Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc


 Agrosanoat majmuasini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   147
Agrosanoat m

 
2.4. Agrosanoat majmuasini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari 
Agrosanot majmuasini rivojlanishtirish har qanday davlatning, shu jumladan, 
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biridir. 
O’zbekiston Respulikasi agrosanoat majmuasi iqtisodiyotning nisbatan yaxshi 
rivojlangan sohasi hisoblanadi. Uning mamlakat hayoti uchun iqtisodiy va ijtimoiy 
Qishloq xo’jalik mahsulotlari va homashyo bozori
Bozor 
infratuzilmasi 
Ixtisoslashgan bozorlar 
Bozor mexanizmlari
Ulgurji savdo 
(tayyorlov tizimi, 
yarmarka va 
birjalar)
Chakana savdo 
Ichki xo’jalik 
bozori (umumiy 
ovqatlanish, 
xodimlarga sotish) 
Dallolchilik 
(brokerlar, 
komissionerlar, 
savdo agentlari) 
Tashqi savdo 
tashkilotlari 
Reklama va 
axborot 
agentliklari 
Homashyo bozori 
Don bozori 
Paxta bozori 
Tamaki bozori 
Meva bozori 
Sabzavot va poliz 
bozori 
Mol va parranda
mahsulotlari bozori 
Yog-moy beradigan 
ekinlar mahsulotlari 
bozori 
Talab va
taklif 
Raqobat 
Narx 
Kvotalash 
mexanizmi
Tovar 
intervensiyalari 
Mahsulotni 
ortiqchasini 
bozordan sotib 
olish 
mexanizmi
Agrar 
qonunchilik 
Oziq-ovqat 
Sut va sut 
mahsulotlari 
Non va non 
mahsulotlari 
Go’sht va go’sht 
mahsulotlari 
Yog-moy 
mahsulotlari 
Konditerlik 
Meva va uzum 
sharbatlari, vino, 
konyak, pivo 
Sabzavot va poliz 
mahsulotlari 
bozori 
Boshqa qishloq 
xo’jalik xomashyosi 
bozorlari 
boshqa xo’raki 
mahsulotlar 
bozori 


38
ahamiyati juda katta. CHunki bu soha katta moliyaviy resurslar talab qilmasdan katta 
samara bera oladigan sohadir. Boshqa tarmoqlarni tashkil etish va rivojlantirish, o’z 
navbatida, katta moliyaviy va yangi sohada ixtisoslashgan asosiy vositalar, mehnat 
resurslarining bo’lishini talab qiladi. Agrosanot majmuasi esa, O’zbekiston 
Respublikasining tarixan mavjud bo’lgan va rivojlangan sohalaridan biri hisoblanadi. 
Mamlakat aholisi juda qadim davrlardan qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanib keladi. 
Mamlakat aholisi qishloq xo’jaligini yuritishda juda katta malakaga ega. Tabiiy-iqlim 
sharoitlari qishloq xo’jaligi uchun qulay mintaqalardan hisoblanadi. SHu sababli ham 
agrosanoat majmuasini rivojlantirish O’zbekiston Respublikasi uchun eng muhim 
ustuvor yo’nalishlardan biri qilib belgilangan. 
1991-2006 yillar ichida mamlakatmiz iqtisodiyotida chuqur sifat o’zgarishlar 
yuz berdi. Mamlakat kuchli ijtimoiy himoyaga asoslangan bozor iqtisodiyotiga o’tish 
yo’lidan bormoqda. SHu yillar ichida mamlakat agrosanoat majmuasini bozor 
iqtisodiyoti talablari asosida rivojlantirishni ta’minlaydigan huquqiy baza yaratildi va 
takomillashtirilib 
borilmoqda. 
Agrosanoat 
majmuasida 
davlatning 
ulushi
minimallashtirildi va novdavlat sektor hal qiluvchi asosiy kuchga aylandi. Hozirda 
mamlakat qishloq xo’jaligida yetishtirilayotgan yalpi mahsulotning 99 fozidan 
ko’prog’i nodavlat sektorida ishlab chiqarilmoqda. Qishloq xo’jaligida xususiy 
mulkka (erdan tashqari) asoslangan fermer va dehqon xo’jaliklari tashkil topdi va ular 
jadal rivojlanib bormoqdalar. 2003 yilning 1 yanvariga kelib mamlakat qishloq 
xo’jaligida jami bo’lib 77 mingta fermer xo’jaligi faoliyat ko’rsatib turgan bo’lsa 
2006 yilning 1 yanvar holatiga fermer xo’jaliklari soni 125,7 ming, 1 iyuniga kelib 
189,6 mingtani tashkil etdi. Olib borilgan chuqur islohotlar natijasida mamlakatda 
don yetishtirish hajmi keskin ko’paydi. Agarda 1992 yilda jami bo’lib 2,2 mln. tonna 
don yetishtirilgan bo’lsa, 2002 yilga kelib bu ko’rsatkich 5,4 mln. tonnani, 2005 yilda 
6008,8 ming, 2006 yilda 6,1 mln. tonnani tashkil etdi. Shu yillar ichida O’zbekiston 
Respublikasi qishloq xo’jaligida oldin ko’p miqdorda yetishtirilmagan moyli 
o’simliklar mahsulotlari, qand lavlagi ishlab chiqarish ko’paytirildi. Meva, savzavot 
va poliz mahsulotlari yetishtirish ham keskin ko’paymoqda. Chorvachilik tarmog’i 


39
rivojlanishi esa, aksincha, qoniqarli holatda emas. Sut, go’sht, yetishtirish 2000 yilda 
1990 yil darajasida bo’ldi, tuxum yetishtirish esa hajman 3 martadan ortiqroqqa 
kamayib ketdi. 2005 yilga kelib 1991 yilga nisbatan qoramollar bosh soni 16,4 
foizga, yetishtirilayotgan go’sht 17,4 foizga, sut 14,6 foizga va tuxum ishlab 
chiqarish 9,6 foizga ko’paydi.
Respublikada 1991-1996 yillarda chorva mollari bosh soni 12-17 foizga 
kamayib ketdi. Respublikada bu holatga o’z vaqtida to’g’ri baho berildi va chorva 
mollari bosh sonini ko’paytirish choralari ko’rildi. Natijada 1998 yildan boshlab 
chorva mollari bosh soni o’sa boshladi. Sobiq ittifoq tarkibida bo’lgan 
respublikalarning barchasida mustaqillikka erishgandan keyin chorva mollari bosh 
soni keskin kamayib ketdi.
Respublika prezidenti, hukumati chorvachilik tarmog’ining keskin kamayishi 
eng avvalo aholining turmush darajasiga ta’sir qilishini hisobga olib, sohada iqtisodiy 
islohotlarni chuqurlashtirdi. Bu tadbirlar natijasida respublikada chorva mollarining 
bosh soni keskin kamayib ketishga yo’l qo’yilmadi. Shunga qarmasdan ularning bosh 
sonini yanada ko’paytirish zarurati bor.
Respublika qishloq xo’jaligida mavjud chorva mollarning zoti keyingi yillarda 
yaxshilangan emas. Bu borada juda katta ishlar qilinishi lozim. Mamlakatda chorva 
mollarining bosh sonini ko’paytirish, ularning yangi, sermahsul zotlarini yaratish 
yoki sotib olish, chorvachilikning yem – xashak bazasini mustahkamlash zarurati bor. 
Chorvachilikning moddiy-texnika bazasini mustakamlash va yangi texnalogiyalar 
joriy etish bugungi kun talabidir. 
Keyingi 2000-2006 yillarda umuman, mamlakat qishloq xo’jaligi yalpi 
mahsulotini ishlab chiqarish yiliga 4,5 -6 foizdan ko’proq o’smoqda. 2004-2005 
yillarda bu ko’rsatkich mos ravishda 10,1 va 7,0 foizni tashkil etdi. 
O’zbekiston Respublikasi agrosanoat majmuasi tarmoqlari oldida quydagi asosiy 
maqsadli vazifalar turibdi.
·
Mahsulotlar miqdorini ko’paytirish va assortimentini yaxshilash. Bu borada 
katta ishlar amalga oshirilishi lozim. Chunki mamlakat aholisini oziq-ovqat 


40
mahsulotlari bilan tibbiyot me’yoriga mos ravishda ta’minlanish darajasi hali ancha 
past. Ayniqsa, chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni keskin ko’paytirish talab 
qilinadi. Mamlakatda don yetishtirishni 10-12 mln. tannaga yetkazish, go’sht, sut 
yetishtirishni eng kamida ikki, tuxum yetishtirishni 3 martaga ko’paytirish talab 
qilinadi. Albatta fiziologik me’yor (energiya olish) nuqtai nazaridan oziq-ovqat 
muammosi mamlakatda to’liq hal etilgan. Ammo oziq-ovqat mahsulotlari ishlab 
chiqarish ijtimoiy – iqtisodiy tomondan baholanganda katta muammo bo’lib turibdi. 
Gap shundaki, fiziologik me’yor bo’yicha olinayotgan energiya qaysi mahsulotlarni 
iste’mol qilish evaziga hosil bo’lmoqda, degan savol tug’iladi. Hozirda mamlakat 
aholisi oziq – ovqatdan olinayotgan energiyaning asosiy qismi non va non 
mahsulotlari, kartoshka, uglevodlar va mevalarni iste’mol qilishdan olinmoqda. 
Inson organizmi talab darajasida mo’’tadil faoliyat ko’rsatishi uchun esa 
balanslashgan oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol qilish talab etiladi. Respublikada bu 
mahsulotlardan jon boshiga qanchadan iste’mol qilinishini ko’rsatuvchi maxsus 
me’yor ham ishlab chiqilgan. Bu borada, ya’ni balanslashgan oziq–ovqat iste’mol 
qilishda, hali jiddiy kamchiliklar mavjud. Ayniqsa, chorvachilik, asalarichilik, baliq 
mahsulotlariga bo’lgan talab katta bo’lishiga qaramasdan shu mahsulotlar bilan aholi
qoniqarsiz holda ta’minlangan. Shu jihatdan mamlakatda yer, suv, mehnat va boshqa 
resurslardan foydalanishning eng samarali yo’llarini topish, fan, texnika va 
texnologiyaning eng ilg’or yutuqlarini ishlab chiqarishga qo’llash orqali qishloq 
xo’jalik mahsulotlari yetishtirish va ulardan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni 
ko’paytirish, assortimentini yaxshilash agrosanoat majmuasining bosh vazifalaridan 
biridir. Agarda yer yuzi aholisining 2 mlrd.ga yaqini ochlik, to’yib ovqat yemaslik va 
ichimlik suv tanqisligi sharoitda yashayotganini xisobga olsak, bu muammo 
nihoyatda muhimligi ayonlashadi. Bundan tashqari yer yuzi aholisi, jumladan, 
O’zbekiston Respublikasi aholisi ham ko’payib bormoqda. Hisob-kitoblarga 
qaraganda, 2030 yilga borib Respublika aholisi 46-mln. kishini tashkil etar ekan. 
·
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxi past bo’lishini ta’minlash. 
Bu juda dolzarb muammolardan biri bo’lib, bozor iqtisodiyoti talabidan kelib chiqadi. 


41
Bozorda raqobatga bardosh berish uchun yetishtirilayotgan mahsulotlar ham sifatli, 
ham arzon bo’lishi kerak. Bozorda talab va taklif qonuni talablari natijasida 
shakllangan narxdan yetishtirilayotgan mahsulot tannarxi arzon bo’lishi talab 
qilinadi. Mahsulotlar tannarxining arzon bo’lishi ma’lum darajada ijtimoiy 
masalalarni ham to’g’ri hal etilishiga xizmat qiladi. Shuningdek, mahsulotlar 
tannarxining past bo’lishi ularning narxini pasayishiga olib kelishiga asos bo’lib 
hizmat qiladi. Bu, aholining mahsulotlarni sotib olish imkoniyatlarini kengaytiradi
turmush darajasini oshiradi, ishlab chiqaruvchilarning esa foydasi ko’payishini 
ta’minlaydi. Natijada korxonalarning davlat byudjetiga to’lovlari va soliqlarning 
umumiy miqdori ko’p bo’lishiga olib keladi. Bu esa mamlakat iqtisodiyotini 
kuchaytiradi va yanada tez rivojlanish imkoniyatlarini yaratadi. 
Keyingi yillardagi mamlakatda olib borilgan narx siyosati natijasida qishloq 
xo’jaligi korxonalarining iqtisodiy imkoniyatlari ancha cheklanib qoldi. Sanoat 
mahsulotlariga erkin narxlar siyosati olib borildi va natijada qishloq xo’jaligi sotib 
olayotgan o’g’it, yoqilg’i–moylash materallari, texnika, ularni butlovchi qismlari 
narxlari 14 yil (1991-2005) ichida 1400 marta va undan ko’proqqa oshdi. Qishloq 
xo’jaligining asosiy mahsulotlari bo’lgan paxta va donga narxlar esa 24-50 marta 
oshdi, xolos. Narxlarning bunday holatda shakllanishi (narx paritetining buzilishi) 
qishloq xo’jaligi korxonalarning iqtisodiy imkoniyatlarining cheklanishiga sabab 
bo’ladi va bu holat, o’z navbatida, qishloq xo’jaligi korxonalarida ko’plab boshqa 
muammolarning 
yuzaga 
kelishiga 
sabab 
bo’lmoqda. 
Qishloq 
xo’jaligi 
korxonalarining bu holati, o’z navbatida, umuman, mamlakat agrosanoat 
majmuasining jadal rivojlanishiga to’sqinlik qilmoqda. Shu sababli ham 
yetishtirilayotgan mahsulotlar birligi tannarxini imkon darajasida pasaytirish 
agrosanoat majmuasini asosiy vazifalarining ikkinchisi hisoblanadi. 
·
Mamlakat agrosanoat majmuasi tarmoqlarida, ayniqsa, qishloq xo’jaligida, 
mehnat unumdorligini oshirish. Ma’lumki mehnat unumdorligining yuqori bo’lishi 
juda katta ijobiy natijalarga olib keladi. Mehnat unumdorligining oshishi mahsulot 
tannarxi nisbatan past bo’lishini, katta miqdordagi resurslar tejalishini ta’minlaydi. 


42
Qishloq xo’jaligidan mehnat resurslarining bo’shashiga olib keladi. Qishloq 
xo’jaligidan bo’shagan mehnat resurslari nisbatan ko’p malaka va bilim talab 
qiladigan sanoatning turli saholarida ishlashi uchun imkoniyatlar tug’iladi. Natijada 
mamlakat mehnat resurslarining sifat darajasi oshadi. Bu esa eng katta boylik 
hisoblanadi. 
Rivojlangan davlatlar tarjibalari shuni ko’rsatadiki, bizda mehnat unumdorligini 
oshirish imkoniyatlari juda katta. Masalan: AQSH, Germaniya, Gollandiya kabi 
rivojlangan davlatlarda qishloq xo’jaligida band bo’lgan bir xodim mamlakat 
aholisining 90-110 tasiga yetarli mahsulot ishlab chiqariladi. Bizda bu ko’rsatkich 9-
12 tani tashkil etadi. Albatta, rivojlangan davlatlar agrosanoat majmuasi tarkibida 
asosiy mehnat resurslari agrosanoat majmuasining qishloq xo’jaligiga xizmat 
qiladigan yoki qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan sohalarda band. 
Agar umuman, agrosanoat majmuasida mehnat unumdorligini hisobga olsak, 
yuqoridagi nisbatning farqi kamayadi. Shunga qarmasdan rivojlangan davlatlar va 
O’zbekiston qishloq xo’jaligidagi mehnat unumdorligining darajasi o’rtasidagi farq 
juda katta. Shu sabablarga ko’ra, mamlakat agrosanoat majmuasida mehnat 
unumdorligini oshirish eng muhim vaziflardan biri bo’lib qoladi. Bozor iqtisodiyoti 
sharoitida raqobatda yutib chiqish va barqaror rivojlanish uchun mehnat 
unumdorligini oshirishga et’iborni kuchaytirish lozim.
·
Majmua tarmoqlarining bir–biri bilan mutanosib holda rivojlanishni 
ta’minlash. Bu juda katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega vazifalardan biridir. 
Hozirda mamlakat agrosanoat majmuasining birinchi sohasi - agrosanoat majmuasi 
tarmoqlari uchun ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarning 
mavjudligi va borlarining rivojlanish darajasi talabdagidan juda past. Natijada, 
respublika qishloq xo’jaligida ishlatilayotgan traktorlarning katta qismi, kombaynlar, 
yuk avtomobillarining yuz foizi import evaziga qoplanadi. Mamlakatda tarktor, paxta 
terish mashinasi va qator qishloq xo’jaligi uchun zarur ishchi mashinalar ishlab 
chiqarishga yetarlicha imkoniyat bor. Shu sababli ana shu tarmoqlarni rivojlantirishga 
eng ustuvor yo’nalishlardan bir sifatida qaralmoqda. 


43
Qishloq xo’jaligida yetishtirilgan mahsulotlarning nobud bo’lmasligi jihatidan 
ularni tayyorlovchi, qayta ishlovchi, saqlovchi va iste’molchilarga yetkazib beruvchi 
tarmoq va xizmatlarning mavjudligiga, ularning jihozlanishiga va bir me’yorda 
yetarli quvvat bilan ishlashiga bog’liq. Hozirda qishloq xo’jaligida yetishtirilgan 
ayrim mahsulotning katta bir qismi ana shu tarmoqlaridagi kamchiliklar sababli 
nobud bo’lmoqda. Bu esa ishlab chiqarish resurlari, mahsulotlar taqchilligi sharoitida 
yo’l qo’yib bo’lmaydigan yo’qotishdir. Ayniqsa pomidor, uzum, olma kabi 
mahsulotlar pishgan paytda ularni tayyorlovchi, saqlovchi va qayta ishlovchi 
tashkilotlar quvvatining yetishmasligi bunga sabab bo’lmoqda. Ba’zi hollarda mavjud 
quvvatlardan foydalanish darajasining pastligi ham iqtisodiyotga katta zarar 
keltiradi. Masalan, hozirda go’shtni qayta ishlash sanoati o’z quvvatidan yil 
davomida 5-18 foizga foydalanmoqda. Bu, o’z navbatidan ishlab chiqarish 
samaradorligini pasayishiga, mavjud resurslarning bekor turib qolishiga olib keladi.
Umuman olganda, agrosanoat majmuasi tarmoqlarini bir–biriga mutanosib 
rivojlantirish juda murakkab bo’lsada, bu masalaga e’tiborsiz bo’lish mumkin emas. 
Uni oqilona hal etish iqtisodiy siyosatning eng muhim vazifalaridan biridir. 
·
Bozor munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, mahsulot eksportini 
ko’paytirish, xorijiy davlatlarning ilg’or tarjibasini o’rganish va ishlab chiqarishga 
joriy qilish, kadrlar malakasini, bilimini oshirish mehnatkashlarning turmush 
sharoitlarini yuksaltirish masalalari ham majmuaning muhim vazifalari hisoblanadi.
·
Aholining (majmuada banda bo’lganlarning) turmush darajasini ko’tarish, 
qishloq joylarda yashash sharoitlarini yaxshilash. Bu vazifani bajarishga mamlakat 
prezidenti, hukumati tomonidan alohida e’tibor berilmoqda. Mustaqillikning 
dastlabki yillaridayoq qishloq aholisining turmush sharoitini ko’tarish, ularni ish 
bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida aholiga 650 ming gektardan ko’proq yer 
tarqatilib berildi. O’zbekiston Respublikasida 82 foiz uy xo’jaliklarining tomorqa 
yeri bor. Qishloq xo’jaligida 97 foiz uy xo’jaligining qishloq xo’jaligi maqsadlarida 
ishlatishga yaroqli yerlari mavjud. Qishloq xo’jaligida uy xo’jaliklari uchun ajratilgan 
yerlarning 60 foizi qishloq xo’jaligi maqsadlari uchun ishlatilmoqda. Bu 


44
ko’rsatkichni 90 foizdan oshirish qo’shimcha ravishda ko’plab miqdorda qishloq 
xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish imkonini beradi. Uy xo’jaliklariga ajratilgan 
yerlardan to’liq va samarali foydalanish qishloq aholisining turmush darajasini ham 
ko’taradi. 

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə