Microsoft Word aldangan aysel ziyouz com doc



Yüklə 214,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/65
tarix13.03.2022
ölçüsü214,22 Kb.
#84462
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   65
Aldangan Ayselning tavbasi

www.ziyouz.com

 kutubxonasi 

9

kerak. Chunki ular o’lgach, hayot tugaydi, insonlar tuproqqa aylanishadi. Insonlar bu 



dunyoda baxtiyor qilish esa, sotsialistik boshqaruv bilangina mumkindir. Agar sotsializm 

kelsa, hamma teng bo’ladi, birov-birovni kamsitmaydi.  

O’qituvchimizning bunday fikrlari juda ta’sirli bo’lardi. Bizlar ham Allohga 

ishonmasligimizdan va sotsialist bo’lganimizdan faxrlanardik. Ammo e’tirofim etishim 

lozimki, o’lganda keyin tuproqqa aylanib ketish mavzusini hozir ham ko’nglimga 

sig’dirolmayman. Ya’ni, ichimda yangidan tirilish ovozlari har doim yuksalaverardi.  

Ikkinchi unutlmas hodisa din darsi o’qituvchimiz bilan bog’liq.  

O’rta maktabning ikkinchi sinfidaman. Din darsi o’qituvchimiz mening ahvolimdan 

xabardor. Menga juda yaxshi munosabatda bo’lardi. Vaqti-vaqti bilan katta-kichik 

ehtiyojlarimni ta’minlar edi. Ayniqsa bayramlarda menga harj puli berardi. Bu payt bu 

o’qituvchimizning harakatlari bilan dinni va Allohni seva boshlagandim. Dinga qiziqishim 

o’sha yillari boshlandi. Ammo voqealarning boshqacha tus olishi bois uzoqqa cho’zilmadi. 

Din o’qituvchimiz doimo yaxshi o’qisam muvaffaqiyatga erishuvim haqida uqtirar edi.  

-Sen baxtli bo’lishing kerak. Senda o’zgarish bor. Yo baxtli bo’lasan, yoki tamom 

bo’lasan. Yolg’iz bir qizga yashash juda qiyin. Bundan tashqari juda kuchli bo’lishing 

kerak. Agar harakat qilsang, eng katta yordamching Alloh bo’ladi. Qayg’urma, bu kunlar 

o’tkinchidir.  

Balki, ishonchi kerakli, mantig’I to’g’ridir. Ammo bu hayot yo’llari shunchalr chigal va 

o’nqir cho’nqirki, o’qituvchim aytgan maqsadlarga erisholmadim. Yana bugun ichimda 

din va ishonchga doir hech bir rag’bat bo’lmasa-da, din darsi o’qituvchimizni hurmat 

bilan hotirlayapman. Bugun kelsa ham, uni huddi shunday hurmat bilan qabul qilar va 

tinglar edim.  

Nimalarni tushuntirayin. Yozilmagan ko’p narsalar bor. “Tuyada quloq bor” deydilarku, 

axir…Ammo dengizdan qatra bo’lsa ham, misollar ko’p narsani anglatadi, deb o’ylayman.  

Charchadim, biroz dam olishim kerak. Vaqt ham allamahal bo’lib qoldi. O’zimga kelsam 

davom etarman. Kelolmasam ish joyida qoladi… 

Biz uchun ham vaqt kech bo’lib qolgan, ammo maktubdan uzulolmasdik. Toshqinlar, 

bo’ronlar ichidagi maktub ikkimizni ham holdan toydirgandi. Xotinimga: 

-Biz ham tonggacha tanaffus qilsak?-dedim.  

-Yo’q!- deya javob berdi. -Tanaffus qilsak ham men uxlolmayman. Maktubni oxirigacha 

o’qiymiz.  

-Hech bo’lmasa, biroz dam olib, o’zimizga kelib olsak.  

Shunday qildik. O’qiganlarimizni tahlil qilib o’tirdik. Aybdorlarni topib, xulosa chiqarishni, 

muassasaga va muassasa rahbarlariga tushgan vazifalarni topishga harakat qildik. Keyin 

maktubni o’qishda davom etdik.  

Xojam, yana bir bor assalamu alaykum. Ikkinchi kun. Soat 10 bo’ldi. Ertalabki 

tekshiruvlar, davolash ishlari tugadi. Soat 13gacha yolg’izman. Ya’ni, maktub yozishni 

13gacha davom ettirishim mumkin. Bugun biroz yaxshiman. Balki kechasi ichimdagilarni 

qog’ozga tushirganim uchun biroz yengil tortgandirman. O’limga ketyapsan, xursand 

bo’lma. Qanday ayanchli, shunday emasmi? Och odamning “ochlik” bilan to’yishi kabi… 

 

 

 



 

 

 



 

 



Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul 

 

 




Yüklə 214,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə