Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Sevgi nasliydir, degan hadis haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/234
tarix02.05.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#108007
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

22-bob. Sevgi nasliydir, degan hadis haqida
43. Abu Bakir ibn Xazm (r.a.) bir sahobiydan rivoyat qildilar. U sahobiy Rasululloh 
(s.a.v.)ning:"Do’stlik albatta meros bo’lib (nasldan naslga) o’tadi", degan hadislarini 
rivoyat qilib bersam, senga etarli nasihat qilgan bo’laman", dedilar. 
23-bob. Otani ismi bilan chaqirmaslik haqida
44. Abu Hurayra (r.a.) ikki kishini ko’rib, ulardan bittasiga: "Bu kishi senga kim bo’ladi?" 
- deb so’radilar. U: "Bu - otam bo’ladilar", degan edi, Abu Hurayra (r.a.): "Unday bo’lsa 
otangni ismini aytib chaqirma, yurishda undan ilgari yurma va undan yuqori joyda 
o’tirma", deb nasihat qildilar. 
24-bob. Otani kunya bilan chaqirish haqida
45. Shahr ibn Havshab (r.a.): "Biz Abdulloh ibn Umar (r.a.) bilan safarga chiqqan edik. 
Shunda qaysi bir namoz vaqti bo’lganda o’g’illari Solim Abdulloh Ibn Umarga: "Namoz 
vaqti bo’ldi, ey, Abu Abdurrahmon!" - deb o’z otasini kunyalari bilan chaqirdi, deydilar. 
46. Abdulloh ibn Umar (r.a.) o’z otalari Hz. Umr ibn Xattob (r.a.) to’g’rilarida: "Ammo 
Abu Hafs Umar shunday hukm qilgan edilar", degan edilar. 
Abu Abdurrahmon - Abdulloh ibn Umar (r.a.)ning kunyasi, Abu Hafs - Umar ibn Xattob 
(r.a.)ning kunyasi .
25-bob. Qarindoshlikni uzmaslik haqida
47. Kulayb ibn Manfaa bobosi Kulayb Hanafiy (r.a.)dan rivoyat qildi: U kishi 
Rasulullohdan (s.a.v.): "Yo Rasululloh, men yaxshiligimni kimga qilishim kerak?" - deb 
so’radilar. Rasululloh (s.a.v.): "Onangga, otangga, opa-singillaringga, aka-ukalaringga 
va yaqin bo’lgan kishilaringga. Bu ish zaruriy burch va uzilmasligi kerak bo’lgan 
qarindoshlikdir", dedilar. 
Ya'ni kim silai rahmni uzgan va kim uzmaganligini ochiq bayon qilish uchun Alloh unga til 
beradi va bu til kimlarningdir foydasiga yo zarariga da'voni isbot qiladi. 
1 Hz. Oyisha (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan keltirgan rivoyatlarida ham shu mazmun bor: 
bir kiish keksa yoshli hamrohi bilan Rasululloh (s.a.v.)ning oldilariga keldi. Rasululloh: 
"Ey, falon! Yoningdagi kim?"- deb so’radilar. "Otam", deb javob berdi. "U holda undan 
oldinda yurma! Undan yuqorida o’tirma, uning ismi bilan chaqirma, uni so’kishlariga yo’l 
quyma!" deb nasihat qildilar. Abu Hurayra (r.a.) shoyadki Rasululloh (s.a.v.)ning shu 
gaplarini eshitgan bo’lsalar, suhbatdoshlariga yuqorida keltirilgan nasihatini qildilar.
48. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Qur'oni karimda: "Yaqin qarindoshlaringizni (Alloh 
azobidan) ogohlantiring!" (26:214), degan oyat kelgan vaqtida, Rasululloh (s.a.v.) turib: 
"Ey, Ka'b ibn Luay bolalari, ey, Abdu Manof bolalari, ey, Hoshim bolalari, va ey, 
Abdulmuttallib bolalari! Sizlar o’zingizni do’zax o’tidan qutqaring! Ey, Muhammadning 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
11
qizi Fotima! Sen ham o’zingni jahannam o’tidan qutqaz! Menga e'timod qilma, chunki 
qiyomat kuni tashvishidan men seni qutqazishga qodir emasman. Ammo sizlar bilan 
albatta qarindoshligim bor, uni men sizlardan uzmayman", deb oshkora nido qildilar. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə