Microsoft Word aldangan aysel ziyouz com doc



Yüklə 214,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/65
tarix13.03.2022
ölçüsü214,22 Kb.
#84462
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   65
Aldangan Ayselning tavbasi

Omonatni qidirdik 

 

 

Imomning ayoli bilan uyimizga bordik. Bizni ko’rgan bir qancha qo’shnilarimiz 



to’planishdi. Hammasi bir narsalarni so’rashadi. Ba’zisi u yoq bu yoqdan gap ochadi. 

Ba’zisi nafratlangandek, ba’zilari esa qiziqib so’zlaydi.  

Xojam, meni ogohlantirishdi. Chiroqni o’chirib, uxlashim kerak. Ertaga qiyin kun bo’ladi. 

Yana bir qator tomosha, tahlil va boshqalar. Davom etish umididaman. Hozircha 

ruxsatingiz bilan… 

Yana birgamiz xojam. Yozish davomida dam olganimni, yengil tortganimni, oz bo’lsada 

madad topganimni e’tirof etaman. Garchi shuncha talofat ko’rdim. Chunki natijalar yana 

barbod bo’ldi. Tez tarqalgan kasallik edi bu. O’pka xastaligi qinayotir. Kanser butun 

tanamni azoblayapti. Kundan-kun yashashga ishtiyoqim oshib boryapti. Axir kim ham 

qo’lini o’limga uzatardi? Kasallikmi, qasd qilishmi? Qasd qilishga hojat yo’qligini bilaman. 

Negaki… tuyg’ularimga asir bo’lmayman.  

Kelgan joyimizdan davom etamanQishloqda, qishloq odamlari orasida vayrona, 

tashlandiq, tuproq uyimizdamiz. Hamma ashyolar turibdi. Chang tuproq ichida. Birov 

qo’l tekkizmagan. Devorlari yorilibdi. Bir kishi bunga izoh berdi.  

-Bu uy endi cho’kadi. Hamma ashyolari ko’chirilsaydi. Ashyo deyish to’g’ri bo’lsa… 

Onamning yodgorliklari…Butun dunyosi shu yerda. Har qadami aziz, har zarrasi qadrli. 

Har qarichida ming xotiralar. Oh, onam! Shular bilan baxtiyor edingiz-a…Achinaman 

sizga.  


 

Eng achchiq, chorasiz kunimda mening,  

Bo’ldingiz menga yor onajonginam.  

Qalbimdadir hanuz iliq mehringiz,  

Yana mehr-la quching, oanjonginam.  

Tunda sizni o’yladim, to’ldi ko’zlarim,  

Yig’lashni xohlab, tek turdi ko’zlarim.  

Sizni har joydan izlar ko’zlarim,  

Sizdan ayrildim-a, onajonginam… 

 

Boshqa bir kishi gapga aralashdi:”Biz rahmatli amammngga ko’p aytdik. Bu ashyolar 



qarovsiz qolmasin dedik. Ammo qo’l tekkizmadi. O’lgunicha kelib tozalab turdi, uyga 

qradi, o’lganidan keyin shu holga tushdi, mana… 

Ko’p gaplarni anglolmasdim. Chunki o’y-xayolim onamning xotiralari bilan band edi. 

Ham u qoldirgan ikki omonatda…Ularni qidirardik, qishloq odamalrining bundan xabarlari 

yo’q, edi albatta. Imom afandi, ayoli va men. Birinchi xonada shisha sandiqni ko’rmadik. 

Ikkinchi xonaga kirar kirmas eski yog’och divan yonida oynasi yorilgan bir sandiq 

ko’rdim. Onamdan yodgorlik…Balkikelinliksarposidir. Oynali sandiqni ko’rib, yanada 

kuchli hayajon bosdi meni. Titray boshladim. Imom afandining ayoli qo’limdan tutdi. 




Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul 

 

 



www.ziyouz.com

 kutubxonasi 

26

Joyimda o’tirib qoldim. Yig’layotgan faqat ko’zlarim emasdi, yuragimning har nuqtasi 



yonar, o’rtanar edi. Imom afandi sandiqni ochdi. Ichida ikkita kitob.  

-Bittasi Qur’oni karim, -dedi imom afandi. Juda ham eski ekan. Ikkinchisi “So’zlar”nomli 

kitob. Onam aytgan ikki omonat shularmikin? Katta sovg’a bo’ldi. To’g’risi buni 

kutmagandim. Chunki bunaqa narsalarga beparvo edim. Endi esa…Onamning 

omonati…Ular men uchun naqadar qimmatli … Imom afandi Said Nursiyni ta’riflay ketdi: 

-O’lkamizdan chiqqan mashhur olim, yaxshi murabbiy, -dedi Kitoblari butun dunyoda 

qiziqish uyg’otgan. Yoshlar bu kitoblardan qidirgan narsalarini topishadi.  

Umid qilamanki, men ham topaman. Chunki mening ham qidirgan narsalarim ko’p… 




Yüklə 214,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə