Microsoft Word aldangan aysel ziyouz com doc



Yüklə 214,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/65
tarix13.03.2022
ölçüsü214,22 Kb.
#84462
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Aldangan Ayselning tavbasi

www.ziyouz.com

 kutubxonasi 

48

inson faqat moddadan iborat bo’lsa edi, o’limi yaqinlashgach, ortadigan fiziopatologik 



jarayonlar iztirobi, nafas olish og’irlashuvi kuchayib, inson kuchli og’riqlar girdobida 

qolgan bo’lardi. Ammo hayotda buning teskarisi kuzatiladi. Ysira kutilmagnda bemorning 

ahvoli vaqtincha bo’lsa ham bir oz o’nglanadi. Bu payt inson tanasidagi ruhning so’nggi 

kuchi yuzaga chiqadi. Haqiqatdan ham o’lim go’yo tug’ilishdek bir hodisadir. Bu sirni 

bizga bildirish uchun Alloh o’lim yengillashuvini beradi. Bunday daqiqalrda o’lim 

yengillashuvidan tashqari og’riq sezmaganlarda ham ongli ravishda hushyorlik bo’ladi. 

Uzoq hayot sahifalari bir-bir ochiladi. Yangi bir dunyo eshigi oldida go’ro boqiy 

dunyoning muqaddimasi boshlanadi. Ong eng muhim soz’larni so’nggi nafaslarda arz 

etadi. Agar o’lim insonning nihoyasi bo’lsaydi, buning butunlay teskarisi kuzatilgan 

bo’lardi.  

Halokati yaqin qolgan tana mazmun mohiyatini yo’qotadi. Ruh esa o’lim yengillashuvi 

bilan go’yo yangilangandek bo’ladi. Bu ruhning borligi, o’limning hayot nihoyasi emas, 

bir o’zgarish ekaniga dalildir. Yana ham muhimi, o’lim oldidan insonning haqiqatga

adolatga yaqin bo’lish hikmatidir. O’limi yaqinlashganda ko’p chilik adashganlar yo’lidan 

qaytib, yaqinlariga jiddiy haqiqatlarni gapirishi ko’p uchraydi. Insonning faqatgina 

moddiy mavjudot emasligi juda muhimdir. U ba’zi hodisalarni oldindan sezadi. Bu tuyg’u 

hammada uchraydi. Faqat bu tuyg’uni amalda, moddiy holatda izohlash mumkin emas. 

Chunki dunyoviy voqealar vaqt bilan chegaralangan. Ilohiy voqealarda esa vaqt 

cheksizdir. Folbinlik bilan bashoratni ajrata bilish kerak. Ruhiyatga bag’ishlangan 

kitoblarda zobitlarga oid minglab voqealar bor. Bular orasida samolyot falokatlarini 

oldindan sezganlar, urushlarda o’limi yaqinlashganini bilganlar ko’p bo’lgan. Sog’liqdan 

muammosi bo’lmaganlarning o’lim haqida xabar berish hollari ko’p uchraydi. Janobi Haq 

o’lim yengillashuvi bilan quliga so’nggi imkoniyatni beradi.  

Bularning ko’pi mo’jiza edi. Abrinur xonim Amina xonimni bu izohlarini davom ettirdi.  

Ayselning og’riqlari to’xtab, o’ziga kelgach, bizlarni hayratga slogan o’zgarish ro’y berdi. 

“Suv olib keeling, tahorat olaman”, dedi u. “Mehmonlarim keladi, ularni tahoratli kutib 

olishim kerak”. Tahorat oldi. Ammo biz bilan umuman qiziqmadi. U endi boshqa bir 

olamning vakilidek, nigohi, harakatlari bizga noma’lum narsalarga qaratilgan edi. 

“Qara”, -dedi. “Azon o’qish boshlandi. Bu men uchun o’qilyapti. Menga “tayorlan’, deya 

xabar berishyapti”. Tabiiyki, bzi azonni eshitmasdik. Ammo Aysel dunyoni tark etgan, 

boshqa bir olamda yashay boshlagandi. U ko’p narsalarni ko’rar, eshitar, ammo uning 

ko’rayotganlarini biz ko’rmasdik. O’girildi, tiz cho’kdi, qo’llarini tizzaga qo’yib katta 

ishtiyoq bilan azonning tugashini kutdi. “Azon tugadi”, dedi. “Endi meni olib ketishga 

kelishadi”. O’zining haqqiga duo qila boshladi.  

 


Yüklə 214,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə