Microsoft Word asosij vositalar hisobi


 Asosiy vositalarning analitik va sintetik hisobi



Yüklə 225,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/21
tarix31.12.2021
ölçüsü225,09 Kb.
#82314
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
asosij vositalar hisobi

                     3.3 Asosiy vositalarning analitik va sintetik hisobi  

Asosiy  vositalarning  turkumlanishi  analitik  ќisobni  yuritish  uchun  asos  qilib  olinadi.  Inventar 

kartochkalari  va  ќisobga  olish  daftari  va  inventarizasiya  ro’yhati  asosiy  vositalarning  analitik 



 

26 


ќisobini  asosiy  registrlari  ќisoblanadi.  Ularning  kanday  shaklda  bo’lishi  asosiy  vositalarning 

turlariga  bog’liq  ba’zi  korhonaldarda  analitik  ќisob  inventar  kartochkalarida  yuritilsa, 

boshqalarda asosiy vositalarni ќisobga olish daftari va inventarizasiya ro’yhatidan foydalaniladi.  

01  "Asosiy  vositalar"  schyoti  mulk  tarikasida  tegishli  bo’lgan  asosiy  vositalar  to’g’risida 

ma’lumotlar berish uchun tayinlangan.  

Ta’sischilar  tomonidan  Nizom  kapitali  uchun  hissa  sifatida  berilgan  asosiy  vositalar  quyidagi 

buhgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi: 

Debet 01 "Asosiy vositalar" 

Kredit 75 "Ta’sischilar bilan hisob kitoblar" 

Asosiy  vositalar  korhonalar  va  jismoniy  shahslardan  bepul  olinganda  va  hukumat  organlaridan 

subsidiya tariqasida berilganda buhgalteriya hisobi schyotlarida quyidagicha aks ettiriladi: 

Debet 01 "Asosiy vositalar" schyoti 

Kredit "Foyda va zararlar" 

Kredit 85/3 "Qo’shilgan kapital" (davlat korhonalarida) 

Asosiy  vositalarning  korhonadan  chiqib  ketishiga  doir  ќisob  jarayonlari  47  "Asosiy  vositalarni 

sotish  va  ularni  boshqa  chiqib  ketishlari"  aktiv  passiv  schyotida  amalga  oshiriladi.  Ushbu 

schyotning  debetida  chiqib  ketayotgan  asosiy  vositalarning  dastlabki  qiymati,  asosiy 

vositalarning  chiqib  ketishi  bilan  bog’liq  harajatlar,  asosiy  vositalarga  tegishli  qo’shimcha 

qiymat  solig’i  aks  ettiriladi.  47  schyotining  krediti  bo’yicha  esa  chiqib  ketayotgan  asosiy 

vositalarga  tegishli  eskirish  miqdori,  asosiy  vositalarni  sotishdan  tushgan  tushum,  asosiy 

vositalar  tugatishdan  olingan  materiallar,  ehtiyot  qismlar  va  boshqalarning  asosiy  vositalarni 

tugatish komissiyasi tomonidan o’rnatilgan baќoda ќisobga olinadi. 

Asosiy vositalar sotilganda ularni sotish baќolari 62 yoki 76 schyotning debeti va 47 schyotning 

kredetida  yoziladi.  Bir  vaqtning  o’zida  asosiy  vositalarning  daslabki  qiymati  01  schyotning 

kreditidan  ќisobdan  o’chirilib  47  schyotning  debetiga  yoziladi.  Eskirish  miqdori  esa  02  schyot 

debeti  va  47  schyot  kredetiga  yoziladi.  Asosiy  vositalarni  sotish  bo’yicha  ќisoblangan 

qo’shimcha  qiymat  solmigiga  47  schyot  debeti  va  68  schyot  kreditlanadi.  Asosiy  vositalarni 

sotish  bilan  bog’liq  bo’lgan  harajatlarga  47  schyot  debetlanadi  va  quyidagi  schyotlar 

kreditlanadi: 10, 12, 23, 70, 69 va boshqalar. 

Asosiy  vositalar  bepul  berilganda  ularning  dastlabki  qiymati  47  schyotning  debeti  va  01 

schyotning kreditida aks ettiriladi. Eskirish miqdori esa 02 schyotning debetida va 47 schyotning 

kredetiga  yoziladi.  Bepul  berilayotgan  asosiy  vositalarni  ortish,  tahlash  va  tushirish  va  boshqa 

harajatlar 47 schyotning  debeti va tegishli schyotning kredetiga  yoziladi. Bepul berilgan asosiy 

vositalarning  chiqib  ketishi  natijasida  aniqlangan  zarar  miqdoriga  87  schyot  debetlanadi  va  47 

schyot  kreditlanadi.  Ayrim  ќollarda  bepul  berilgan  asosiy  vositalarning  korhonadan  chiqib 



 

27 


ketishidan  foyda  olinishi  mumkin.  Bunday  ќollarda  yuqoridagi  buhgalteriya  yozuvi  aksincha 

bo’ladi ya’ni debet 47 va kredit 87 

Boshqa  korhonalarning  Nizom  kapitaliga  hissa  tarikasida  berilgan  asosiy  vositalar 

tomonlarningkelishuviga  muvofiq  belgilangan  qiymatda  06  schyot  debetlanadi  va  47  schyot 

kredetlanadi. 

Asosiy  vositalarning  dastlabki  qiymatiga  47  schyotning  debetlanadi  va  01  schyot  kreditlanadi. 

Berilayotgan  asosiy  vositalarning  eskirish  miqdori  va  02  schyot  debetlanadi  va  47  schyot 

kredetlanadi.  Asosiy  vositalarni  boshqa  korhonalarga  berish  bilan  bog’liq  bo’lgan  qo’shimcha 

harajatlarga 47 schyot debetlanadi va tegishli schyotlar kreditlanadi.(10, 12, 13, 23, 70, 69, 85 va 

h.k.z. 


Hisobot  davri  tugagandan  so’ng  47  schyotning  har  bir  subьekti  bo’yicha  debet  va  kredit 

oborotlarining farqi aniqlanadi. Olingan foyda  ya’ni kredit oboroti debet oborotdan ko’p bo’lsa 

farq miqdori 47 schyotning debet va 80 schyotning kredetiga va aksincha 80 schyotning debet va 

47 schyotning kreditiga yoziladi.  

Bepul  berilgan  asosiy  vositalarning  chiqib  ketishi  natijasida  sodir  bo’lgan  moliyaviy 

natijalarining schetlarda kanday aks ettirilishi yuqorida ko’rib o’tildi.  

Inventarizasiya natijasida aniqlangan ilgari ќisobga olingan asosiy vositalar 01 schyotning debeti 

va  80  schyotning  krediti  bo’yicha  yozib  boriladi  va  ortiqcha  va  kamomadlar  sabalari  va 

aybdorlar aniqlanadi. 

Asosiy vositalarnineg eskirishining ќisobi. 

Asosiy  vositalarning  eskirishi  har  oyda  davlat  tomonidan  to’la  tiklash  uchun  urnatilgan 

amortizasiya me’yorlari asosida aniqlanadi. 

Halq  ho’jaligida  asosiy  fondlar  bo’yicha  amortizasiya  ajratmalarni  ќisoblash  tartibi  ќaqidagi 

Nizomga  muvofiq  amortizasiya  ќisoblash  ob’ekti  bo’lgan  asosiy  vositalar  tarkibi  o’zgargan 

shuningdek amortizasiya ќisoblanadigan asosiy formulalar ro’yhati ichki ho’jalik yo’llari asbob 

uskunalar ,trasnport vositalari, zahirada to’rgan va korhona balansidagi asosiy faoliyatga tegishli 

bo’lgan asosiy vositalar bilan to’ldiriladi. 

1991 yil 1 yanvardan asosiy fondlarga amortizasiya ќisoblash tartibi o’zgargan ya’ni faqat to’la 

tiklash  uchun  amortizasiya  ќisoblanadi.  1992  yil  1  apreldan  boshlab  asosiy  vositalarga  eskirish 

tiklash qiymati bo’yicha ќisoblanmoqda.  

CHet ellardan sotib olingan asosiy vositalarga amortizasiya ќisoblashda shunga o’hshash asosiy 

vositalarga belgilangan normalar asosida amalga oshiriladi. 

Nizomda  ijaraga  olingan  asosiy  vositalar  bo’yicha  amortizasiya  ќisoblashning  har  hil  tartiblari 

ko’zda  tutilgan  bo’lib  u  ijaraning  turlariga  bog’liq.  Agar  ijaraga  topshirilayotgan  ob’ekt  uzoq 

muddatli ijara sharti bilan topshirilsa, bunda asosiy vositalarga amortizasiyani ijarachi ќisoblaydi 

va  maќsulotning  tannarhiga  olib  boriladi.  Agar  ijaraga  berilayotgan  obyuьekt  joriy  ijara  sharti 




 

28 


bilan  berilchsa  unda  asosiy  vositalarga  amortizasiyani  ijaraga  beruvchi  ќisoblaydi  va  uni 

realizasiyadan tashqari jarvayonlar harajatlari tarkibida aks ettiriladi. Ќisoblangan ijara ќaqi esa 

realizasiyadan tashqari daromadlar tarkibida ќisobga olinadi.  

Nizomda  yangi  ќisoblash  tehnikalarini  materiallar,  priborlar  va  asbob  uskunalarning  yangi 

progressiv  tgurlarini  ishlab  chiqaruvchi  va  esportga  chiqarilayotgan  maќsulotlarning  hajmini 

ko’paytirish  uchun  jismonan  va  ma’naviy  jiќatdan  eskirgan  asosiy  vositalarni  birdaniga 

almashtirishni  ko’zda  tutgan  korhonalarga  amortizasiya  ќisoblashning  usulini  qo’llashga  ruhsat 

etilgan. 

Amortizasiya ќisoblashning jadallashtirilgan usulini quyidagilarga ruhsat etilmaydi:  

 



normativ  bo’yicha  foydalanish  muddati  3  yilgacha  bo’lgan  mashinalar,  asbob  uskunalar  va 

transport vositalariga; 

 

aeroflotning  samolyot  -  motor  parkining  normativ  hizmat  muddati  samolyot  va 



vertolyotlarning ish soatlariga miqdoriga bog’liq bo’lgan ayrim asbob uskunalarga; 

 



avtomobil  transportining  har  1000  km  ќaqiqatda  bosib  o’tilgan  yo’li  qarab  foizda 

ќisoblanadigan amortizasiya ajratmasiga; 

 

faqat  belgilangan  sinov  va  ma’lum  maќsulotlarni  cheklangan  miqdorda  ishlab  chiqarishda 



foydalaniladigan  asbob  uskunalar  va  tehnikalarga  jadaolashtirilgan  amortizasiya  ќisoblashda 

amortizasiya  ќisoblashning  teng  usuli  qo’llaniladi  va  amortizasiya  ajratmasining  yillik 

normasi 2 martadan oshmasligi kerak. 

Amaliyotda  oylik  amortizasiya  miqdori  quyidagi  tartibda  aniqlanadi:  o’tgan  oyda  amortizasiya 

miqdoriga o’tgan oyda kelib tushgan asosiy vositalarning oylik amortizasiya miqdori qo’shiladi 

va o’tgan oyda chiqib ketgan asosiy vositalarning amortizasiya miqdori ayirib tashlanadi. 

Asosiy  vositalarning  eskirishini  ќisobga  olish  uchun  02  passiv  schyot  foydalaniladi.  Ushbu 

schyotga ikkita subschyot ochilishi mumkin: 

1. 

 

"O’ziga tegishli asosiy vositalar eskirishi" 



2. 

 

"Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar"  



Birinchi subschyotda o’ziga tegishli asosiy vositalarning eskirishi ќisobga olinsa, 2 subschyotda 

uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalarning eskirishi ќisobga olinadi. 

O’ziga  tegishli  va  uzoq  muddatli  ijaraga  olingan  ishlab  chiqarishga  tegishli  asosiy  vositalar 

bo’yicha  ќisoblangan  amortizasiya  miqdoriga  ishlab  chiqarish  va  muomila  harajatlarni  ќisobga 

oluvchi schyotlar (20, 23, 25, 26 va boshqa schyotlar) debetlanadi va 02 schyot kreditlanadi. 

Joriy  ijaraga  berilgan  asosiy  vositalar  bo’yicha  ќisoblangan  amortizasiya  miqdoriga  80  schyot 

debetlanadi va 02 kreditlanadi.  

Mahsuldor  hayvonlar,  bugular,  kutubhona  fondlari,  yosh  kuchatlar,  umumiy  foydalanishdagi 

avtomobil yo’llari, konservasiyaga berilga asosiy vositalarga amortizasiya ќisoblanmaydi. 



 

29 


Amortizasiya  ќisoblash  muddati  tugagan  asosiy  vositalarga  eskirish  ќisoblanmaydi.  O’ziga 

tegishli  asosiy  vositalar  korhonadan  chiqib  ketganda  02  schyot  debetlanadi  va  47  schyot 

kreditlanadi.  02  schyot  bo’yicha  analitik  ќisob  asosiy  vositalarning  turlari  va  aloќida  inventar 

ob’ektlari bo’yicha yuritiladi.  

Amortizasiya  fondining  jamgarilishini  va  foydalanishini  buhgalteriya  ќisobi  schyotlarida  aks 

ettirilmaydi.  Maќsulot,  ish  va  hizmatlarni  sotishdan  tushgan  tushum  tarkibidagi  amortizasiya 

ajratmasi  ќisoblanish  schyotiga  yoki  korhonaning  boshqa  schyotlariga  o’tkaziladi  va  ushbu 

schyotlardan asosiy vositalarga tegishli kapital ko’yilmalarini moslashtirish jarayonida ќisobdan 

o’chiriladi. 

Asosiy vositalarni ta’mirlash harajatlarining ќisobi. 

Asosiy vositalar ta’mirlvashning murakkabligi hajmi va qiymatini ќisobga olgan ќolda ularning 

kapital va joriy ta’mirlashga bo’lish qabul qilingan. 

Asosiy  vositalarni  ta’mirlash  ho’jalik  usulida  yoki  pudrat  usulida  amalga  oshirilishi  mumkin. 

Barcha  ќollarda  ta’mirlashni  amalga  oshirish  uchun  nuksonlar  qaydnomasi  tuziladi.  Nuqsonlar 

qaydnomasi  bo’yicha  avval  ta’mirlashning  smeta  qiymati  aniqlanadi  va  ta’mirlash  jarayoni 

tugatilgandan  so’ng  esa  uning  ќaqiqiy  qiymati  aniqlanadi  va  smeta  qiymatidan  chetga  chiqish 

aniqlanadi. 

Agar  kapital  ta’mirlash  ho’jalik  usulida  amlag  oshirilsa  nuksolar  qaydnomasiga  asosan  3 

nushada naryad buyurtma tuziladi. Uning 1-nushasi ta’mirlashni amalga oshiruvchi bo’linmaga, 

2-si buhaglteriyaga analitik ќisobni yuritish uchun, 3- nushasi esa bosh injkenerda ta’mirlashning 

borishini  nazorat  qilish  uchun  saqlanadi.  Nuksonlar  qaydnomasiga  va  naryad  buyurtmalariga 

asosan omborlardan material va ehtiyot qismlar olish uchun ќujjatlar yoziladi. 

Ta’mirdash  harajatlarini  to’g’ridan  to’g’ri  maќsulotlar  ish  va  hizmatlarning  tannarhiga  olib 

borish  mumkin  yoki  ularni  kopdash  uchun  olidindan  qilingan  ajratma  ќisobiga  tashkil  qilingan 

ta’mirlash fondidan qoplash mumkin.  

Ta’mirlash  harajatlari  to’g’ridan  to’g’ri  maќsulotlarni  ishlab  chiqarish  harajatlariga  olib 

borilganda ishlab chiqarish harajatlarini ќisobga oluvchi schyotlar debketlanib tegishli schyotlar 

kreditlanadi. Asosiy vositalarni ta’mirlash harajatlari ishlab chiqarish harajatlarini hisoga oluvchi 

schyotlarda tegishli harajat moddalarida aks ettiriladi. 

Ta’mirlash fondini tuzgan korhonalarda ularni ќisobga olish uchun 89 "Kelgusi davr harajatlari 

va rezervlar" schyotiga aloќida "Ta’mirlash fondi" subschyoti ochiladi. 

Ta’mirlash  fondiga  ajratmalar  qilish  ta’mirlashning  barcha  turlari  bo’yicha  rejadagi  smeta 

harajatlariga  asosan  qilinadi.  Ta’mirlash  fondiga  qilingan  ajratmalar  buhgalteriya  ќisobi 

schyotlarida quyidagicha aks ettiriladi.  

Dt 20,  23 va boshqa harajatlarni ќisobga oluvchi schyotlar 

Kt 89   "Ta’mirlash fondi" subschyoti 




 

30 


Ta’mirlash  fondi  tashkil  qilingan  korhonalarda  ta’mirlash  ishlari  ho’jalik  usulida  amalga 

oshirilganda  ta’mirlash  harajatlarini  23  schyotda  ќisobga  olishlari  zarur.  ushbu  schyotning 

debetida  ќaqiqatda  amalga  oshirilgan  ta’mirlash  harajatlari  ќisobga  olinsa,  uning  kredetida  esa 

ta’mirlash  ishlarining  ќaqiqiy  tannarhi  ќisobdan  o’chirilganda  23  schyotning  debetidagi  qoldiq 

tugallanmagan ta’mirlash harajatlarining miqdorini ko’rsatadi. 

Bunda  ta’mirlash  harajatlari  qilinganda  ular  buhgalteriya  ќisobi  schyotlarida  quyidagicha  aks 

ettiriladi. Dt 23 

Kt 70, 69, 89, 10, 12, 23, va boshqalar. 

O’chirilganda Dt 89 Kt 23 

Tugallanmagan  ta’mirlash  harajatlari  buhgalteriya  balansida  "Tugallanmagan  ishlab  chiqarish" 

moddasida ko’rsatiladi. 

Asosiy  vositalarni  ta’mirlash  jarayonida  materiallar  kam  baќoli  va  tez  eskiruvchi  buyumlar, 

ehtiyot qismlar va boshqalar olinishi mumkin. Ularni komissiya a’zolari baќolab kirimga olinadi 

va buhgalteriya schyotlarida quyidagicha aks ettiriladi Dt 10, 12. Kt 23. 

Kapital  ta’mirlash  pudrat  usulida  amalga  oshirilganda  korhona  ta’mirlash  korhonasi  bilan 

shartnoma tuzadi. 

Ta’mirlash tugagandan keyin mahsus komissiya uni qabul qilishni topshirish aktiga asosan qabul 

qilib oladi. 

Tugallanib  topshirilgan  ta’mirlash  ishlarining  qiymati  ta’mirlash  fondi  ќisobidan  koplanadi  va 

buhgalteriya schetlarida quyidagicha aks ettiriladi. Dt 89     Kt 60 

Ta’mirlash harajatlari pudrat usulida amalga oshirilganda ular to’g’ridan-to’g’ri ishlab chiqarish 

harajatlarini ќisobga oluvchi schetlarda aks ettirish mumkin. 

Pudratchi  tashkilotlarning  ta’mirlash  harajatlarini  to’lash  to’g’risidagi  schetlari  51  Ќisoblashish 

scheti  va  boshqa  schetlarda  to’lanishi  mumkin  va  ular  buhgalteriya  ќisobi  schetlarida 

quyidagicha aks ettiriladi. Dt 60   Kt 51. 

Ќisobot  yili  tugagandan  so’ng  asosiy  vositalarning  ta’mirlashning  ќaqiqiy  harajatlari  summada 

ishlab  chiqarish  harajatlarini  ќisobga  oluvchi  schetlarga  yozilishi  zarur.  CHunki  89  schetning 

subscheti  bo’yicha  salьdo  bo’lishi  mumkin  emas.  SHuning  uchun  ќam  "Ta’mirlash  fondi"ning 

summasi  ta’mirlashning  ќaqiqiy  harajatlari  summasiga  korrektirovka  qilinishi  zarur.  Agar 

ta’mirlash  fondi  etarli  bo’lmasa  qo’shimcha  ajratma  qilinishi  mumkin  yoki  ushbu  summa 

to’g’ridan-to’g’ri 23 schetning  kreditida ishlab chiqarish harajatlari ќisobga oluvchi schetlarning 

debeti olib boriladi. 

Noishlab  chiqarishga  tayinlangan  asosiy  vositalar    ta’mirlanganda  ularning  harajatlari 

korhonaning  sof  foydasidan  koplanadi  va  buhgalteriya  ќisobi  schetlarida  quyidagicha  aks 

ettiriladi. Dt 81   Kt 10,70,69,60,76 va boshqalar. 

Ijaraga olingan asosiy vositalar ќisobining o’ziga ќos hususiyatlari. 




 

31 


Ijara  munosabatlari  tuzilishiga  qarab  joriy  va  uzoq  muddatli  ijaraga  bo’linadi.  Joriy  ijarada 

ijaraga  beruvchi  o’z  mulkini  ma’lum  muddatga  ijarachiga  beradi  va  mulk  shartnoma  muddati 

tugagandan  so’ng  ijaraga  beruvchiga  qaytariladi.  Joriy  ijarada  ijaraga  beruvchi  mulk  egaligi 

huquqi va majburiyatlarini saqlab qoladi va ijarachiga faqat mulkdan foydalanish huquqi utadi. 

Uzoq  muddatli  ijarada  ijarachi  ijaraga  olingan  ob’ektni  belgilangan  muddatda  olish  ko’zda 

tutiladi va mulk egasiga joy ijaraga o’tadi. Uzoq muddatli ijarada ijaraga olingan asosiy vositalar 

ijarachini balansida aks ettiriladi.  

Joriy  ijarada  ijaraga  berilgan  asosiy  vositalar  ijaraga  beruvchining  balansida  ќisobga  olinadi. 

Ijaraga berish shartnomaga asosan asosiy vositalarning ijarachiga topshirish amalga oshiriladi va 

qabul qilish topshirish dalolatnomasiga asosan rasmiylashtiriladi. 

Ijara  shartnomasida  ijaraga  berilayotgan  mulkning  takibi,  qiymati  ijara  muddati,  tomonlarning 

majburiyatlari,  ijara  ќaqi  va  boshqa  zarur  bo’lgan  shartlar  ko’rsatilishi  zarur.  ijara  ќaqi  asosiy 

vositalarning  eskirish  miqdori  va  ta’mirlash  harajatlari  va  ma’lum  miqdorda  foydadan  iborat 

bo’ladi.  

Ijaraga  berilgan  asosiy  vositalar  buycha  moliyaviy  natijalar  aniqlanadi  va  kelgusi  davrlarning 

foydasi va daromalida akus ettiriladi. 

Joriy ijarachi joriy ijaraga berilgan asosiy vositalarni ta’msirlash harajatlarni ijaraga beruvchi 80- 

schyot debet va materiallar, ќisob kitob va pul mablag’lari schyotlarining kredetida aks ettiriladi. 

Ijaraga  berilgan  asosiy  vositalarga  eskirish  ќisoblash  ijarachining  foyda  miqdorini  kamaytiradi 

va quyidagi buhgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi. Dt 80 Kt 02. 

Joriy davr uchun ijara ќaqi ќisoblanganda 76 schyot debetlanadi va 80 schyot kreditlanadi. 

Kelgusi  davrlar  uchun  avans  tarikasida  ќisoblangan  ijara  70  schyot  debeti  va  83  schyotning 

krediti bo’yicha aks ettiriladi. Ijara to’lovlari kelib tushganda 51 va 52 schyotlar debetlanadi va 

76  schyot  kreditlanadi.  Avans  tarikasida  to’langan  ijara  ќaqini  joriy  to’lov  sifatida  qabul 

qilinganda 83 schyot debetlanadi va 84 kredetlanadi. 

Ijarachi  tomonidan  ijaraga  olingan  asosiy  vositalarga  sarflangan  kapital  ko’yilmalar  hajmiga 

ijarachi  olingan  asosiy  vositalar  miqdori  oshiriladi  va  quyidagi  buhgalteriya  yozuvlarida 

ko’rsatiladi.   Dt 01. Kt 08. 

Ijarachi  ijaraga  olingan  asosiy  vositalarni  balansdan  tashqari  001  schyotida  dastlabki  qiymati 

bo’yicha ќisobga olinadi. Ijaraga olingan asosiy vositalarning analitik ќisobi ob’ektlar va ijaraga 

beruvchilar bo’yicha yuritiladi. 

Ijarachi  tomonidan  ijaraga  beruvchiga  ќisoblangan  ijara  ќaqiga  ishlab  chiqarish  va  muomila 

harajatlarini  ќisobga  oluvchi  schyotlar  debetlanadi  va  76  schyot  kreditlanadi.  ijarachi  to’lagan 

ijara ќaqi miqdoriga 76 schyot debetlanadi va 51 schyot kreditlanadi. 

 


Yüklə 225,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə