1 mamlakatda hukum


Qisman konvertatsiya bo‘ladigan valyuta



Yüklə 174,79 Kb.
səhifə2/13
tarix22.03.2024
ölçüsü174,79 Kb.
#183909
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Loyiha tahlili

Qisman konvertatsiya bo‘ladigan valyuta – bular emitent mamlakatdan tashqarida muomalasi cheklangan milliy banknotalardir. Masalan, O‘zbekistonda so‘m qonuniy to‘lov vositasi hisoblanadi. Mamlakat tashqarisida esa so‘mni ayirboshlash bo‘yicha cheklovlar mavjud bo‘lib, faqat ayrim xorijiy valyutalarga ayirboshlanishi mumkin.

Valyuta konvertatsiyasi  - bir mamlakat valyutasini boshqa davlat valyutasiga ayirboshlashdir. Ushbu ayirboshlash boshqa mamlakatlarga sayohat qilish, xorijiy firma va kompaniyalar bilan savdo-sotiq qilish va xorijiy onlayn-do‘konlardan tovarlar sotib olish imkonini beradi. Valyuta ayirboshlash to‘lovlarni jo‘natuvchi va qabul qiluvchi banklarning kursida amalga oshiriladi. Ayirboshlash uchun komissiya olinishi mumkin. Chet el valyutasida to‘lovni amalga oshirishdan oldin, ayirboshlash kursi hamda komission to‘lovlarga aniqlik kiriting.


3) BYUDJET TAQCHILLIGI
muayyan davrda O’zbekiston Respublikasining Davlat budjeti xarajatlarining uning daromadlaridan oshib ketishi. Budjet taqchilligi inflyasiya, harajatlarning norasional tuzilmasi, pul-kredit siyotsati, budjet intizomining buzilishi, iqtisodiyotda katta yo’qotishlar, rejalashtirilgan chora-tadbirlarning samarasizligi, harbiy harajatlar va boshqalar natijasida kelib chiqishi mumkin. Budjet taqchilligini qoplashning asosiy manbai – narxlarning oshishi, aholining bo’sh turgan mablag’larini va yuridik shaxslarning mablag’larini qarz sifatida jalb qilish, xalqaro kreditlar olish va boshqalar.
ТАҚЧИЛЛИК, дефицит (иқтисодиётда) — илгари белгиланган, режалаштирилган ёки зарур даражадаги маблағ, ресурс, товарларнинг етишмаслиги, танқислиги. Тақчилликнинг ялпи миллий маҳсулот тақчиллиги, товарлар такчиллиги, бюджет тақчшииги, тақчил молиялаштириш, тақчил иқтисодиёт каби кўринишлари мавжуд. Тақчиллик ҳар қандай даражада иқтисодий мувозанатни бузади, қарзларнинг тўпланиб боришига сабаб бўлади.
Товарлар ва хизматлар Тақчилликлиги халқ истеъмол моллари ва хизматларининг аҳоли талабэҳтиёжларини қондириш учун етишмаслиги, уларни етарли даражада ишлаб чиқармаслик оқибатида юзага келади. Товар тақчиллиги иқтисодиётнинг беқарорлиги, ундаги мутаносибликнинг бузилиши, такрор ишлаб чиқариш. нинг издан чиқиши оқибатидир. Уни бартараф этиш учун товар ишлаб чиқариш., товар импорти бозор талабига қараб кўпайтирилади.
Бюджет харажатлари даромаддан ортиб кетса бюджет такчиллиги юзага келади. Бундай Тақчиллик макроиқтисодиёт даражасида инфляция жараёнининг ривожланиб бораётганини, давлат молиясининг инқироз ҳолатида эканлигини кўрсатади. Давлат бюджетида Тақчиллик бюджетнинг даромад қисмида 20%гача ёки ялпи миллий маҳсулотнинг 7—8% гача бўлишига йўл қўйилади.
19. Investitsiya va tashki savdo

  • Tashqi savdo deganda mamlakatlar o'rtasida tovarlar va xizmatlarni sotib olish va sotish tushuniladi.




  • Chet el investitsiyalari - bu xorijiy jismoniy yoki yuridik shaxslardan aktsiyalar va ko'chmas mulk kabi aktivlarni sotib olish.

Tashqi savdo deganda mamlakatlar o'rtasida tovar va xizmatlar almashinuvi tushuniladi. Bu import, eksport va savdo balansini o'z ichiga olishi mumkin. Mamlakatlar turli sabablarga ko'ra tashqi savdo bilan shug'ullanishi mumkin, masalan, ichki bozorda mavjud bo'lmagan tovarlar yoki resurslardan foydalanish, o'z iqtisodiyotlarini diversifikatsiya qilish yoki mehnat yoki ishlab chiqarish xarajatlaridagi farqlardan foydalanish. Jahon Savdo Tashkiloti (JST) xalqaro savdo qoidalarini belgilaydi va ko'plab mamlakatlar ham o'zlarining savdo shartnomalari va tariflariga ega.
Chet el investitsiyalari - bu bir mamlakatdan ikkinchisiga kapital qo'yilma. Bu to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar shaklida bo'lishi mumkin, bunda kompaniya yoki jismoniy shaxs boshqa mamlakatda biznes ochadi yoki aktivlarni sotib oladi yoki investor asosiy aktivlarni faol boshqarmasdan xorijiy kompaniyalarning qimmatli qog'ozlarini sotib oladigan portfel investitsiyalari shaklida bo'lishi mumkin. Xorijiy investitsiyalar iqtisodiy o‘sish, yangi ish o‘rinlari yaratish va yangi bozorlarga chiqish kabi foyda keltirishi mumkin, biroq u strategik tarmoqlar ustidan ichki nazoratni yo‘qotish va mahalliy kompaniyalar uchun raqobatning kuchayishi kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.


20. manfaatlar va harajatlarni o`lchash uuslublari
Loyihadan olinadigan manfaat (foyda)ni doim ham to’liq miqdoriy baholash mumkin emas. Masalan, loyiha natijasida yo’l harakati xavfsizligi yoki tibbiyot xizmati yaxshilanishitufayli aholi sog’lig’i yaxshilanishini baholash juda qiyii. Lgar loyiha umumiy foydalanish uchun qulaylik yaratsa (toza-lash inshootlari, jamoat markazlari), olinadigan manfaatni alohida iste‘molchining tulashga tayyorligi to’g’risidagi ma‘-lumotga asoslanib baholab bo’lmaydi. Resurslar hududiy taq- simlanishining yaxshilanishi, mamlakat ichidagi (milliy) in-tegratsiyaning kuchayishi kabi loyihadan olinadigan bir qancha o’lchab bo’lmaydigan manfaatlar mamlakat ichida resurslarni joylashtirishda muhim rol o’ynaydi.
Olinadigan foydani mikdoriy o’lchash mumkin bo’lmagan yoki ularni sifat jihatdan qismangina baholash mumkin bo’l-gan hollarda boshqacha yondashuvlar qo’llaniladi. Bunday yonda-shuvlardan biriga loyiha natijasida uning yaroqliligini ta‘-minlaydigan foyda-manfaatlar minimumini olish ehtimoli-ni tahlil qilish kerak. Ikkinchi yondashuv u yoki bu xizmatni ko’rsatish uchun bajarilishi shart deb hisoblangan, ilgaridan o’rnatilgan fizik yoki kiymat me‘yorlariga asoslanish hisob-lanadi (masalan, yo’lga asfalt yotqizish xarajatlari 1 km.ga X so’mdan ortmasligi kerak, birinchi yordam ko’rsatuvchi punktgacha bo’lgan masofa U km. dan oshmasligi zarur).
O’lchash muammolari tarmoqlar bo’yicha farq qiladi. Ma-salan, ta‘lim, sog’liqni saqlash va umumiy ovqatlanish sohala-rida daromadga asoslangan manfaat mezonlari yaroqsiz bo’lib qoladi, ya‘ni ulardan foydalanib bo’lmaydi.
Bu hollarda yoki eng kam xarajatlar uslubidan yoki tex-nik ko’rinishdagi muammolar uchun (masalan, maktab qurish uchun qulay me‘yorlarni anikdashda) xarajatlar samaradorligi us-lubidan foydalanish mumkin.
Xarajatlar samaradorligi tahlili bir necha muqobil variantlardan qo’yilgan vazifa bajarilishini ta‘minlaydi-gan eng arzon loyihani tanlab olish uchun qo’llaniladi.
Ba‘zi hollarda manfaatlar faqat fizik kurinishda bo’ladi va shu sababli ularni moliyaviy xarajatlar bilan taq-qoslab bo’lmaydi. Bunday hollarda yuqoridagi uslublarni qo’l-lashdan boshqa imkon ham bo’lmaydi.
Xarajatlar samaradorligi tahlili qo’yilgan vazifani hal etishning eng samarali yo’lini tanlash uchun qo’llaniladi. Bu tahlilga loyihaga qilinadigan barcha xarajatlarni tegish-li yashirin baholar asosida kalkulyasiya qilish va ularning keltirilgan qiymatini topish uchun olingan xarajatlar oqimi-ni diskontlash kiradi.

Yüklə 174,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə