Microsoft Word Bobojonova Risolat 919923238


II. 2. Mehnatga haq to’lash shakllari, tizimlari, fondi va uning tarkibi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/21
tarix26.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#132204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
mehnat va unga haq tolashning hisobini tashkil etish va yuritish

II. 2. Mehnatga haq to’lash shakllari, tizimlari, fondi va uning tarkibi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatni to’g’ri normalash uni ilmiy tashkil 
etishning asosi bo’lib hisoblanadi. Yaxshi asoslangan normalarsiz korxona faoliyatini 
ilmiy rejalashtirib bo’lmaydi, binobarin, normalarni to’g’ri belgilash korxona 
jamoasidagi har bir xodimning shaxsiy manfaatlarini korxonaning manfaati bilan 
uyg’unlashtiradi, mehnat unumdorligining o’sishiga, ish haqi to’lovining 
yaxshilanishiga olib keladi. 
Mehnatni normalash - amaldagi vaqt normalari, xizmat ko’rsatish normalarini 
o’z ichiga oladi. 
Vaqt normasi 
- bu muayyan ishni bajarish uchun zarur bo’lgan vaqt miqdorini 
belgilaydigan mehnat o’lchovidir. 
Ishlab chiqarish normasi 
- vaqt birligida tayyorlanishi lozim bo’lgan mahsulot 
miqdorini donalar, tonnalar, metrlar va hokazolarda xarakterlaydi. 
Mehnatga haq to’lash uchun tarif tizimidan foydalaniladi. U quyidagilarni o’z ichiga 
oladi: tarif-malaka ma’lumotnomasi, tarif setkalari, tarif stavkasi. 
Тarif tizimi - tarif-malaka ma’lumotnomasi, tarif setkasi va tarif stavkasi kabi 
tushunchalarni o’z ichiga oladi. Korxonada bajariladigan ishlarning ishlab chiqarish


tavsifi tarif-malaka ma’lumotnomasida keltiriladi. Ushbu hujjat ishchilar malakasini 
aniqlash va ularga ma’lum razryad belgilashda asos bo’lib xizmat qiladi
.
Тarif setkasi 
- bu razryadlar va ularga tegishli bo’lgan tarif koeffitsiyentlari ko’rsatiladigan 
hujjatdir. Hamma korxonalarda birinchi razryadning tarif koeffitsiyenti birga teng 
bo’lib, razryad ortishi bilan tarif koeffitsiyenti ham oshib boradi. Tarif setkasi 
mehnatga haq to’lashda malakani hisobga olish, ya’ni har xil malakali ishchilarning 
ish haqlarida bo’lgan tafovutni belgilashda qo’llaniladi. Tarif setkasida razryadlar 
ro’yxati va har bir razryadga tegishli koeffitsient keltirilgan bo’ladi. Tarif
koeffitsienti ma’lum razryadning stavkasi 1- razryadning stavkasidan ortiqligini 
ko’rsatadi. 
1- razryadga 1 ga teng bo’lgan koeffitsient belgilanadi, qolgan razryadlarniki esa
mehnatning malakasiga qarab oshib boradi. Sanoat xo’jalik yurituvchi sub’ektlarida hozir
asosan 6 razryadli tarif setkasi qo’llaniladi. 
Тarif stavkasi - ishchining razryadiga muvofiq unga ma’lum vaqt birligi davomida 
to’lanadigan haq miqdorini aniqlaydi. Odatda, tarif stavkasi birinchi razryad uchun 
belgilanib, qolgan razryadlar uchun esa birinchi razryad tarif stavkasini qolgan 
razryadlar tarif koeffitsiyentlariga ko’paytirish yo’li bilan aniqlanadi. 
Tarif stavkasi deb vaqt birligi (soat, kun, oy) uchun to’lanadigan ish haqiga aytiladi.
Ishchilarning tarif stavkasi ularning malakasi, mehnat sharoiti, haq to’lash shakli hamda
sanoat tarmoqlari bo’yicha markazlashtirilgan ravishda differentsiatsiya qilingan bo’ladi. 
Ishchilarning tarif stavkasi 1- razryadli ishchilar uchun kun yoki soat bilan, qolgan
razryadli ishchilar uchun esa tegishli koeffitsient bilan belgilanadi. Boshqa yuqori
razryaddagi ishchilarning ish haqini aniqlash uchun ularga belgilangan koeffitsientni 1-
razryad ishchisining tarif stavkasiga ko’paytirish kerak. 
Bir xo’jalik yurituvchi sub’ektning ichida ishning og’ir-engilligiga qarab 1- 
razryadli ishchi uchun har xil ish haqi belgilangan bo’lishi mumkin. 
Tarif koeffisientlari 2008 yil 15 noyabrdan boshlab budjetdan moliyalashtiriladigan 
muassasasalar, tashkilotlar va korxonalarning xodimlari mehnatiga haq to`lash 
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 26 oktyabrdagi 218-
sonli Qarori bilan tasdiqlangan YAgona tarif setkasi (YATS)ga asosan amalga 
oshiriladi. U o`z ichiga 22 tarif razryadini oladi va tarif koeffisientlari orqali turli xil 
razryaddagi ish va ishchilar (malaka) o`rtasidagi mehnatga haq to`lash nisbatini 
namoyon etadi.
Mehnatga haq to`lashning yagona tarif SETKASI
Ish 
haqi 
to’lash 
Razryadlari 
Тarif 
koeffitsiyentlari 
Ish 
haqi 
to’lash 
razryadlari 
Тarif 
koeffitsiyentlari 

1,000 
12 
3,581 

1,450 
13 
3,808 

1,595 
14 
4,038 

1,755 
15 
4,271 



1,930 
16 
4,508 

2,115 
17 
4,748 

2,308 
18 
4,991 

2,510 
19 
5,238 

2,716 
20 
5,488 

2,926 
21 
5,741 
10 
3,140 
22 
5,998 
11 
3,358 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar mehnatga haq to’lash shakllari, tizimlari, 
miqdorlarini mustaqil belgilaydilar. Ayni vaqtda korxonalar mehnatga haq 
to’lashning qonun bilan kafolatlangan eng kam miqdorini ta’minlashi lozim. 
Ish haqi mehnat uchun to’lanadigan haqning hamma turlarini, shu jumladan, mablag’ 
bilan ta’minlash manbaidan qat’iy nazar, pul yoki natura shaklida hisoblangan har xil 
mukofotlarni, qo’shimcha haqlarni, ustama haqni va ijtimoiy imtiyozlarni, 
shuningdek, xodimga ishlanmagan vaqt uchun to’lanadigan haqlarni (ta’til haqi, 
bayram kunlari va hokazolar uchun) o’z ichiga oladi. 
Ish haqi o’z tarkibiga ko’ra ikkiga bo’linadi: 
-
asosiy ish haqi; 
-
qo’shimcha ish haqi. 
Asosiy ish haqi
ishchi va xodimlarning ishlagan vaqtlari uchun to’lanadigan haq 
bo’lib, uning tarkibiga quyidagilar kiradi: 
-
tarif stavkalari va maoshlar, ishbay narxlar uchun to’lanadigan haq; 
-
ishchilarning aybi bo’lmagan va bekor turib qolishlar uchun to’lanadigan haq; 
-
tunda ishlaganlik uchun qo’shimcha haq; 
-
akkord usulida to’lanadigan haq; 
-
ish haqi fondidan to’lanadigan mukofotlar; 
-
dam olish kunlari, bayram kunlari, ish vaqtidan tashqari soatlarda ishlaganlik 
uchun odatdagi ish shart-sharoitidan chetga chiqqanlik va boshqalar uchun 
ishchilarga yuqori narxlar bo’yicha to’lanadigan qo’shimcha haq. 
Qo’shimcha ish haqi
xodimlarning ishlamagan vaqtlari uchun to’lanadigan haq 
bo’lib, uning tarkibiga quyidagilar kiradi: 
-
ta’tillarga to’lanadigan asosiy va qo’shimcha haq; 
-
o’smirlarga imtiyozli soatlar uchun to’lanadigan haq; 
-
davlat va jamoat burchlarini bajarganlik uchun to’lanadigan haq; 
-
tekinga beriladigan kvartiralar, kommunal xizmatlar va boshqalar qiymati. 
Hozirgi sharoitda ishchi va xodimlarga to’lanadigan ish haqi shakllari ham rang-
barangdir. Quyidagi jadvalda ish haqi to’lashning shakllari keltirilgan: 
Ish haqi to’lash shakllari 
Ishbay 
Vaqtbay 
Oddiy ishbay 
Ishbay-mukofot 
Oddiy vaqtbay 
Vaqtbay-mukofot 


Ishbay-progressiv 
Bilvosita ishbay 
Akkord 
Mehnatga haq to’lashning ishbay shaklida ish haqi haqiqatda bajarilgan ishga 
amaldagi narxlar asosida ish birligi uchun hisoblanadi. 
Oddiy ishbay
shaklida ishlab chiqarilgan mahsulot sonini ishbay narxiga ko’paytirish 
yo’li bilan ish haqi miqdori aniqlanadi. 
Ishbay-mukofot
shaklida bevosita ishbay narxlar bo’yicha ish haqidan tashqari 
ma’lum ishlab chiqarish yutuqlariga erishilganligi uchun haq oladi. Masalan, ish 
sifatining yaxshiligi, moddiy boyliklar tejalgani va hokazolar. 
Ishbay-progressiv 
shaklida ishchilar mehnatiga belgilangan boshlang’ich me’yor 
doirasida bevosita ishbay narxlar bo’yicha, bu me’yordan ortiqchasiga esa oshirilgan 
narx bo’yicha haq to’lanadi. Ishbay narxlar oshishi har bir holda maxsus shkala 
bo’yicha aniqlanadi. 
Bilvosita ishbay
shakli ishbay narxlari bo’yicha belgilanib, xizmat ko’rsatayotgan 
uchastkadagi o’rtacha ish me’yorining bajarilish foiziga ko’paytirilishi mumkin. 
Akkord
shakli butun ish hajmi uchun ish haqi miqdorini belgilaydi hamda akkord 
topshiriqlarni bajarish muddatlarini qisqartirganlik uchun mukofotlashni o’z ichiga 
oladi. Bunda ishlarning umumiy qiymati vaqt me’yorlari va narx asosida aniqlanadi. 
Ishbay akkord shakli asosan mavsumiy ishlarni hamda ayrim buyurtmalarni 
bajarishda qo’llaniladi. 
Ish haqining vaqtbay shaklida xodimning malakasiga va ishlagan vaqtiga qarab haq 
to’lanadi. 
Oddiy vaqtbay
shaklida xodimlar ishlagan vaqtiga qarab belgilangan maosh asosida 
haq olishadi. 
Vaqtbay-mukofot
shaklida tarif stavkalari bo’yicha ish haqidan tashqari muayyan 
miqdor va sifat ko’rsatkichlariga erishganlik uchun qo’shimcha ravishda mukofot 
to’lanadi. 
Korxona va tashkilotlarda xodimlarga ish haqidan tashqari turli xil pul to’lovlari va 
rag’batlantirish to’lovlari ham beriladi. Ularga quyidagilar kiradi: 
-
yillik ish yakunlari bo’yicha rag’batlantirish; 
-
muhim ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarganlik uchun rag’batlantirish; 
-
korxonalarning o’qishga yuborilgan talabalarga beradigan stipendiyalari; 
-
davolanish uchun beriladigan yo’llanmalar qiymati; 
mehnat jamoasi a’zolariga aksiyalar uchun to’lanadigan dividendlar va boshqalar
.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə