Microsoft Word Алламбергенов А. doc


ANOR NAVLARI. Qizil anor –



Yüklə 230,38 Kb.
səhifə5/21
tarix31.03.2022
ölçüsü230,38 Kb.
#84898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
ANORDOSHLAR OILASINING BIOLOGIK

ANOR NAVLARI. Qizil anor – po`sti to`q qizil yoki qizil rangli bo’lgan mahalliy nav. Mevasi o`rtacha yirik. Donasi to`q qizil, yirik, po`sti yupqa bo’lib bu anordan 50 – 55 % sharbat olinadi. Mazasi nordon-shirin, bir tup daraxtchadan 3035 kg hosil olish mumkin. Bu nav O’zbekistonda ko`p tarqalgan.

Qozoqi anor –mevasi yirikroq (300-400 g), kumushrang-sariq rangli. Sharbati to`q qizil, mazasi nordon-shirin. Mevasidan sharbat chiqishi – 40-45%. Oktyabr oyida pishib etiladi, saqlashga chidamli (6-7 oy). Har bir tupi 40 kg gacha hosil berishi mumkin.

Qayim anori–mevasi o`rtacha yirik (200-250 g), po`stlog’ining rangi ko`kishqizil, mevasining ta’mi – nordon-shirin, to`q qizil rangli sharbat beradi. Sentyabroktyabr oylarida pishadi.

Oq dona (tuya tish) –mevasi yassi, yumaloq, yirik bo’lin, o`rtacha 300-350 g keladi, sentyabr oyi oxirlarida pishadi. Donasi yirik, po`sti yupqa va qattiq. Pishgan mevasining po’sti och sariq yoki oqish-qizil bo`ladi. Sharbati och pushti rangli, xushbo`y, shirin, tarkibida 14 % gacha shakar va 0,5 % gacha organic kislotalar bo’ladi.

Achchiq dona–Toshkent, Andijon, Surxondaryo viloyatlarining ayrim tumanlarida ekish uchun standartga kiritilgan. Yassi-yumaloq, yirik - o`rtacha 300400 g keladigan, po`sti qalin mevasi oktyabr oyida pishadi, pishganda meva po’sti rangi tekis qizil tusda bo`ladi. Donasi va sharbatining rangi ham qizil bo’ladi.

Nordon-shirin ta’mli , sharbati tarkibida 15 % shakar, 2,5 % kislotalar bor. Meva 23 oy saqlanishi mumkin.



Bedona –meva po`sti sarg`ish bo`lib, sharbatining rangi och pushti, ta’mi shirin. Sentyabr oyi oxirlarida pishadi. Bu nav anor mevalari tashishga va saqlashga chidamli bo’ladi. Meva tarkibida limon kislotasi ko`p bo`ladi.

Ulfi navi–Kitob tumanida eng ko’p ekiladi, boshqa joylarda kam o’stiriladi. Har bir daraxtchasidan taxminan 20–25 kg hosil olinadi. Mevalari sentyabr oyi oxiri–noyabr oyining boshlarida pishadi, shakli yumaloq, yirik bo’lib, bir dona mevasining o`rtacha og’irligi 250—300 g, sarg’ish-qizg’ish rangli qobig`i o`rtacha qalinlikda. Doni o`rtacha yiriklikda, sharbati och pushti rangli va shirin–nordon ta’mli, tarkibida qand miqdori 14-15%, turli kislota miqdori – 0,5-0,6% bo’ladi.

Bola mursal–Ozarbayjonda eng ko’p ekiladigan navlardan bo`lib, O`zbekistonning janubiy tumanlarida ekish uchun tavsiya qilingan. O’zbekiston sharoitida har bir tupidan o`rtacha 20-25 kg meva hosili olish mumkin. Donasi uzunchoq-yumaloq shaklda, mevasi oktyabrda pishadi. Po`stining rangi to’q qizil rangda bo’lib, qobig’I o`rtacha qalinlikda. Mevasi o`rtacha 200—250 g keladi, ba`zida 600 g ga etishi mumkin. Donasi yoqimli nordon-shirin ta’mli bo’lib, tarkibida 15-16 % shakar va 1,5 -1,6% kislota bor. Donasining va sharbatining rangi malina tusda.

Pushti Gulosha navi ham Ozarbayjondagi eng yaxshi standart navlardan biri bo’lib, O’zbekistonda tumanlashtirilgan. Bizning sharoitimizda har tupidan 20 -25 kg hosil olinadi. Mevasi o`rtacha yiriklikda, vazni 200-250 g (ba`zan 700 g keladi), rangi malina va pushti tusda, yoqimli ta’mli bo’lib, oktyabrda pishadi. Tarkibida 15–16 % qand va 1,2 –1,3 % kislota bor.


Yüklə 230,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə