1 mamlakatda hukum



Yüklə 174,79 Kb.
səhifə7/13
tarix22.03.2024
ölçüsü174,79 Kb.
#183909
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Loyiha tahlili

30. korxona to`lov qobiliyatini ifodalovchi ko`rsatkichlar
Xo’jalikning o’z joriy aktivlari bilan qisqa muddatli majburiyatlarini qoplay olish quvvati balans Iikvidligi deyiladi. Boshqacha aytganda, balans Iikvidligi qarzlarni tolashga boigan qurbining darajasini ifodalaydi.
Korxonaning joriy aktivlarini qisqa muddatli majburiyatlariga bolish orqali balansning likvidlik darajasi aniqlanadi, ya'ni tolovga qodirlik ko’rsatkichi aniqlanadi. Tolovga qodirlik - majburiyatlarini o’z vaqtida qoplay olish qobiliyatini anglatadi.
Aktivlar Iikvidligi deb, aktivlarning vaqt bo’yicha naqd pul shakliga aylanishiga (o’tishiga) aytiladi. Aktivlarning naqd pulga aylanishi uchun ketadigan vaqt ularning tezligini ifodalaydi.
Aktivlarning har bir turi pul shaklini olganiga qadar o’tgan vaqt qancha kam bolsa, uning Iikvidligi shuncha yuqori boladi.
Balans bo’yicha to’lov qobiliyatini tahlil etishga kirishishdan oldin balans aktivi va passividagi moddalarni maxsus belgilari bo’yicha guruhlash maqsadga muvofiq boladi. Balansning aktividagi xo’jalik m ablagiari ‘likvidlik darajasi (ya’ni pulga aylanish tezligi)’ bo’yicha va balansning passividagi xo’jalik mablag’larining manbalari ‘tolov muddatlari darajasi’ bo’yicha maxsus guruhlarga bolinadi.
Balans aktivlarini pulga aylanish tezligi bo'yicha 4 ta guruhga bo'lib, tahlil etiladi.


31. korxonaning rentabelligini ifodalovchi ko`rsatkichlar.
Rentabellik (nem. rentabel — daromadli, foydali) — korxona yoki tadbirkorlikning daromaddorligi, samaradorligi; mikroiqtisodiy miqyosdagi iqtisodiy faoliyatning samaradorligi. R. korxona yoki tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy natijalarini baholashda qoʻllaniladigan asosiy koʻrsatkich. R. foyda olib ishlashning qiyosiy, yaʼni sarf-xarajatlarga nisbatan aniqlanadigan koʻrsatkichi boʻlib foizlarda ifodalanadi. Uzoq muddatli va joriy xarajatlar (mashinauskuna, binolar, inshootlar, xom ashyo, yoqilgʻi, materiallar, butlovchi qismlar, ish kuchi va boshqa sotib olish) mazmunan har xil boʻlganidan ular qanday natija berganligini bilish uchun R.ning 4 ta asosiy koʻrsatkichlari qoʻllaniladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida iqtisodiy oʻsishning intensiv omillarini kuchaytirish asosida R.ni oshirishga, foydani maksimumlashtirishga zarur shart-sharoitlar yaratiladi. Bozor talab qilgan xaridorgir tovarlarni ishlab chiqarish, i.ch.ni modernizatsiyalash, xom ashyo va materiallar sarfini qisqartirish, resurslarni tejab-tergab ishlatish asosida joriy harajatlarni kamaytirish, mehnat unumdorligini muttasil oshirib borish, kapital tarkibini shakllantirish (aylanma kapital), mehnat motivatsiyasini kuchaytirish (ishchi-xizmatchilar mehnatini ragʻbatlantirish mehnat unumdorligini oshirishga, tejamkorlikni taʼminlashga intilishni paydo etadi) R.ni oʻstirishning asosiy omillaridir. Bu omillarni qoʻllash korxona darajasida boshqarib boriladi. Shu maqsadda R. monitoringga yuritiladi.
Daromadlilik- nisbiy ko'rsatkich iqtisodiy samaradorlik. Korxonaning rentabelligi moddiy, mehnat va pul va boshqa resurslardan foydalanish samaradorligi darajasini har tomonlama aks ettiradi. Daromadlilik koeffitsienti foydaning uni tashkil etuvchi aktivlar yoki oqimlarga nisbati sifatida hisoblanadi.
Umumiy ma'noda mahsulotlarning rentabelligi ushbu mahsulotni ishlab chiqarish va sotish korxonaga foyda keltirishini anglatadi. Zararli ishlab chiqarish - bu foyda keltirmaydigan ishlab chiqarish. Salbiy rentabellik - bu zarar keltiradigan faoliyat. Daromadlilik darajasi nisbiy ko'rsatkichlar - koeffitsientlar yordamida aniqlanadi. Rentabellik ko'rsatkichlarini shartli ravishda ikki guruhga (ikki turga) bo'lish mumkin: va aktivlar rentabelligi.



Yüklə 174,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə