Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin


 Mahsulotning muvofiqligini saqlash



Yüklə 1,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/100
tarix28.11.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#135423
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   100
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish

6.7. Mahsulotning muvofiqligini saqlash
Tashkilot mahsulotning talablarga muvofiqligini saqlash uchun 
tashkilotning ichida ishlab chiqarish jarayonlari da va tayinlangan 
joyga yetkazib berishda saqlab turishi kerak. Imkoni bo‘lsa, saqlash 
bo‘yicha amallarga identifikatlashtirishni, mahsulot bilan muomala 
qilishni, uni joylab o‘rashni, saqlash va himoyalashni kiritish lozim. 
Ushbu talab mahsulotning tarkibiy qismlariga ham tegishli.
Tashkilot mahsulotni ishlab chiqarish va iste’molchiga yetkazib 
berish vaqtida zararlanishi, holatining yomonlashishi va noto‘g‘ri 
qo‘llanilishining oldini olish maqsadida yuklash - tushirish, o‘rab
122


joylash, saqlash, konservatsiyalash va yetkazib berish jarayonlarini 
belgilashi kerak.
Tashkilot mahsulot muvofiqligini saqlash va uni zararlanishi, 
buzilishi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilishining oldini olish uchun zarur 
resurslarni belgilashi kerak.
Mahsulot muvofiqligini saqlashni ta’minlovchi jarayonlar 
monitoringini amalga oshirish kerak.
6.8 Monitoring va o‘lchashlar uchun qurilmalarni boshqarish
Tashkilot mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini 
tasdiqlash uchun qanday o‘lchashlarni bajarishi, monitoring va 
o‘lchashlar uchun qanday asbob-uskunalar kerakligini aniqlashi 
lozim. Tashkilot o‘lchash va monitoring uchun asbob-uskunalarga 
qo‘yiladigan talablarga muvofiq monitoring va o‘lchashlarni 
bajarish imkoniyatlarini ta’minlovchi jarayonlarni belgilashi darkor.
0 ‘lchashlaming ishonchli natijalarini olish zarur bo‘lgan 
hollarda asbob-uskunalar:
a) kalibrlangan yoki belgilangan davriylik bilan yoki 
ishlatishdan oldin xalqaro yoki milliy etalonlargacha kuzatib 
boriladigan namunaviy etalonlar bo‘yicha kalibrlangan yoki 
qiyoslangan bo‘lishi kerak. Agar bunday etalonlar yo‘q bo‘lsa, 
ishlatilgan qiyoslash bazasi hujjatli rasmiylashtirilgan;
b) sozlangan yoki, zarur bo‘lgan holda, qayta sozlangan;
v) kalibrlash yoki qiyoslash maqomini belgilash maqsadida 
identifikatlashtirilgan bo‘lishi;
g) bundan aw al amalga oshirilgan qiyoslashni nohaqiqiy qilib 
qo‘yishi 
mumkin 
bo‘lgan 
ruxsat 
etilmagan 
sozlashlardan 
himoyalangan bo‘lishi;
d) u bilan munosabatda bo‘lganda, texnikaviy xizmat 
ko‘rsatganda va saqlanganda buzilishlardan va tavsiflarining 
yomonlashishidan himoyalangan bo‘lishi kerak.
Bundan tashqari, asbob-uskunalar talablarga mos kelmasligi 
aniqlangan 
bo‘lsa, 
tashkilot 
bundan 
oldin 
o‘tkazilgan 
o‘lchashlarning ishonchliligini baholash va qayd qilib qo‘yishi 
kerak. Tashkilot bunday nomuvofiqlik aks etgan asbob-uskuna va 
mahsulotga nisbatan muvofiq choralar (amallar), harakatlar ko‘rishi 
kerak.
Kalibrlash yoki qiyoslash natijalari bo‘yicha yozuvlar ishchi 
holatda ushlanishi darkor.
Izoh: Kompyuter dastur vositalarining taxmin qilingan 
qo‘llanilishni qanoatlantirish xususiyatini tasdiqlash odatda ularning
123


vertifikatlanishi va qo‘llash uchun yaroqliligini saqlash uchun 
konfiguratsiyani boshqarishni o‘z ichiga oladi.
Tashkilot mahsulotni tekshirish va jarayonlarni tasdiqlash 
uslublarini belgilashi va joriy qilishi va mahsulotni o‘rnatilgan 
talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan nazorat va 
o‘lchov priborlarini aniqlashi kerak.
Tashkilot quyidagilarni kafolatlashi kerak:
a) o‘lchovlarning to‘g‘ri va obyektiv natijalarini ta’minlash 
zarur bo‘lgan nuqtalarda kalibrlangan va qiyoslangan qurilmalar 
qo‘llanilishi kerak;
b) tashkilot o‘lchov vositalariga texnikaviy xizmat ko‘rsatishni, 
shu jumladan texnikaviy layoqatli xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar 
tomonidan ishlatish hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan 
rostlash va to‘g‘rilashni ta’minlashi kerak;
v) tashkilot o‘lchov vositalarining ruxsat berilgan tizimlari 
bilan o‘lchov vositalarining kalibrlash yoki qiyoslash makomini 
tasdiklashni ta’minlashi kerak;
g) tashkilot vakilining o‘lchov jarayoniga aralashishi mumkin 
bo‘lgan o‘lchov vositasida (massani o‘lchash asboblari va h.k.), 
kerak bo‘lmagan rostlashning oldini olish maqsadida plombalash 
yoki bunday amallardan boshqa himoyani ta’minlash zarur;
d) tashkilot, ishlatish hujjatlari va amaldagi me’yoriy hujjatlar 
talablariga muvofiq o‘lchov vositalarining to‘g ‘ri ishlatilishi, 
tegishli holatda ushlanishi, to‘g‘ri xizmat ko‘rsatilishi, saqlanishi, 
transportda tashilishi tartibi va ular uchun javobgarlikni belgilashi 
kerak [5].

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə