishlashini ta’minlash, provardida mamlakat iqtisodiyotini mustahkamlash, 
aholi turmush darajasini oshirishga xizmat qilishdan iborat. Majmuada bozor 
iqtisodiyoti talablariga javob bera oladigan iqtisodiy mexanizmlarni yaratish, 
mahsulotlar miqdori va sifatini oshirish, ishlab chiqarishning eng samarali va maqbul 
shakllarini vujudga keltirish, mahsulotlar tannarxini arzonlashtirishga qaratilgan 
chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni ishlab chiqarishga joriy etish dolzarb 
masalalardan hisoblanadi. 
Agrosanoat majmuasini rivojlantirish mamlakatning iqtisodiy quvvatini, 
aholining turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi. SHu sababli mamlakat 
agrosanoat majmuasining rivojlanishiga O’zbekiston Respublikasi prezidenti va 
hukumati tomonidan doimiy e’tibor berilib kelinmoqda. Bu e’tiborning natijasi 
o’laroq, mustaqillik yillarida bozor iqtisodiyoti sharoitida agrosanoat majmuasi 
tarmoq hamda korxonalari faoliyatini yuritish uchun zarur huquqiy baza yaratildi va 
ular muttasil takomillashtirilib borilmoqda. Olib borilayotgan iqtisodiy siyosat 
natijasida mamlakat iqtisodiyotida katta sifat o’zgarishlar yuz berdi. Ayniqsa, mulkiy 
munosabatlar takomillashdi va bu holat agrar sohada nodavlat sektorning tez 
rivojlanishiga olib keldi. Bugungi kunda qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining 99,0 
foizidan ortiqrog’i nodavlat sektorda ishlab chiqarilmoqda. Qishloq xo’jaligida ishlab 
chiqarish asosan fermer, dehqon va shirkat xo’jaliklari shaklida tashkil etildi, bozor 
talablari va davlat ehtiyojlaridan kelib chiqib, ishlab chiqirishning tarkibi 
o’zgartirildi. O’zbekiston Respublikasida olib borilgan iqtisodiy islohotlar natijasida 


8
malakatda paxta yakkahokimligiga barham berildi, Aholining don mahsulotlariga 
bo’lgan talabini hisobga olib g’allachilik tarmog’i keskin kengaytirildi. Natijada 
g’allachilik bilan shug’ullanuvchi ixtisoslashgan maxsus tizim (tarmoq) vujudga 
keldi. G’alla urug’chiligi keng yo’lga qo’yildi, g’allachilikning barqaror 
rivojlanishini ta’minlaydigan zarur moddiy – texnika bazasi yaratildi. Respublikada 
chorvachilik tarmog’i deyarli xususiylashtirildi. Mamlakatda yetishtirilgan qishloq 
xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash darajasi va ularni eksport qilish masalalari 
mamlakat manfaatlaridan kelib chiqqan holda ijobiy hal qilinmoqda. Bu o’zgarishlar 
iqtisodiy fanlar, jumladan, “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani oldiga yangi 
vazifalarni qo’ymoqda. Chunonchi agrosanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlarni 
imkon darajasida bir-biriga mutanosib rivojlantirish, ularning iqtisodiy manfaatlarini 
uyg’unlashtirish masalalari yanada kuchaymoqda. Bozor munosabatlarining 
rivojlantirilishi biz uchun nisbatan yangi hisoblangan marketing, menejment, 
iqtisodiy havfsizlik, moliya va soliq, inflyatsiya, monopoliyaga qarshi kurash va 
raqobatni rivojlantirish, bankrotlik, birja, shartnomaviy munosabatlar kabi ko’plab 
iqtisodiy masalalarni chuqur o’rganishni talab qilmoqda. 
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi agrosanoat majmuasida asosiy 
vositalar ishlab chiqaruvchi tarmoqlarning rivojlanishiga e’tibor juda katta. 
Respublika agrosanoat majmuasi tarmoqlari, ayniqsa, qishloq xo’jaligi fan yutuqlari, 
yangi texnikalar, ish qurollari, texnologiyalarsiz jadal rivojlana olmaydi. O’zbekiston 
Respublikasida qishloq xo’jaligi va uning mahsulotlarini qayta ishlash sanoatini 
yangi zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ta’minlashga katta e’tibor 
berilmoqda.
*
Ushbu tarmoqlarning raqobatbardoshligini oshirishning asosiy yo’nalishlari
ishlab chiqarishni intensivlashtirish, ishlab chiqarish jarayonlarini kimyolashtirish, 
elektrlashtirish, mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishdir. O’zbekistonda 
agrosanoat majmuasining birinchi (agrosanoat majmuasi tarmoqlari uchun ishlab 
chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi) sohasining rivojlanishiga e’tiborning yanada 
*
Xalq so’zi // 2006 yil 11 iyul 


9
kuchayishi talab qilinadi. Birinchi soha tarmoqlarini rivojlantirilishi agrosanoat 
majmuasi tarkibiga kiruvchi tarmoqlarning fond bilan ta’minlanishi va mehnatning 
fond bilan qurollanishini yaxshilashga, provardda ishlab chiqarish, ayriboshlash, 
taqsimlash va iste’mol jarayonlari rivojlanishiga va aholining turmush sharoitlarini 
yuksalishiga olib keladi. Ushbu sohani rivojlantirish mamlakat agrosanoat majmuasi 
uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish vositalari ta’minotining importga bog’lanib 
qolishini oldini oladi. Mamlakat iqtisodiyoti sanoatlashadi, qo’shimcha ish joylari 
tashkil etiladi. 
Mamlakat agrosanoat majmuasining xalqaro aloqlarini rivojlantirish, dunyo 
mamlakatlari tarjibalari va ilg’or texnologiyalaridan oqilona foydalanish katta ijobiy 
amaliy ahamiyatga ega. Bugungi kun dunyo davlatlari taraqqiyoti shu darajaga 
yetdiki ularning o’zaro bog’liqligi alohida olingan davlat iqtisodiyotining natijalarida 
tobora ko’proq salmoqqa ega bo’lmoqda. Mamlakatlararo, dunyo iqtisodiyotida 
integratsiyalashuv jarayoni kuchayib ketdi. Bu o’z navbatida dunyoda mavjud ilg’or 
texnika va texnologiyalardan, moliyaviy resurslardan kengroq foydalanishni talab 
qiladi. Shuningdek, O’zbekiston xalqlari iqisodiyotning tarmoqlarini jumladan, 
qishloq xo’jaligini rivojlantirish borasida ko’p asrlik katta tajribaga ega. Bugungi kun 
talabi ushba bilim, tajriba va texnologiyalarni targ’ib qilish va dunyoga tarqatish 
zarurati ham mavjud.
Yuqorida sanab o’tilgan masalalarni ilmiy hal etish uchun zaruriy nazariy 
bilimlarni o’zlashtirishda ushbu darslik asos bo’lib xizmat qiladi degan umiddamiz. 
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining asosiy maqsadi talabalarda 
mamlakat agrosanoat majmuasining mohiyati, tarkibi, uni barqaror va jadal 
rivojlantirish muammolari, 
majmuaning resurslaridan samarali foydalanish 
yo’nalishlari to’g’risida hamda sohani boshqarish, tartibga solib turish maqsadida 
zarur boshqaruv qarorlarni qabul qilish uchun yetarli darajada nazariy va amaliy 
bilimlar majmuasini shakllantirish hisoblanadi. 

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə