Microsoft Word aldangan aysel ziyouz com doc


Nega bu maktubni sizga yozyapman?



Yüklə 214,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/65
tarix13.03.2022
ölçüsü214,22 Kb.
#84462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Aldangan Ayselning tavbasi

Nega bu maktubni sizga yozyapman?

 

 

Nega bu maktubni boshqa birovga emas, sizga yozyapman? Buni hozir tushuntirib bera 



olmayman. Tabiiyki, jumlalarim ravon emas.  

O’tgan hafta o’lim to’shagida yotib, so’nggi bor insonlarga, jamiyatga nafrat 

yog’dirmoqchi bo’ldim. Mening hamma narsamni tortib olishdi. Hammasining yuziga 

tupuraman. Ichimni yondirgan olovga ozgina bo’lsa ham suv sepaman.  

Kasalxonadan qochdim. Ammo uzoq yura olmadim. Faqat hovlidan ko’chaga chiqdim, 

xolos. Nafratimni, qarg’ishlarimni dilga tugib, u yoq bu yoqqa qaradim. So’ngra bir bufet 

yonida cho’kkaladim. “Ey, insonlar!”, dedim. O’zingizga ehtiyot bo’ling, bu la’natilarga 

aldanmang. Nimangiz bo’lsa oladilar, hech achinmaydilar. “Or-nomus”, degan, “Izzat-

nafs” degan narsalaringiz tugasa, szi ham tamom bo’lasiz. Ortingizda shunday boylik 

qoladiki, uni faqat kafanlikka, hapdoriga, arqon sotib olishga ishlata olasiz”.  

Zulmatga aylangan hayotim bilan o’zimcha vidolashar ekanman, buffet qarshisidagi 

kitob do’koni diqqatimni tortdi. Ikki kitob yonma yon turardi. “O’zini izlagan odam”, 

“O’zimni topdim”. Narxi qimmat bo’lgani uchun sotib ololmasligimni bilganim uchun 

xo’rsindim. Shunday bo’lsada, “O’zimni topdim” kitobini qo’limga oldim. Sotuvchi esa

ahvolimni ko’rib, hech vaqosi yo’q bir daydi ekanimni tushunib, kitobni menga hadya 

etdi. Hayotda ilk marta ta’masiz yaxshilik ko’rdim. Hayron bo’ldim. Bu insonlar ichida 

shundaylari ham bormi? 

Nega bu kitobni oldim? Buni bilmayman. O’lishga qaror qilgan kishi bu kitobni nima 

qiladi? Buni ham bilmayman.  

Kasalxonaga qaytdim. Yana shifokorlardan dashnom ustiga dashnom eshitdim.  

- O’zingga qaramaysan, qo’limizda qolasan, o’lib ketasan… 

- Qayerda o’sha kunlar! Oh, qaniydi o’lsam… 

- Ham narkotikka qarshi davolanyapman, ham ruhiy muolaja olyapman. Ular mendan 

kasalligimni yashirishar, ammo ichgan dorilarimdan bilardim. Taqdir ekan-da. Zero, 

o’lishni istamayman. Og’riq vujudimni uvishtira boshlagach, kitobni qo’limga oldim. 

Shunchaki ko’z yugurtira boshladim. Esiz o’tgan umrim… Holbuki, yaxshi bir inson 

bo’lishim mumkin edi. Afsus umr o’tdi. Kitobda sizga yozilgan bir qancha maktublar bor 

edi. Boshqalarga ham kerakli bir shaxs ekaningiz ma’lum. Sizdan yordam kutuvchilar o’z 

muammolarini tushuntirganlar. Mening kitob o’qishim bunaqa mushohada uchun emas. 

Zero, hech narsani bunday aqlimni to’plab, chuqur fikr qilib o’qiyolmayman.  

- Kitobda men kabi oqqon kasaliga chalingan bir xastaning maktubi diqqatimni tortdi. 

To’g’risi bu hayotda o’qiganim eng jiddiy bir hat edi. U qalbimda ba’zi hissiyotlarni 

uyg’otib, aks-sado berdi. Faqat fikrimda shunchalik zulmat, dilim iztiroblar bilan to’la 

bo’lgani uchun bu tuyg’ular beiz ketgan edi.  

- Farroshga iltimos qildim. Menga qog’oz va qalam keltirdi. Sizga maktub yoza 

boshladim. Balki ibrat uchun kitoblaringizga kiritarsiz, chekkan azoblarimdan dars 

oluvchi yoshlar chiqar… Och bo’rilardan uzoq yurishni o’rganishar. Hech bo’lmaganida 

shuni umid qilaman.  

- Agar bu maktubni bitira olsam va sizga jo’natishga ulgursam, yaxshi bir ish qilgan 

bo’laman. Hayotimni zulmatga aylantirganlarning yuziga so’nggi marta tupurganim va 

so’nggi marotaba ularni qarg’aganim uchun biroz bo’lsada, taskin toparmidim… 



Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul 

 

 




Yüklə 214,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə