Microsoft Word aldangan aysel ziyouz com doc



Yüklə 214,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/65
tarix13.03.2022
ölçüsü214,22 Kb.
#84462
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   65
Aldangan Ayselning tavbasi

www.ziyouz.com

 kutubxonasi 

10

IKKINCHI BO’LIM 

 

Yolg’izlik qurboni bo’lgan litsey yillarim 

 

 



Hayotning chirkin, azobli va tahlikali tuzoqlari qarshisida yolg’iz boshim bilan 

himoyasizman.  

Yosh qizlik ahyollarim, ba’zi haqiqatlarni ko’rishimga to’siq bo’lardi. Tajribasizligim 

tufayli, yaxshi-yomonni ajratolmasdim.  

Atrofimni o’rab olgan yovuz niyatli kishilarga ko’p suyana olmadim. Hayotning yorug’ 

kunlarini ko’ra olmadim. Zulmat va umidsizlik boshlandi.  

 

“Yirtqich bo’rilar” atrofimni o’rashdi 

 

 



Uzilgan joyidan davom etaman, litsey yillarimni yozaman. Hayotimni barbod qilgan, 

qismatimning sho’rligini aniqlagan joy. Och qashqirlar ilk bora hujum qilgan, qarovsiz 

qizlarga tashlangan, hayotimni zulmatga aylantirgan joy. Qaniydi bu yillar taqdirimda 

bo’lmasa… 

Men ko’p o’ylayman, oils bir qishloqda nochor johil qolsaydim. Eski bir kulba, sigirlar, 

ho’kizlar, qo’ylar, bir etak bolalar va meni ozgina bo’lsa ham tushunadigan ho’jayin. Buni 

hozirgi ahvolimdan, ya’ni, o’qimishli, ammo hammer narsasini yo’qotgan bu hayotimdan 

ming marotaba afzal bilardim.  

Nega bunday imkonsiz ishlarni xayol qilyapamn, bilmayman. Har holda ichki tuyg’ularim, 

pinhona istaklarim vaqti-vaqti bilan shunday uyg’onib qoladi.  

Litsey hayotimga qaytaman. Litsey hayotim…Umuman, yodga olishni istamaganim, 

hayotimning eng dahshatli, eng qayg’uli, eng og’riqli yillaridir. O’zligimni, izzat-nafsimni, 

sha’nimni, pok-bokira olamimni o’sha yillarda bulg’adim. Yana ham to’g’rirog’i, majburan 

bulg’andim. Meni menda ayirgan, meni mendan o’g’irlagan yillarim. Qaniydi bu yillarni 

umuman yashamagan bo’lsam. Yoki bular bir tush bo’lsayu, uyg’ongach o’tib unutilib 

ketsa. Balog’at yoshining qing’ir-qiyshiq yo’llaridaman. Bu davrning bebosh va mantiqsiz 

o’tmasligini bilasiz. Ko’ngil hamma narsani tusaydi. Hamma narsani kerak, deb biladi. 

Yanglish muhabbatlar, go’r va homhayol yoshlar, panada kutib yotgan och qahqirlar… 

Tengdoshlarim o’z ko’ngillaricha yashashardi. Ko’ylaklar, yangi soch turmaklashlar, turli 

xil dezodrantlar…Yosh qizlar husnining o’ziga xos jilvalari… 

Faqat men hammasidan mahrum edim. Bir burchakda, guruhdan tashqarida, do’stlar 

davrasidan uzoqda… 

Kim bilan nimani gaplashaman?Ular bilan bog’liq nuqtalarim yo’qku. Nimadan 

bahslashaman? Onamning qanday jahli chiqqanidanmi? Dadam bergan harj pulidanmi? 

Kecha kelgan mehmonlardanmi? Kecha pishirgan xom kotletdanmi? Yoki mashinada 

qandau shaharni tomosha qilganimdanmi? Nimani suhbatlashaman? 

Ularning orasiga kirolmayman. Ular kabi bo’lolmayman. Ular kabi yashayotganim yo’q. 

Mening bittagina dugonam bor edi. Amina…Dadasi maktab o’qituvchisi. Aqlli, intizomli, 

tartibli qiz. Tahlikani qayerdan kelishini biladi. Oilasida yaxshi tarbiya olgan. Shu sababli 

o’rtoqlari Aminani bu holiga chidayolmaydi:”Sen qaydan bilasan bu ishlarni, o’rgimchak 

miya” deyishadi. Ya’ni Amina dindor oila farzandi edi. Ammo men Aminadan hech bir 

zarar ko’rmadim. Kelajak haqidagi qarashlarida ham also ziddiyat yo’q edi. Amina meni 

ham o’zi kabi qilishga ko’p intildi. Menga kitoblar berdi. Hafa bo’lmasin deb kitoblarni 

oldim, lekin umuman o’qimadim. Bir kuni meni uylariga olib bordi. Onasi juda yaxshi 

kutib oldi. Ovqatlar pishirdi. Ayol o’z aqlicha bizga o’gitlar berdi. Boshqasini uncha 

eslolmayman. Ketayotganimda qo’limga bur tugun tutqazdi. Keyin ochdik. Bir shippak, 




Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul 

 

 



www.ziyouz.com

 kutubxonasi 

11

bir paypoq, sochiq, biroz pul ham bor edi. Juda ta’sirlandim, quvondim. Berilgan hadya 



yoki onasining mehribonchiligidan emas, oilaviy hayotning qaynoqligidan, onaning 

borligidan, yaqin va iliq munosabatlaridan… 

Mana, mening hasratim, sog’inchim…Hayotim va tungi tushlarimni bezagan ham shular 

edi.  


Oh, onaginam!Sizning qanday sog’inganimni bilsangiz edi… 

 

Ko’pdan beri ko’rmadim yuzingizni,  



Meni xarob qilar bu holat, ona! 

Xolimni kelganu ketgandan emas,  

Issiq qo’llaringdan so’rab bil, ona! 

Ona, g’urbatdaman, g’am o’chog’ida,  

Sevgim, yuragimni qo’rida yasha.  

Meni sog’inar bo’lsang, yo quchog’ingda 

Yohud ko’zyoshingda hayol qil, ona! 

Ayriliq qismatim ekan, netarman,  

Faqat Yaratgandan umid etarman,  

Balki shu yerlarda o’lib ketarman,  

Ne bo’lsa ham mendan rozi bo’l, ona! 

 

Liyseyda ortimdan yuruvchilar bor edi. Bularning bir qismini yaxshi tanirdim. Ular men 



bilan ko’ngilxushlik qilishni xohlashardi. E’tibor bermasdim. Men gaplashishni 

xohlaganlar esa, menga e’tibor berishmasdi. Ya’ni, yaxshilari mening qo’limga kirmas, 

yomonlarini esa men xushlamasdim.  

Litseydagi ba’zi bolalar bilan kafelarga borardim. Ularning suhbatlari menga yoqardi. 

Yolg’izlik dardiga bir chora bo’lardi go’yo. Bunday suhbatlar muassasaning ishonchlari 

bilan masxarakash qonuniga isyon qilish, bir intiqom kebi o’tardi. Ichdagi yongan 

alangani qaysidir ma’noda so’ndirardi. Adolat, haqqoniylik, tanglik shiorlari qulog’imga 

yoqar, qonimni ko’pirtirardi. Hammaga inson kabi yashash, hammaga ish, sog’lik va 

tarbiya yaxshi tushunarli edi. Bunga hech kim yo’q deya olmasdi. Bu yerda gunoh, 

jahannam, Alloh va farishta kabi insonlarni qiynaydigan tushunchalar yo’q edi. 

Iymonning ham bo’lmasligi yana ham yaxshi edi. Nima bo’lsa ham muassasaning 

ahamiyat bergani or-nomus, ayol-erkak munosabatlaridagi chegaraga unchalik ahamiyat 

bermasalar-da, asosiy shart edi. Hech bo’lmasa bu yerdagi yoshlar meni odam hisobiga 

qo’shishar, hurmat qilishardi. Ammo ba’zi istaklarida “oldinga” ketishsa ularga qarshi 

chiqsam:”Sen ham o’sha eski paytlarda qolding. Qo’y, o’sha “bokira safsatachilikni”, 

deyishlarini unchalik ham ko’ngilga singdirolmasdim. Singdirsam ham, singdirmasam 

ham o’zimni himoya qilolmaydigan bir muhitda edim. Kim do’st, kim dushmanligi noaniq 

bo’lgan bir uhit. Yomon niyatlilar va yaxshi niyatlilar yoshlik davrining havosi ichida bir-

biriga qorishib ketgandi. Yoki bizning o’lchovlarimiz, tortishuvlarimiz ularni ajratolmasdi.  


Yüklə 214,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə