Microsoft Word aldangan aysel ziyouz com doc


Aysel Baroat kechasida vafot etishini bilardi



Yüklə 214,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/65
tarix13.03.2022
ölçüsü214,22 Kb.
#84462
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Aldangan Ayselning tavbasi

Aysel Baroat kechasida vafot etishini bilardi 

 

 

Abrinur xonim Ayselning so’nggi daqiqalarini gapira boshladi. Xonaga biran jimlik 



cho’kdi. Birinchi jumladayoq Abrinur xonimning tomog’iga nimadir tiqildi. Bir necha 


Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul 

 

 



www.ziyouz.com

 kutubxonasi 

47

marta tomoq qirdi, lekin o’tib ketmadi. Lablari burishdi, ko’zlaridan yosh chiqib ketdi. 



Yonida o’tirgan Amina ham yig’lardi. Aniqki, Ayselning o’limi ibratga to’la edi. Assistant 

Bey suygan qiziga taskin berdi. Bir muddat xonaga jimlik cho’kdi, hamma ichidagi 

jo’shib kelayotgan his-hayajonlarini bosishga harakat qilardi. Keyin Abrinur Xonim 

boshladi: 

-Baroat kechsi edi. O’sha kuni ro’zamizni Amina ikkimiz Ayselning xonasida ochdik. 

Chunki u bizni hech qayoqqa qo’yib yubormasdi. Necha kunlardan buyon Baroat 

kechasini kutayotgandi. O’sha kecha o’lishiga shu qadar ishonardiki, butun tayorgarligini 

ko’rib qo’ygandi. Bir necha kun avval ham shuni gapirardi. Yo Juma kuni yoki Baroat 

kechasida. Deya…Juma kuni o’tgach, “Baroat kechasida umrim tugaydi. Kutayotgan 

mehmonim o’sha kuni keladi”, deya boshladi. Aysel shunday qat’iy iymon keltirgandiki

uning qalbi iymon cho’qqisida edi. Butun vujudi, butun ruhiyati bilan Allohga yo’nalgan, 

Unga bo’yin egib, kechirim so’rardi. Har bir daqiqada ibodat bilan mashg’ul edi. 

O’qiyotgan namozlari xuddi ibratga to’la go’zal sahnalar edi. Ishonamanki, har bir 

namozi Ka’bada o’qilgandek yoki namoz o’qigan xonasi Ka’ba havosi bilan to’lgandek 

edi. Ko’zyoshlari, hayajoni bilan namozlarini ado etardi. Qisqa vaqtda Qur’on o’qishni 

o’rgandi. Har kungi ibodatlari Qur’on, Javshan mutoalasi, suhbatlar uning xonasini 

masjidga, go’yo oxiratga tayorgarlik maktabiga aylantirgandi.  

Aysel juda qobiliyatli edi. Hamma narsani so’rar, biror savolini javobsiz qolishini 

xohlamasdi. 22yillik gunohlarining nadomati bilan edi. Men bunday pushaymonlik, 

bunday samimiy tavba, hayajon va mag’firat orzusini ko’rmaganman. Go’yo u og’ir 

chidab bo’lmas kasalligini unutgan. Qoshlari, sochlarining to’kilishi, tekshiruvlarning 

natijasi uning uchun ahamiyatsiz edi. Aysel faqat iymon bilan jon topshirishni o’ylardi. 

Tanasi va chehrasi so’nggi kunlarda shu qadar nurli bo’lib, go’yo farishtaga o’xshardi. 

Yuziga termulib o’zgacha bir lazzat olardim. “Duzjalik Mehmed” kitobingizni o’qigan kuni 

juda ko’p yig’ladi. “Yo Rab!Menga ham shunday bir so’nggi nafasni nasib et!” deb iltijo 

qilardi. Har kuni tushlar ko’rar, bir necha marotaba onasini, Payg’ambarimizni sav va 

boshqa ustozlarni ham tushida ko’rar, bir qismini bizga ham so’zlab berardi. Ammo bizga 

aytmagan ko’plab muhim tushlari ham bor edi. Bu tushlarni yaxshilikka ta’bir qilib, 

Ayselning ko’zlari sevinchdan porlab ketardi. Payg’ambarimizni sav tushida ko’rgan kuni 

tongdan oqshomgacha ko’zyosh to’kardi. Ayselning bu holiga havas qilardik. Bu qnaday 

buyuk ne’mat edi. Allohim! Go’yo xasta va yordam muhtoj u meas, biz edik. Endi biz 

undan duo qilishini so’ray boshladik. So’nggi kun, ya’ni Baroat kechasida hamma 

tayorgarligini ko’rib tugatgandi. Juda holdan toygan, zo’rg’a gapirardi.  


Yüklə 214,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə