Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Ota-onaning do’stlariga yaxshilik qilish haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/234
tarix02.05.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#108007
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

20-bob. Ota-onaning do’stlariga yaxshilik qilish haqida
40. Abdulloh ibn Dinor (r.a.) aytdilar: "Qaysi bir safarda bir a'robiy Abdulloh ibn Umar 
(r.a.) yonlariga kelib: "Sen falonchining o’g’li emasmisan?" - deb so’radi. Shu 
a'robiyning otasi Hz. Umar ibn Xattob (r.a.) bilan do’st bo’lgan edi. Abdulloh (r.a.) 
a'robiyga: "Ha, otang do’sti Umarning o’g’liman", dedilarda, o’zlarining tevalari ketida 
olib yurgan eshakni va boshlaridan sallani yechib a'robiyga berdilar. Shunda yonidagi 
kishilardan bittasi: "Bu kishi bir a'robiy, unga ikki dirham bersangiz ham kifoya qilardi, 
siz eshakni ham, sallani ham berib yubordingiz", degan edi, Abdulloh (r.a.): Rasululloh 
(s.a.v.): "Otang do’st tutgan kishilarning do’stligini sa?la, ular bilan aloqani uzma! Agar 
aloqani uzsang, Alloh taolo sening nuringni o’chirib qo’yadi, degan edilar, deb javob 
berdilar". 
Ya'ni bu dunyoda topgan savoblaringni yuvib yuborasan, degan ma'noda bo’lsa kerak.
41. Yana Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Otaga 
qilinadigan yaxshiliklarning eng afzali u sevgan kishilar bilan aloqani mustahkamlab, 
ularga xayrixohlik qilishdir", dedilar". 
21-bob. Silai rahm natijasi
42. Sa'd ibn Uboda (r.a.) hikoya qiladilar: "Men Hz. Usmon (r.a.)ning o’g’illari Amr ibn 
Usmon ibn Affon bilan Madina masjidida o’tirgan edim. Shu vaqt Abdulloh ibn Salom 
(r.a.) o’z ukasining o’g’liga suyanib orqasiga qayrildida, Amrga qarab: "Ey, Amr, mayli, 
sen istaganingni qilaver, Muhammad (a.s.)ni chin payg’ambar qilib yuborgan Alloh taolo 
nomi bilan qasamyod etaman-ki, Allohning kitobida (bu so’zni ikki martaba qaytardi): 
"Otangga yaqin bo’lgan kishidan aloqani uzma, agar uzsang, nuring o’chadi", deyilgan


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
10
deb aytdi.Amr ibn Usmon Abdulloh ibn Salomga yaxshi iltifot qilmaganlari uchun bo’lsa 
kerakki, unga kinoya bilan "Istaganingai qilaver", dedilar. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə