Microsoft Word aldangan aysel ziyouz com doc



Yüklə 214,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/65
tarix13.03.2022
ölçüsü214,22 Kb.
#84462
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   65
Aldangan Ayselning tavbasi

www.ziyouz.com

 kutubxonasi 

21

narsa demasdi. Oh, onajonim! Siz tirik bo’lsaydingiz. Hurmatingiz uchun ham Qur’on 



ham namoz o’qirdim. Yoq’ligingiz kun sayin bilinmoqda. Bu hasrat boshqacha bir qayg’u. 

Siz qaytolmaysiz, bilaman…Ammo men yoningizga boraman. Ko’pam uzoq kutmaysiz… 

Bu dunoyda eng tinch joy qabrdir. U yerda “och bo’rilar” ortimdan quvlamaydi, izzat-

nafsim, g’ururim bilan o’ynashmaydi.  

Shular hayolimdan o’tarkan, qariya savol berishda davom etardi: 

-Hozir nima qilyapsan, qizim? 

-Litseyni bitirdim. Huquq fakultetiga kirdim.  

-Ya’ni sudya, prokuror bo’lsanmi? 

-Ha. Qariya ajablandi 

-Yo, Alloh! Dunyo kimlarga qoldi-ya! 

Keta boshladi. Ortidan chaqirdim: 

-Amaki! Bir daqiqa.  

To’htadi.  

-Bu qishloqda mening amakim va xotini bo’lardi? 

-U ham ketdi, bu ham ketdi, -deya qo’li bilan bir tarafni ko’rsatdi. U taraf qabriston edi. 

Demak, ular ham vafot etishgan. Demak, bu qishloqda endi hech kimim qolmagan. 

To’g’ri qabristonga yo’l oldim. Jon do’stlarim, qadrdonlarim, hayotim ildizlari u yerda 

yotardi. Mening kelganimni bilishmasdi. Men ularning tuproqlari, ustlaridan unib chiqqan 

o’tlar bilan suhbatlashaman, dardlashaman yo… 

Bu ham yetmaydimi?  

Qabristonga yo’nalganimda, meni bir hayajon, g’arib bir his, yuragimni titratuvchi bir 

tuyg’u qopladi. Go’yo sirli bir dunyoning ajib olamiga kirib borardim. Bir lahza butun 

hayollarim tin oldi. Atrofdagi hamma narsa men bilan birga qabristonga yo’naldi. U 

tomon go’yo bir qo’l meni oldindan tortar, ortimdan esa nimadir itarardi go’yo. Haligacha 

anglolmagan bir tuyg’u bilan ilgariladim. Ko’nglimda, yuragimda yashagan oilam tomon 

yurdim… 


 

Qabriston boshida uch mozor,  

Onam, dadam va akam.  

Bir hovuch tuproq, bir parcha marmar,  

Unda yozilgandir ismingiz, yoshingiz,  

Bosh ustingizda motamsaro sarvlar,  

Hayotingiz qayg’u bilan titradi… 

Sizni ko’mdik ona, bir nech yil oldin.  

Ko’zyoshlar-la bu sassiz yerga.  

Kamsasiz bir oqshom nurlarga badal,  

Motam ulasharkan hasta qalblarga… 

 

-Nima bo’lardi, meni ham olib ketsangiz, -deya yig’lay boshladim. Yolg’iz qoldim. Sizsiz 



qiynalib ketdim. Olib keting, meni…Sizni sog’indim. Sog’inchingiz dilimni o’rtadi. Hayot 

juda mushkul. Yana ham ko’proq gunohlarga botmasimdan olib keting, shu bolangizni, 

onajon, -deya hayqirardim.  

Qancha faryod chekkanimni, qancha yig’lab, ko’nglimni bo’shatganimni eslolmayman. 

Onamning qabri ustiga suyandim. Uning siynasiga uning mehribon quchog’iga bekinib, 

yumoshoq qo’llarini silashni istardim. Ha, o’sha qaynoqlik, o’sha mehrni his qilar, dildan 

tuyar edim.  

 

 




Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul 

 

 




Yüklə 214,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə