Microsoft Word aldangan aysel ziyouz com doc



Yüklə 214,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/65
tarix13.03.2022
ölçüsü214,22 Kb.
#84462
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   65
Aldangan Ayselning tavbasi

www.ziyouz.com

 kutubxonasi 

14

bo’lganini gapirardi. Necha marta o’rtaga chiqib:”Biroz meni ham tinglang, u 



nomussiz…men ham ikki og’iz gapirayin”, demoqchi bo’ldim. Ammo dugonam Amina 

qo’limni qo’yib yubormasdi. Bir telbalik qilishimni bilardi. Uning sharafiga yaxshi so’zlar 

aytildi. Hatto ba’zilar ko’zyosh ham qilib olishdi. Negadir bir kilo muz yutgandek ichim 

muzladi. Amina o’sha kuni meni uylariga olib ketdi. Shu topda dindor oila muhitini 

istamasdim. Ammo majbur bo’ldim. Kulfatli kunlarimning do’sti Aminani hafa qilmoqchi 

emasdim. U ham meni bilgani va o’zi dindor bir qiz bo’lgani uchun meni yolg’iz tashlab 

qo’yolmasdi. Men kabi o’ylaydigan o’rtoqlarim oldida mening unchalik hurmatim yo’q 

edi. Ulardek bir hayot kechirsang nima bo’pti. Buni esa men qilolmasdim. Inson obro’yi 

bilan yashashi kerak. Har doim boshlangan suhbat, yotoqda bitmasdi, buning nomi esa 

ko’ngil bilan ish ko’rish edi. Nomusszilikni ham, hurmatsizlikni ham, dahriylikni ham bir 

nomusi, obro’yi bo’lishi kerak. Sen erkaksan, sen yashay olasan. Senga hech kim 

bo’ydoqligingni ta’na qilmaydi, men esa…Mana shu nuqtada men o’rtoqlarim bilan 

kelisholmasdim.  

Dugonam Amina esa, dindor o’rtoqlari bilan emas, men bilan yurardi. Bilardim, o’z 

ishonchiga ko’ra savobli ishni bajarayotgandi. Meni iymonga qaytarishni istardi. Oh, 

qaniydi qila olsa. Ba’zida buni juda xohlayman. Ammo mening ko’nglim bunday jiddiy 

narsalarni qabul qilmasdi.  

Yana mavzudan uzoqlashdim, hojam, uzr so’rayman.  

Juda charchadim, dam olayin. Davom etishni xohlayman, bir ishkal bo’lmasa, albatta….  

Yana birgamiz hojam. Amina mnei qo’ymay uyida olib qoldi. Chag’dash bilan bo’lgan 

mojaroni hech kimga aytmaganini va aytmasligini tushuntirdi. Shunday qildi ham. 

Haligacha o’sha falokatni hech kim bilmadi, demak, durust qiz, bergan so’zida turdi. 

Boshqa tengdoshlar bilsa bormi, allaqachon tillarda doston bo’lardik. Mana dindorlarning 

qadrli tomonlari. Hech bo’lmasa aytgan so’zlarida turadilar. Biz esa…U yog’ini aytmay 

qo’ya qolay.  

Yana uzoqlashdim shundaymi?Azoblarim meni o’ngu so’lga tortadi. Toygan mavzular 

emas, aqlim. Dunyoyim chigal, hayotim past, balandliklarga to’la. Yurishni bilmagan 

odamdek no’noqman. Nima qilay qo’limda emas… 

Dugonam va dadasi meni qutqarmoqchi.  

Aminaning ota-onasi meni juda yaxshi kutib olishdi. Pokiza bir xonadon. Har tarafdan 

huzurbaxsh. Baqirib-chaqirish, kufr, hiyonat va tuzoqlar yo’q. Bu yerda o’zimning juda 

ishonchli qo’llarda ekanimni his qildim. Onasi meni mehr bilan quchib:”Xush keliding, 

qizim”, deya o’par ekan, onamni esladim. Agar hayot bo’lganlarida edi, u ham mening 

yo’limni poylar, u ham menga ovqatlar tayorlar va meni ostonada qarshilar edi. Uning 

qaynoq quchog’ida yotolmadim. Yonoqlarim mehr to’la dudoqlarini ko’rolmadi. Oh, 

onam! Qaniydi tirik bo’lsangiz…Menga bir martagina “Qizim, bolajonginam” desangiz 

yetardi…. Bu ovozni eshitolmay, qanchalar  

hasratdaligimni bilsangiz edi… 

 

Ona, o’ylamaki, kunlar o’tdi deb,  

O’zgardi avvalgi hissim tobora! 

Sendan umiddaman, sog’indim yana,  

Bugun shfqatingga, muhabbatingga 

Ehtiyoji yo’q, deb o’ylayapsanmi? 

Balki avvalgidan ko’proq muhrojman! 

Ul bokira sevging xotiramdayu 

Har kecha yig’lagan dudoqlarimda.  

Qanday tark etildim, qanday tashlandim! 



Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul 

 

 




Yüklə 214,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə