Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Nasoro onani Islomga da'vat qilish haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/234
tarix02.05.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#108007
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

18-bob. Nasoro onani Islomga da'vat qilish haqida
34. Abu Hurayra (r.a.) shunday hikoya qildilar: "Mening nomimni eshitgan har bir kishi, 
hatto yahudiy va nasroniy bo’lsa ham, meni yaxshi ko’rmay qolmaydi. Men onamning 
Islom dinini qabul qilishini istab yurardim, lekin u qabul qilmasdi. Bir kuni unga Islomga 
kirishni taklif qildim. U qabul qilmagach, Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borib: "Yo 
Rasululloh, onam haqida bir duo qilsangiz", deb iltimos qildim. Rasululloh duo qildilar. 
Shundan keyin onam oldiga borsam, u eshikni qulflab olgan edi, meni ko’rishi bilan: 
"O’g’lim! Men Islom dinini qabul qildim", dedi. Men buni Rasululloh (s.a.v.)ga borib 
aytdim va ona-bola ikkalamiz haqimizga duo qiling, deb yana so’raganimda, Rasululloh 
(s.a.v.):"Ey, Alloh, bandang Abu Hurayra va onasining muhabbatini kishilar ko’ngliga 
solgin", deb duo qildilar". 
19-bob. Ota-ona o’lgandan keyin ularga yaxshilik qilish haqida
35. Abu Ubayd (r.a.) hikoya qildilar: "Biz Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida edik, shu vaqtda 
bir kishi: "Yo Rasululloh, ota-onamning hayot vaqtlarida qilgan yaxshiliklarimdan 
tashqari ularning vafotidan keyin yana nima qilsam shu yaxshiligim davom etadi?" - deb 
so’radi. Rasululloh (s.a.v.): "To’rtta narsani qilib yursang, ularga qiladigan yaxshiliging 
davom etavergan bo’ladi. Ularning birlamchisi, ota-onang haqiga duo qilasan va 
gunohlarini kechirmakni Alloh taolodan so’raysan, ikkilamchisi, ularning nasihat va 
shar'iy vasiyatlarini amalga oshirasan, uchlamchi, ularning do’stlarini hurmatlaysan va 
to’rtlamchi qavm-qarindoshlar bilan ular tufayli qaror topgan qarindoshlik aloqalarini 
uzmaysan", dedilar. 
36. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Kishi o’lgandan keyin yana nima uchundir uning nufuzi 
ko’tarilib qoladi. Shunda u taajjublanib: "Ey, Rabbim! Bu darajamning ko’tarilishi 
nimadan hosil bo’ldi?", deb so’radi. Alloh taolo tomonidan: "Ey, bandam, orqangda 
qolgan bola-chaqalaringning men uchun qilgan istig’forlarining natijasidir", deyiladi. 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
9
37. Muhammad ibn Sirin (r.al.) aytdilar: "Kechalarning birida biz Abu Hurayra (r.a.) 
yonlarida bo’ldik.Shunda Abu Hurayra (r.a.) o’zlari: "Ey, Alloh! Abu Hurayraning ham, 
onasining ham gunohlarini kechirgin va ikkimiz uchun istig’for etgan kishilarning ham 
gunohlarini kechirgin", deb duo qildilar. Abu Hurayra (r.a.)ning shu duolariga kirib qolish 
uchun biz o’sha ona-bola (Abu Hurayra bilan onalari) haqiga istig’for etib yuramiz", 
deydi. 
38. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Banda vafot etgandan keyin undan 
uchta narsadan bo’lak amallari uzilib qoladi: sadaqai joriya; odamlarga manfaati tegsin, 
deb yozib qoldirgan ilmiy asarlari va o’zi haqiga duo qilib turadigan solih farzandlar", 
dedilar. 
Sadaqai joriya - yo’q bo’lib ketguncha xalqlar foydasiga xizmat qiladigan (ko’prik, 
masjid, madrasa, yo’l va boshqa binolar, shuningdek, foydasi tegadigan kitoblar kabi) 
narsalardan iborat. 
39. Abdulloh ibn Abbos (r.a.): "Yo Rasululloh! Mening onam hech narsani vasiyat qilmay 
vafot etib ketdi.Endi men onam uchun sadaq-ehson qilsam unga savobi yetadimi?" - deb 
so’radi. Rasululloh (s.a.v.): "Ha, uning uchun sadaqa qilsang, savobi albatta tegadi", 
dedilar. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə