Microsoft Word aldangan aysel ziyouz com doc


Yagona sirdoshim – akamni ham yo’qotdim



Yüklə 214,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/65
tarix13.03.2022
ölçüsü214,22 Kb.
#84462
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   65
Aldangan Ayselning tavbasi

Yagona sirdoshim – akamni ham yo’qotdim 

 

 



Oqshom tushganida amktabdan qaytdim. Ne ko’z bilan ko’rayki, hayotimning ildizi 

qo’porilgan, hayotimning iplari uzilgan edi. Umidim so’nib, dunyo zulmatga aylandi. Oh, 

Hayot! Nima ko’rdim sendan? 

Akam kravatdan yiqilib tushgan, boshi temirga urilib o’lgan edi. Yoki boshqacha 

bo’lgandir, menga shunday deyishdi, bilmadim. Bardoshli bo’l. Bola qalbing bilan qanday 

chidasang, chida. Endi hayotda qaysi kuch, qaysi umid bilan yashaysan? Baxtli bo’l. 

Yolg’iz boshingga qanday uddalay olasan? 

Falakning eng og’ir zarbasi edi bu. Birinchisi biror marta bo’lsa-da ko’rolmaganim onam, 

ikkinchisi esa, jon do’stim, borlig’im, mehribongina, kichik pahlavonim akam…Oh, u tirik 

bo’lsaydi, aminmanki, men bu yerda emas, malikalardek baxtiyor bir oilada bo’lardim. 

Oh, u tirik bo’lsaydi, hech bir yitqich bo’ri yonimga yaqinlasha olmasdi. Oh- u hayot 

bo’lsaydi, meni har kuni kaltaklasaydi, sochimdan sudrab uyga qamab qo’ysa edi…Hech 

qursa, hurmatli odamlar qatorida, hech bir tuyg’usiga qo’l siltamagan, yuzi yorug’, boshi 

tik bir inson bo’larmidim… 

Oh, u yonimda bo’lsaydi… 

Ichimdan bir olov chiqqanini his qilyapman, xojam. Siz qalb yonishini bilasizmi? Bu 

yonish olovdan ham kuchliroq bir qo’rdir. Buni ichi yonganlar biladi.  

Qo’llarim titrayapti shu lahzalarda. Gaplarimni tushunayotgan bo’lsangiz kerak. 

Qalbimning hissiz, kuchsiz urishi yana tezlashdi. Yillar bo’yi yig’lashga ko’nikka ko’zlarim 

yana yosh to’kyapti. Nima ham qilardim, mening qismatim shu. Yig’lash, eng katta 

qurolim. Kuchsizning kuchi ko’zyoshidan boshqa narsa emas. Biroz tin olayin, 

chidolmayapman, xojam…” 

Ha, chidash mumkin emas. Bu yoshdagi bola bardosh qiladigan azob emas bu.  

Qahvalarimizni ham ichishni unutdik. Biz ham ko’zyosh to’ka boshlagan edik. Ayniqsa, 

xotinim hech chiday olmasdi. Alloh hech kimni bunday azoblarga giriftor qilmasin. 

Xotinim qahvani yangilashga turdi. Men ham biroz o’zimga kelish uchun stol yonidan 

uzoqlashdim. Bu qayg’uga chidolmasdim. Vaqti-vaqti bilan yuragim siqilganini his 

qilardim… 




Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul 

 

 




Yüklə 214,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə