1 mamlakatda hukum



Yüklə 174,79 Kb.
səhifə3/13
tarix22.03.2024
ölçüsü174,79 Kb.
#183909
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Loyiha tahlili

21. Investitsiya loyihasini iqtisodiy tahlil qilishning mohiyati va maqsadi
Texnik tahlil asosiy texnik - iqtisodiy ko’rsatkichlar yordamida 
amalga oshiriladi. Jumladan ishlab chiqarish xarajatlari, mahsulotni sifati, 
mahalliy xom ashyoda mahsulot chiqarish, yangidan ishlab chiqrilgan 
mahsulot va uning eksport salohiyati kabi savollar va ko’rsatkichlar 
o’rganiladi.
Texnik tahlilga quyidagilarni ko’rib chiqish va belgilash kiradi: 
 Texnik va texnologik jihatdan muqobil variantlar. 
 Investitsiya loyihasini joylashtirish o’rni bo’yicha muqobil 
variantlar. 
 Investitsiya loyihasi hajmi. 
 Investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatlari. 
 Xomashyo, ishchi kuchi va boshqa resurslardan foydalanish 
imkoniyatlari va ularning etarliligini. 
 Investitsiya loyihasi mahsuloti uchun bozor sig’imi (hajmi). 
 Ko’zda tutilmagan omillarni hisobga olgan holda loyiha xarajatlari. 


22. Iqtisodiy tahlilning vazifalari. Loyihaning maqsadlarini va tahlil chizmasini aniqlash.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalami boshqarishda iqtisodiy tahlilning roli keskin oshmoqda, chunki, boshqaruv tizimida oldingi ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan voz kechilib, yangi, erkin iqtisodiy mexanizmlar orqali boshqarish tizimi shakllanmoqda. Rejali iqtisodiyotda tahlil asosan reja ko‘rsatkichlarini asoslashga, uning bajarilishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lsa, bozor iqtisodiyotida esa har bir xo‘jalik subyekti, mulk shaklidan qat’iy nazar o‘z faoliyatini yuqoridan berilgan buyruqni bajarishga qaratmasdan, balki, mustaqil ravishda o‘zining iqtisodiy qudratini takomillashtirish maqsadida erkin boshqarishga qaratadi. Bu esa o‘z navbatida iqtisodiy tahlilning rolini yanada oshiradi. Iqtisodiy tahlil orqali har bir subyektda mavjud bo‘lgan ichki va tashqi imkoniyatlar aniqlanadi, ulami amaliyotga safarbar qilish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi.
Daromadlar va xarajatlarning tahlili quyidagi tadbir-larni o‗tkazishdan iborat:



  1. Loyiha maqsadlarini aniqlash va bosh maqsadning iqti-sodiy mazmuni, okibatlarini anglash;

  2. Loyihani baholash chizmasini va bosqichlarini aniqlash;

  3. Loyiha natijalari bo‗yicha talabni prognoz qilish;

  4. Daromad va xarajatlarning iqtisodiy ko‗rsatkichlari-ni hisoblash;

  5. Rentabellshshk ko‗rsatkichlarini baholash;

  6. Ta‘sirchanlik va tavakkal xavfi (qaltislik) daraja-sini tahlil qilish.

Loyiha maqsadlari uni moliyalashtiruvchi tashkilotning operativ vazifalarini aks ettiradi. Masalan, transport soha-si bo‗yicha loyiha maqsadi transport qatnovi samaradorligini ta‘minlash, sanoat loyihasining maqsadi esa ma‘lum turdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‗lishi mumkin.
Mukrbil varianglarni ko‗rib chiqish loyihani tayyorlash va uni ishlab chiqshshshng muhim qismi xdsoblanadi. Texnik, mukrbil variantlar (ya‘ni yokilg‗i uchun yo ko‗mir yoki gazni kullash,
temir yo‗lni uzaytirish yoki yangi avtomobil shossesini qurish)ni bir-biri bilan taqqoslash va eng makbulini tanlab olish kerak. Agar hamma variantlar mikdor va sifat jihatdan bir xil natija bersa, ham invesgatsiya, ham eksgshuatatsiya xarajatlarini xisobga olgavda eng kam xarajat talab etiladigan loyiha tanlanadi.
Iqtisodiy tahlil chizmasi turlicha bo‗lishi mumkin. Bunda loy-iha maqsadlariga salbiy ta‘sir etuvchi hamma narsa xarajatlarga, ijobiy ta‘sir etuvchi hamma narsa daromadlarga kiritiladi.
Loyiha tahlili daromad va xarajatlarni reszfslardan foydalanishning boshqa variantlari bo‗yicha erishilishi mum-kin bo‗lgan daromad va xarajatlar bilan qiyoslaydi. Ko‗pincha loyihasiz va loyiha bilan degan chizma qo‗llaniladi.
Masalan, sement zavodi qurshshshi bo‗yicha loyiha bor bo‗lsa, investorlar boshqa loyihalarga sarmoya ko‗yish imkoniyatidan mahrum bo‗ladi. Ammo sement ishlab chiqarishning ko‗payishi natijasida uning narxi tushib ketishi, xaridorlar uchun se-mentga kamroq pul to‗lash , ayrim xaridorlar uchun esa boshqa qurilish materiallari o‗rniga sement ishlatish imkoniyatini paydo qshgashi mumkin.
Loyiha bilan va loyihasiz vaziyatlarni solishtirish loyi-hani amalga oshirish natijasida olinadigan qo‗shimcha va o‗sgan daromadlarni hisoblashning asosiy uslubidir. Loyihasiz vazi-yatlarni istiqbolga baholashda xarajatlarning taxmin qilina-yotgan o‗suvi yoki daromadlarning pasayishiga nisbatan reaksiyani xdsobga olish kerak. Bu loyihani amalga oshirish yuzaga keltira- digan o‗zgarishlarni to‗liq aks etshrish imkonini beradi.
Loyiha natijalariga talabni tahlil va prognoz qilish kiritiladilgan resufslar va ishlab chiqariladigan mahsulot bozorlarini tahlil qilishni o‗z ichiga oladi hamda talab va taklif o‗rtasidagi nisbatni bilishni, loyihaga taalluqli re-surslar va mahsulotlar marketingi haqida ma‘lumotga ega bo‗- lishni talab etadi.



Yüklə 174,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə