Microsoft Word aldangan aysel ziyouz com doc



Yüklə 214,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/65
tarix13.03.2022
ölçüsü214,22 Kb.
#84462
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   65
Aldangan Ayselning tavbasi

www.ziyouz.com

 kutubxonasi 

7

Biroz o’zimizga kelgacha yana maktubga qaytdik: 



Yotoqxonada endi yolg’iz qolgandim. Har kuni yig’lardim. Bu shunday hasratli yig’I ediki, 

go’yo o’zimni tamom qilayotgan edim. Shu sabab ikki marta ko’zlarim shishdi, mikrob 

tushdi. Doktorga ko’rsatishdi. Ammo atrofimdagi kattalar juda mehrsiz, toshbag’ir 

insonlar edi. Har gal yig’laganimda, tasalli berish o’rniga ozor berib to’xtatishga harakat 

qilishardi. O’qituvchilardan faqat bir kishi boshqacha, yaxshi kishi edi. Kelar, men bilan 

qiziqar, muammolarimni tinglar, hikoyalar aytar, kitoblar berardi. Qalbi mehrga to’la 

inson edi. Keyin uni yotoqhonadan uzoqlashtirishdi. Nimagaligini bilmayman. Bu voqea 

ham men uchun quvonarli bo’lmadi albatta. Usmon afandi degan kishi ham bor edi. 

Yahshi inson edi. Bizga har kuni qand-qurs ulashar, bizni “shakarlarim, chechaklarim” 

deya erkalardi. Eng katta azobni esa o’n yoshimda uchinchi sinfga ko’chganimda 

kechirdim.  

Bir kuni meni mudir chaqirtiribdi. Yotoqxonadagi o’quvchilar uni mudir ota deyishardi. 

Mudir otani yoniga bordim. Meni xonasiga taklif qildi. Ilk marotaba bir mehr muruvvat 

ko’rsatishini xohlardim. Ochiq yuz bilan va shirin so’zlar aytib, yonimga keldi. Buning 

sababini bilolmasdim. Avval kamchiliklarimni va muammolarimni so’radi. “Qo’rqma 

qizim, gapir, senga yordam beraman”, dedi. Men ham shu paytdagi muammolarimni 

aytdim.  

“Bo’pti, bularning hammasi bo’ladi, -dedi. Sen kuchli, jasur va irodali qizsan, - deya 

davom etdi. Senga juda ishonaman. Sening keljaging porloq. Sen har qanday 

qiyinchilikni yenga olasan. Har qanday qayg’uni yengasan. Nega bunday demoqda? Hech 

narsaga tushunmas edim. Men jasur va irodali qiz emasdim, axir… 

Nihoyat, qayg’u to’la hayotimni zulmatga aylantirgan, umidlarimni so’ndirgan, o’n 

yoshimda o’limga hukm etgan “bomba” portladi.  

 


Yüklə 214,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə