Microsoft Word aldangan aysel ziyouz com doc


Yetimxonada o’tgan qayg’uli kunlarim…



Yüklə 214,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/65
tarix13.03.2022
ölçüsü214,22 Kb.
#84462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   65
Aldangan Ayselning tavbasi

Yetimxonada o’tgan qayg’uli kunlarim…

 

 

Yana qaytaman o’sha bolalik yillarimga. Lekin oson emas. Chunki aytadigan



yozadiganim shu qadar ko’pki, qo’nimsiz, beqarorligim shundan. Sizga tartibli bir 

maktub yozolmayamn deb aytdimku. Shu sabab bu maktub emas, bir safsata 

bo’lar…Gap va hayollar xirmonidir balki… 

Yana ham qat’iyatliman… 

Hasta dadam yo’qchilikka bardosh berolmaganidan meni bir yoshimda, akamni esa ikki 

yoshida bolalar uyiga berdi. Biz aqlimizni taniganimizda atrofimizda bir guruh bolalar 

bilan oqshomgacha g’alva qilar, yuz tirnab soch yulishardik. Ayol tarbiyachilarning 

muloyim yuzi, tabassum qilgan chehrasi, mehr to’la ko’zlarini hech qachon his 

qilmaganman. Doimo ustimda musht, kufr va ozorli so’zlar…”Yo’qolasan, harom o’lasan, 

inshaalloh” kabi duoyibadlar.  

O’grilikni ilk bora o’sha yerda o’rgandik. O’g’irlaganim ham bir chaqaloq edi. Shuning 

uchun ham o’rtog’imdan ham tarbiyachimdan kaltak yegandim. Ammo hadeb kaltak 

yeyaversangiz, ta’siri sezilmay qolarkan. Jonni og’ritish tarbiya bermaydi. Bu juda hato 

usul.  


O’qituvchilikdan, tarbiyachilikdan xabarim yo’q, ammo bu yo’l yanglish edi. Chunki 

kaltak yegach, yana o’g’irlik qilaverardim. Yomon so’z eshitgach, yana ham ko’proq 

yaramasliklar qilardim. Buning eng katta sababi esa meni tarbiyalagan kattalarning 

mehrsiz munosabatlari edi.  

Endi o’ylasam, bu kabi joylarda ishlaydigan ayollar ham mutlaqo ona bo’lishmagan, 

ularda sevgi va achinish hissi sust bo’larkan. Oddiy, insofsiz va mehrsiz ayollar 

tarbiyalayamn deb juda ko’p bolalarni buzib, zararli yo’lga solib qo’yadilar.  

Nima bo’lganida ham hozir falsafa qilmoqchi emasman. Yana ortga qaytib, yaxshi bir 

ta’lim olishga hech hushim yo’q. Nima qilishsa qilishsin. Natija men kabi bo’lganidan 



Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul 

 

 



www.ziyouz.com

 kutubxonasi 

6

keyin….  



Yoshim oltiga to’lganida akam bilab bir-birimizni yaxshigina qo’llay boshladik. Dadam 

avvaliga tez-tez kelib turardi, keyin esa yo’qlashni kamytirdi. Ishim ko’p, kelolmayman, 

der edi u. Aslida og’ir kasal ekanlar. Bizga lavlagi va mayiz olib kelardi. Kam-kam harid 

puli berardi. Ammo bu pullarning hech foydasini ko’rmasdik. Nima qilsak qilardik doimo 

o’g’irlatardik. Biz ham o’g’irlardik, albatta.  

Mendan bir yosh katta akam juda mehribon edi. Juda tez yig’lardi. Voqealarning farqiga 

borgach ko’zlari yana ham so’lginlashgandi. Men unaqa emasdim. Biroz qattiq fe’lli, biroz 

loqayd. Ba’zan ovqatlanishda bizga meva berishardi. Akam uni yemas, menga 

keltirardi:”Men o’g’il bolaman, har joydan topaman. Sen qiz bolas an birovdan 

so’rolmaysan”. Oh, akajonim! Sen qanchalar mehribon aqlli eing-a! 

Meni kechiring bu sahnani yozolmayman. Qachonki yodimga akam tushsa, go’yo 

ichimda bir narsalar qo’porilib ketardi. U mening hayotimda yagona suyanchig’im, 

yagona do’stim, yagona sirdoshim edi.  

Nima bo’ldi deysizmi? Bardoshim yetsa buni ham tushuntirarman. Men yetti yoshligimda 

boshlang’ich maktabning birinchi sinfiga bordim. Akam kasal edi. Shamollab qolgandi. 

Bir nech kun maktabga borolmadi, yotoqxonada qoldi… 

 


Yüklə 214,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə