Microsoft Word aldangan aysel ziyouz com doc


Azroil bilan uchrashuvni kutyapman



Yüklə 214,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/65
tarix13.03.2022
ölçüsü214,22 Kb.
#84462
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   65
Aldangan Ayselning tavbasi

Azroil bilan uchrashuvni kutyapman 

 

 

Ha, men bir yo’lovchiman. Manzilim juda yaqin. Azroil bilan uchrashuv onimni, Huzuri 



Ilohiyga chiqishimni kutib, kun sanay boshladim. Ushbu satrlarni yozarkanman, 

yuragimning so’nggi kuchini sarflayotganimni bilaman. Chunki, endi turolmas, o’tirolmas 

edim. Namozlarimni ham ishora bilan o’qiyapman. Bu endi aniq nihoya edi. Allohning 

ishlariga qarang, Xojam! Qayerdan qayerga…Bu maktubni nima maqsadda 

boshlagandim, oxiri nima bo’ldi? Yo Rabbiy! Senga beadad shukrlar bo’lsin. O’z jonimga 

qasd qilish maqsadida boshlagan mojaroli maktubim meni Rabbim huzuriga keltirdi. 

Senga cheksiz shukrlar… 

Sizdan bir iltimosim bor xojam. Siz yuzlab, minglab shigordlar tarbiyalagansiz. Bular 

ichida to’g’ri yo’lni topgan, iymon haqiqatlariga yetishgan o’quvchilar ko’p “Duzjalik 

Mehmed” kabi shahid bo’lganlari, duosi ijobat bo’lguvchi yana ko’pgina o’quvchilaringiz 

ham bordir. Boshqa ko’pgina tabarruk insonlarni taniysiz. Nima bo’lsa ham mening 

haqqimga duo qiling. Meni ham bir o’quvchingizdek qabul qiling. Modomiki, ustoz 

ekansiz, siz ham men uchun mas’ulsiz. Ustozlar qabrini ziyorat qilganingizda men uchun 

ham fotiha o’qing. Mening ham salom va duolarimni ularga yetkazing. Qur’oni karim 

tilovatidan keyin duo etarkansiz, bu gunohkor shogirdingizni ham ismini zikr qiling. Buni 

juda ham xohlayman. Nima bo’lganida ham unutmang, xojam. Bu maktub mening eng 




Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul 

 

 



www.ziyouz.com

 kutubxonasi 

45

katta hisobchim, eng katta kitobim bo’ldi. Inshaalloh o’qiganlar, eshitganlar meni duo 



qilarlar. Inshaalloh, ular menga la’nat yog’dirishmas….  

Bu maktubni yozishim ham Allohning lutfu karami bilan bo’ldi. Maktub yozish havasi 

meni qayerdan qayerga olib keldi-ya! Ham maktub bitdi, ham o’zim ado bo’ldim. Balki 

bular so’nggi satrlar, so’nggi so’zlarimdir. Tush ko’rganimdan keyin ham bir juma o’tdi. 

Ajalim bitmagan ekanman, tirikman. Muborak Baroat kechasiga ikki kun bor. 

Chorshanba oqshomi gunohlarimga mag’firat so’rab, muboark kechada yana yolvorib, 

ko’zyosh to’kaman. Balki, o’sha kechani kutayotgandirman. Bu maktub sizga yetib 

borsa, men uchun duo etishingizni istayman…Agar yonimda bo’lganingizda edi, 

qo’llaringizdan o’pardim. Ammo mening o’rnimga bu maktubim qo’llaringizni o’par, 

Inshaalloh. Hech bo’lmaganida samimiyatimni shu tarzda qabul eting. Shubhasiz, hali 

Huzuri Ilohiyda Duzjalik Mehmedning sohibini taniyman. Kitoblaringizdan ko’p 

foydalandim. Iymonimni qo’lga kiritishim uchun katta mehnatingiz singdi. Allohdan 

kelganman. Unga ketyapman. Azroilga iymon bilan ruhimni topshirib, Huzuri Ilohiyga 

iymon ila qaytmoqchiman. Bu maktub ham iymonimga shohid bo’lsin. Allohga omonat 

bo’ling, xojam. Inshaalloh, sizga yana ko’p yaxshi iymonli shogirdlar tarbiyalash nasib 

qilsin.  

Hurmat bilan qo’llaringizni o’pib qolaman.  

Gunohkor shogirdingiz Aysel… 

 


Yüklə 214,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə