Microsoft Word aldangan aysel ziyouz com doc


Bo’limda birinchi bo’ldim



Yüklə 214,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/65
tarix13.03.2022
ölçüsü214,22 Kb.
#84462
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   65
Aldangan Ayselning tavbasi

Bo’limda birinchi bo’ldim 

 

Nihoyat litseyni bitirdim. Bu vaqtda ko’pgina jiddiy muammolarga uchradim. Meni 



yemoqchi bo’lgan “och qashqirlar” bilan jonholatda kurashdim. Ortiq qulay luqma 

bo’lmasligimni tushundilar. Bir qancha inqilobiy guruhlarni ham tark etdim. Aqlim qabul 




Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul 

 

 



www.ziyouz.com

 kutubxonasi 

18

qilmagan narsaga meni ishontira olmaysizlar, dey isyon qildim. Ammo meni osonlikcha 



qo’ldan chiqarishmaydi. Qanday qilib chiqarsinlar, kimsasiz yosh bir iqzni qaysi ahmoq 

qo’ldan chiqarardi. Kurashda davom etardim. Or-nomusli bo’lganim uchun emas, 

o’zligimni va borlig’imni himoya qilish uchun. Maktabni bitirgach, bir to’da 

bekorchilardan bir xabar eshitdim. Men bo’limimizda birinchi bo’libman. Bu ishonib 

bo’lmas hol edi. Menga yordam berganlar sog’ bo’lishsin. Meni chuqurdan olib, 

yuksaklikka olich chiqishdi. Nima ham derdim, qarzdorman. Amina, uning dadasi, 

matematika o’qituvchim va uning ayolidan. Ammo e’tibor bergan bo’lsangiz, menga 

ko’mak berishgan, fikr va qarashlarini men pisand qilmagan odamlar dindor insonlar edi. 

Meni fohishadek ko’rib, hayotimni bulg’aganlar esa binzing revalutsion bolalar. Shunda 

ham ko’nglim ularda. Tuyg’ularim ularda. Ammo aqlim dindorlar to’g’ri ekanini biladi. 

G’arib, ammo haqiqat. Maktab idorasi menga birinchilikni berishni istamagan. “U qiz 

qaysar, nomi fisqu fasodlarga aralashgan. Isyonkor, itoatsiz”, deyishibdi. Ammo yana 

omon bo’lgur matematika o’qituvchim qarshi chiqib, men uchun kurashibdi. “Haq kimniki 

bo’lsa, unga beriladi, haqiqatning o’ng chapi bo’lmaydi”, debdi. Nihoyat, majbur 

bo’lishibdi. Holbuki, mendek “inqilobchi” o’qituvchilar ham ovozlarini chiqarishmabdi. 

O’zlariga zarar bo’ladi, deb meni himoya ilishmagan. Nima ham derdim. Yana omon 

bo’lsinlar. Bu orada yana bir karaxtlik bo’ldi. Ko’p vaqtdan buyon izimdan yurgan Ilker 

hech qo’ymay:”Senga uylanmoqchiman, taklifim o’ta jiddiy”, deb turib oldi. Ortiq birovga 

ishongim yo’q. To’g’risini tushintirdim. “Men hamma narsasini yo’qotgan qizman”, 

dedim. “Keyin o’yinbuzarlik qilma”. Bizning inqilobchi Ilker, bularning hammaisni qabul 

qildi. Hatto oilasi bilan tanishtirishga ham olib bordi. Ota-onasi meni yaxshilab 

surishtirishibdi. Dadasi siyosatchi ekan, ammo meni yoqtrimadi.  

-Menga qara, qizim, -dedi u. Bizlar ilg’or fikrli, sotsial-demorat insonlarmiz. 

Inqilobchiligingga va qarashlaringga e’tirozim yo’q. Ammo bizlar elga tanilgan, hurmatli 

insonlarmiz. Noming ba’zi fisqu fasodlarga aralashgani bu ishning eng katta to’sig’dir. 

Sen baxtingni boshqa joydan qidir. Yig’lab o’zimni tashqariga otdim. Bu hayotni men 

xohlamagndim. Bu voqealarni men rejalashtirmagandim. Bu zolim va xoin insonlardan 

o’zimni himoya qilolmasdim. Buni hech kim tushunmasdi. Hamma menga fohishaga 

qaragandek qarardi. Oh, o’sha inqilobchi do’stlarim endi meni shunaqa deb 

aytishayotgandi hammaga! Shu bilan Ilker mojarosi ham tugadi. Hursand ham bo’ldim 

qaysidir ma’noda. Ortiq menga hech kimni osilishini istamasdim. Mutlaqo omadli 

bo’laman, kuch-qudratim bo’ladi, menga azob berganlarni jahannamga jo’nataman. Bu 

fikr dilimga shunday mustahkam joylashgandiki, bu haqda hatto tushlar ko’rardim. 

O’sha kun ham keldi. Universitet imtihoniga kirayotgan edim. Har doimgidek yana 

Amina yonimda. Meni yolg’iz qoldirmagandi. Imtihondan oldin menga kichkina duo 

kitobchasini berdi.  

-Men bunaqa narsalarga ishonmayman, desam ham qo’ymadi, oldim. Munchoqdek 

bo’ynimga taqib oldim. Shuni aytishim kerakki, bo’ynimga taqqach, o’zgacha bir huzur

yengillik his qildim. Hayajonim bosildi, imtihonni juda yaxshi topshirdim. Har holda ruhiy 

ta’sir bo’ldi. Inson biror narsaga ishonsa buni foydasini ko’radimi yoki bu shunchaki 

gaplarmi, deb o’ylardim.  

 


Yüklə 214,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə