Microsoft Word Алламбергенов А. doc


I.BOB. ANORDOSHLAR OILASINING BIOLOGIK TA’RIFI (ilmiy adabiyotlar sharhi)



Yüklə 230,38 Kb.
səhifə3/21
tarix31.03.2022
ölçüsü230,38 Kb.
#84898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
ANORDOSHLAR OILASINING BIOLOGIK

I.BOB. ANORDOSHLAR OILASINING BIOLOGIK TA’RIFI (ilmiy adabiyotlar sharhi)



1.1. Anordoshlar oilasi turlari, ularning botanik ta’rifi


Mamlakatimizda aholini oziq-ovqat mahsulotlari, xususan yangi va sifatli mevalar bilan ta`minlashga katta ahamiyat berilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 20 oktyabrdagi “Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish va ularni ishlab chiqarishni ko’paytirish choralari” Farmonida hamda 2009 yil 26 yanvardagi “Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to’ldirish bo’yicha qo’shimcha choralar to’g’risida”gi Qarorida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko’paytirish, ularning assortimentini kengaytirish va aholini oziq-ovqat bilan ta`minlashni yaxshilash masalalari qarab chiqilgan (Karimov, 2009).

Afsuski, hozirgi to’kinchilik zamonda ham deyarli ko’pchilik davlatlar aholisining 80-90% ining sog’lig’i meyor darajasida emas. Buning asosiy sababi – oziqlanish rejimining va tartibining buzilganligi, ya’ni vitaminlarga bo’lgan ehtiyojning qanoatlantirilmasligi, mineral tuzlarga va biologik aktiv moddalar – hayotiy muhim moddalarning barcha yoshdagi va qatlamdagi odamlarga etishmasligidir. Ayniqsa, keksalarda, bolalarda va homilador ayollarda ko’p uchrydigan kamqonlik kasalligi shular jumlasidandir. Shuning uchun ozuqaviy qiymati boy mahsulotlarni iste’mol qilish muhim ahamiyatga ega. Bunday mevalar qatoriga anor mevasi kiradi.

Qon ko’paytiruvchi har xil preparatlar o’rniga tabiiy, ozuqaviy va shifobaxsh meva bo’lgan ayrim mevalarni iste’mol qilish yaxshi natija beradi.

Anor – dorivor xususiyatlarga ega meva hisoblanadi. Uning mevasining shifobaxshligi qadim zamonlardan beri ma’lum (Shirokov, Polegaev, 2000).


Yüklə 230,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə