1 mamlakatda hukum



Yüklə 174,79 Kb.
səhifə1/13
tarix22.03.2024
ölçüsü174,79 Kb.
#183909
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Loyiha tahlili


1) MAMLAKATDA HUKUM SURAYOTGAN IQTISODIY BEQARORLIK
2 INFLYATSIYA, MILLIY VALYUTANING KONVERTATSIYASI
Inflyatsiya - lotincha “inflatio” so'zidan olingan bo'lib, “shishish”, “bo'rtish”, “ko'tarilish” degan ma'nolarni anglatib, mamlakatdagi tovar va xizmatlar bahosi umumiy darajasining oshishi (o'sishi) tushuniladi. Narxlarning umumiy darajasi ko'tarilishi natijasida mamlakat pul birligi (milliy valyuta) xarid qobiliyatining pasayishi ro'y beradi. Bu esa o'z navbatida, davlat pul birligining qadrsizlanishiga olib keladi.
Pulning qadrsizlanishi deganda, bir xil miqdordagi pulga vaqti kelib kamroq bo'lgan tovar va xizmatlarni sotib olish, ya'ni sotib olinishi mumkin bo'lgan tovar va xizmatlar miqdorining vaqti kelib kamayishi tushuniladi.
Valyuta konvertatsiyasi (lot. conversio — almashtirish), valyuta almashinuvi — mamlakat milliy valyutasining xorijiy valyutalarga yoki xalqaro toʻlov vositasi sifatida amal qiluvchi valyutaga erkin almashtirilishi

  • Erkin konvertatsiya bo‘ladigan – boshqa valyutalarga almashtirish jarayonida hech qanday cheklovlar mavjud bo‘lmagan valyuta. Bu kabi valyutalarga egalik qiluvchi davlatlar ushbu valyutalar bilan amaliyotlarni bajarishga hech qanday to‘siqlar qo‘ymaydi. Bunday valyutalarga AQSh dollari, yevro, Shveysariya franki, Britaniya funti, Yaponiya yenasi va boshqalar kiradi.

  • konvertatsiya bo‘lmaydigan valyuta - mamlakat hukumati tomonidan valyutalarni sotish va sotib olishga yoki boshqa operatsiyalarni amalga oshirishga cheklovlar o‘rnatilgan bo‘ladi. Bu Shimoliy Koreya voni va Kuba pesolaridir. Bunday pullar muomalasiga faqat mamlakat ichida ruxsat etiladi.


  • Yüklə 174,79 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə