Microsoft Word Bobojonova Risolat 919923238



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/21
tarix26.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#132204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
mehnat va unga haq tolashning hisobini tashkil etish va yuritish

Ishchilar
tarkibiga moddiy ne’matlarni yaratish, tuzatish, yuklarni ko’chirish, 
yo’lovchilar tashish, moddiy xizmatlar ko’rsatish bilan bevosita band bo’lgan 
xodimlar kiradi. 
Хizmatchilar
tarkibiga rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xodimlar kiradi. 
Rahbarlar
tarkibiga korxona va uning tarkibiy bo’linmalarida rahbarlik lavozimini 
egallab turgan xodimlar (direktor, uning o’rinbosarlari, bosh muhandis, bosh 
iqtisodchi, bosh buxgalter, bosh texnolog) va boshqalar kiradi. 
Mutaxassislar
tarkibiga muhandislar, iqtisodchilar va boshqa iqtisodiy hamda 
muhandislik-texnikaviy ishlar bilan band bo’lgan xodimlar kiradi. 
Boshqa xodimlar toifasiga hujjatlarni tayyorlash, rasmiylashtirish ishlarini olib 
boruvchi, xo’jalikka xizmat qiluvchi boshqa xodimlar (kassirlar, nazoratchilar, 
tabelchilar, ish yurituvchilar va hokazolar) kiradi. 
Buxgalteriya hisobi ishlab chiqarilayotgan mahsulotga xarajatlangan mehnat miqdorini 
va ish haqini to’g’ri aniqlab berish lozim. Har bir sanoat xo’jalik yurituvchi sub’ekt 
faoliyati to’g’ri va normal olib borilishi uchun unda ma’lum kasb va malakaga ega 
bo’lgan kadrlar ishlashi kerak. Xo’jalik yurituvchi sub’ektda ma’lum davr ichida 
ishlayotgan barcha xodimlar xo’jalik yurituvchi sub’ektning shaxsiy tarkibi deb 
yuritiladi. U ikkiga bo’linadi: 
1. ro’yxatdagi shaxsiy tarkib; 2. ro’yxatdan tashqari shaxsiy tarkib.


Xo’jalik yurituvchi sub’ekt shaxsiy tarkibining asosiy qismini ro’yxatdagi shaxsiy 
tarkib tashkil qilib, unga doimiy va vaqtinchalik ishga besh yildan kam bo’lmagan davrga
qabul qilingan va mehnat daftarchalari ochiladigan xodimlar hamda xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt asosiy faoliyati bo’yicha bir yildan kam bo’lmagan muddatga 
vaqtinchalik ishga qabul qilingan va mehnat daftarchalari ochilmaydigan xodimlar kiradi. 
Ro’yxatdan tashqari shaxsiy tarkib xodimlari xo’jalik yurituvchi sub’ektga, odatda, 
uning asosiy faoliyati bilan bog’lik bo’lmagan vaqtinchalik, mavsumli ishlarni 
va topshiriqlarni bajarish uchun taklif qilingan bo’lib, ular ushbu xo’jalik yurituvchi 
sub’ekt shtatiga kirmaydi va ularga kadrlar bo’limida mehnat daftarchasi 
yuritilmaydi. Ba’zi paytlarda ro’yhatdan tashqari shaxsiy tarkibga tegishli ish haqi 
fondlari hisobidan ro’yhatdagi shaxsiy tarkibga qarashli ishchi va xizmatchilar 
tomonidan bajarilgan ishlarga haq to’lash mumkin. Lekin bunday ishlar ularning 
o’z ish vazifalari bilan bog’liq bo’lmasligi kerak. 
Sanoat ishlab chiqarishida ishlaydigan xodimlarga sanoat mahsulotini ishlab 
chiqarishda bevosita yoki bilvosita qatnashuvchi xodimlar kiradi. Bu xodimlar
quyidagi guruhlardan iborat:
1. asosiy ishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlar; 
2. xizmat qiluvchi va yordamchi ishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlar hamda asosiy
ishlab chiqarish tsexlaridagi asbob-uskunalarni sozlash va tuzatish ishlarini bajaruvchi
ishchilar; 
3. ko’makchi tsexlarda ishlaydigan ishchilar; 
4. xo’jalik yurituvchi sub’ektga qarashli tajribahonalar, ilmiy tekshirish 
muasasalarida ishlaydigan xodimlar; 
5. zavod boshqarmasining xodimlari hamda xo’jalik yurituvchi sub’ekt ishlab 
chiqarish faoliyatiga xizmat qiladigan konstruktorlik byurosi va shu kabilarning 
xodimlari;
6. xo’jalik yurituvchi sub’ektdagi barcha qorovulchilik xodimlari. 
Sanoatga taalluqsiz xodimlarga uy-joy va kommunal xo’jalik xodimlari, ko’makchi 
qishloq xo’jalik yurituvchi sub’ektlari, bolalar bogchasi, o’quv yurtlari va kurslari
tibbiy va madaniy-maishiy muassasalarning xodimlari hamda imorat va inshootni kapital
tuzatish ishlari bilan band bo’lgan xodimlar kiradi. Sanoat ishlab chiqarishida band 
bo’lgan xodimlar xo’jalikda qanday vazifalarni bajarayotganliklariga qarab olti 
guruhga bo’linadi: 
a) ishchilar; 
b) muhandis-texnik xodimlar;
v) xizmatchilar; 
g) kichik xizmatchi xodimlar;
d) o’quvchilar; 
e) qorovul va o’t o’chiruvchi xodimlar. 
1. Ishchilarga mahsulot ishlab chiqarishda bevosita qatnashuvchi va ishlab chiqarishni 
normal olib borishni tashkil qiluvchi shaxslar kiradi. Ishchilar mahsulot ishlab
chiqarishda qatnashishlariga qarab asosiy ishlab chiqaruvchi va yordamchi ishlab 
chiqaruvchi ishchilarga bo’linadi. Asosiy ishlab chiqaruvchi ishchilar deb ushbu xo’jalik 


yurituvchi sub’ektda ishlab chiqarilayotgan mahsulotni yaratishda bevosita qatnashuvchi 
ishchilarga aytiladi. Yordamchi ishlab chiqaruvchi ishchilarga ish joylari uchun ishlab 
chiqarish xizmatlarini bajaruvchi ishchilar, ya’ni mehnat vositalari va ishlab chiqarish
binolarini joriy tartibda tuzatib, tozalab turish, mahsulotni ortish, tushirish bilan band 
bo’lgan ishchilar kiradi. 
2. Muhandis-texnik xodimlarga xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati ustidan 
texnikaviy ishlab chiqarish va iqtisodiy jihatdan rahbarlik qiluvchi xodimlar kiradi. 
3. Xizmatchilarga xo’jalik yurituvchi sub’ektlardagi idora ishlarini va ayrim 
ma’muriy-xo’jalik ishlarini bajaruvchi xodimlar kiradi. 
4. Kichik xizmatchi xodimlarga ishlab chiqarishga taalluqli bo’lmagan binolarni, 
hovlilarni tozalovchi shaxslar, xat tashuvchilar kiradi. 
5. O’quvchilar xo’jalik yurituvchi sub’ekt ishlab chiqarish jarayonini yakka-yakka 
yoki brigada usuli bilan o’rganayotgan shaxslar dir. 
6. Qorovul va o’t o’chiruvchi xodimlarga xarbiylashtirilgan, qurollangan, shaxtyorlik 
va o’t o’chirishda xizmat qiladigan ishchilar kiradi. Sanoat ishlab chiqarishida 
ishlaydigan xodimlar kasblari, malakalari va ish stajlari bo’yicha ham guruxlanadi. 
Kasblari bo’yicha xodimlar tokarlar, frezerchvlar, slesarlar, montyorlar, muxandislar, 
texnologlar, buxgalterlar va hokazolarga- bo’linadi. 
Malaka deb ishlab chiqarishning ayrim uchastkalaridagi har xil ishlarni bajarish
borasidagi bo’limlar va qobiliyatlar yig’indisiga aytiladi. Ishchilarning malakasi 
ularga berilgan razryadlarga qarab belgilanadi. Ularning malakasi oshgan sari 
razryadlari ham oshib boradi. Boshqa xodimlarning malakasi ularning ish stajlariga, 
ma’lumotlariga qarab belgilanadi. Ishchi va xizmatchilarga to’lanadigan ish haqi, ular 
tomonidan xarajatlangan mehnatlarining miqdori va sifatiga qarab, moddiy va maishiy 
ehtiyojlarni qondirish uchun pul shaklida to’lanadigan ijtimoiy mahsulotlarning bir 
qismidir. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə