Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/51
tarix08.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#36588
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   51

 
75
O’rmonlarning kesilishi, hayvonlarni ovlash, yangi erlarni o’zlashtirish, konlarni qazish natijasida inson 
tabiatga bevosita tasir ko’rsatadi. 
Insonning tabiatga bilvosita tasiri - bevosita tasirning salbiy oqibatlari sifatida namoyon bo’ladi. 
Masalan: yangi erlarning o’zlashtirilishi ham o’simlik va hayvonlarning qirilishiga olib keladi. Tashlandiq 
erlarni, o’rmonlarni tiklash, ko’kalamzorlashtirish, o’simlik va hayvonlarni ko’paytirish insonning tabiatga 
ijobiy tasiriga kiradi. Har qanday ijobiy tasirning ham salbiy oqibatlari bo’lishi mumkin. 
Jamiyat hayotini yashash vositasi bo’lgan turli tabiiy resurslarsiz tasavvur qilib bulmaydi. 
Tabiiy resurs deganla - insonning hayoti, xo’jalik faoliyati uchun zarur bo’lgan barcha tabiiy jismlar, 
hodisalar, jarayonlar tushiniladi. Resurs degani - frantsuzcha «yashash vositasi» degan manoni beradi. (jadval - 
3). 
Tabiiy resurslar xarakteristikasini bilishi ulardan oqilona foydalanishda muhim               ahamiyatga 
ega. 
Suv va havo sifat jixatdan tugaydigan resurs hisoblanadi. O’simlik va hayvonlarni faqatgina malum 
populyatsiyasi saqlanib qolgan holdagina qayta tiklash mumkin. Er osti qazilmalarining tiklanmasligini 
hisobga olib, ulardan oqilona foydalanish katta ahamiyatga ega. Ularni qayta tiklab bo’lmaydi. Chunki er 
osti boyliklari million yillarda, yani geologik davrlardagina, juda sekin - astalik bilan tiklanadi. Shuning 
uchun ularni qazib olishda, tashish va ishlatishda isrofgarchilikga, atrof - muhitning ifloslanishiga yo’l 
qo’ymaslik kerak. 
                                                                                                             Jadval - 3 Tabiiy resurslar tasnifi 
Tugaydigan 
Tugamaydigan 
Tiklanmaydigan 
Tiklanadigan 
Kosmik 
resurslar 
Iqlim 
resurslari 
Suv 
resurslari 
Er osti 
boyliklari 
Tuproq  qatlami 
Quyosh radiatsiyasi  Atmosfera havosi 
Okean suvlari 
Daryo Energiyasi 
O’simliklar 
Dengiz suvining 
ko’tarilishi va 
qaytishi
Shamol 
energiyasi 
Dengiz suvlari 
 
Hayvonat dunyosi 
 
Er osti energiyasi 
Daryo suvlari 
 
Bazi mineral 
xom-ashyolar
 
 
Er osti suvlari 
 
 
 
 
Muz tarkibida gi suvlar 
Dunyo okeani resurslari, atmosfera havosi, Antarktida tabiiy resurslari, kosmik fazo, ko’chib 
yuruvchi hayvonlar umumjaxon resurslari xisoblandi. Ulardan foydalanish, muhofaza qilish faqatgina 
xalqaro kelishuvlar yordamida, turli mamlakatlar ishtirokidagina muvaffaqiyatli amalga oshirilishi 
mumkin. 
Tabiatni muhofaza qilish bir necha ming yillik tarixga ega. Lekin bu muammoga alohida etibor XIX 
asrning oxiri va XX asrning boshlarida vujudga keldi. 1864 yili AQSh da J.Marshning «Inson va tabiat» 
kitobi bosilib chiqdi. Unda tabiatni muhofaza qilishning zarurligi haqida dastlabki fikrlar berildi. 1910 yili 
Shveytsariyada Evropadagi birinchi tabiatni muhofaza qilish jamiyati tuzildi. 1913 yili Bernda tabiatni 
muhofaza qilish bo’yicha birinchi xalqaro kengash chaqirildi. 1948 yili tabiatni muhofaza qilish xalqaro 
ittifoqi tuzildi. Tabiatni muhofaza qilish harakatlari XX asrning ikkinchi yarmida ayniqsa kuchaydi. 
O’zbekistonda tabiatni ilmiy asosda muhofaza qilish amalda 1920 yildan boshlangan. 
Jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida inson bilan tabiiy muhit o’rtasidagi munosabat turlicha bo’lgan 
kishilik jamiyati taraqqiyotining dastlabki bosqichida insoi bilan tabiatning o’zaro munosabati ibtidoiy ahvolda 
edi. Ibtidoiy odam o’zi uchun kerakli narsani tabiatdan olar zkan, buning oqibati to’g’risida o’ylab o’tirmas 
edi. Chunki, ibtidoiy odamlar soni jixatidan juda oz bo’lib tabiatga deyarli karam bo’lgan. Kishilar bu davrda 
tabiatni emas, balki tabiat kishilarni o’ziga bo’ysundirgan. 
Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida kishilar o’zi foydalanadigan tabiiy resurslarning holatiga malum 
darajada etibor berib, istemol qiladigan o’simliklarni va ov qiladigan hayvonlarni himoyaga ola boshganlar. 
Bu davrga kelib aholi soni ko’payib, ishlab chiqarish qurollari takomillashib, o’q-yoy, murakkabroq baliq 
ovlash asboblari yaratildi. Malum bir - joylarda hayvonlarni ovlash, foydali o’simlik - urug’larini ko’plab 
terib olish man etila boshlandi. Foydali hayvonlarni ko’plab kirib tashlagan kishilar bu tuzumda o’lim jazosiga 
hukm qilingan. Noyob va qimmatli o’simlik hamda hayvonlar mavjud bo’lgan erlar «muqaddas joy» deb  elon 
qilingan va U erlarda ov qilish, o’simliklarning mevasi va urug’ini terish man etilgan. Bu tadbir - choralar esa 
tabiatni muhofaza qilish tarixining boshlanishi bo’lgan. 


 
76
Quldorlik jamiyati - xususiy mulkchilikga asoslangan jamiyat bo’lib, - insonning tabiatga ko’rsatgan 
tasiri ancha kuchayib borgan. Yirik quldorlar ko’llar kuchidan foydalanib, katta territoriyalarni haydab, 
tabiiy o’simlik va hayvonlarni yo’q qilib, ekin dalalariga dylalantirganlar. Bunga O’rta Osiyoda, Misrda, 
Xitoy va Hindistonda erlarni xaydab, sug’orib dexkonchilik qilgan quldorchilik davlatlari misol bo’ladi. 
Quldorlik tuzumida erlardan oqilona foydalanish to’g’risida o’ylanmaslik sababli, tuproqning tabiiy holati 
yomonlashib borgan. 
Quldorlik jamiyati davrida bazi davlatlarda yog’och - taxtalarga talab juda ko’p bo’lgan. Shu sababli, 
o’rmonlardan to’g’ri foydalanish va ularni qo’riqlash soxasida choralar ko’rila boshlangan. Bunga misol 
qilib, Vavilon davlatining bundan 4 ming yil oldin o’rmonlarni muhofaza qilish soxasida choralar 
ko’rilganligini, bu choralarni buzgan kishilar qattiq jazolanganligini va hatto o’limga mahkum qilinganini 
aytish mumkin. Hattoki Misrda quldorlik jamiyatida «O’liklar daftari» tashkil etilgan. Bu daftarda tabiat 
muhofazasi soxasida juda qiziqarli savollar yozilgan. Unda o’lgan kishiga oxiratda quyidagi savol - 
javoblar berilishi yozilgan: «Men ularning yaylovlaridagi hayvonlarni o’ldirganim yo’q, hayvonlarni tangri 
erlaridan xaydab chiqarganim yo’q. Men baliq tutganim yo’q». 
Bundan ko’rinib turibdiki, Qadimgi Misrda hayvonlarni o’ldirish, o’simliklardan noto’g’ri foydalanish, 
meyoridan ortiqcha baliq tutish zararli va gunox hisoblangan. 
Feodalizm davriga kelganda ishlab chiqarish kuchlari rivojlanadi. Natijada juda katta territoriyalarda 
o’tloq va o’rmonlar yo’q qilinib, dexqonchilik uchun foydalaniladi. Ayniqsa, rivojlangan G’arbiy Evropadagi 
davlatlar dengizda suzish, yangi erlarni zabt etish uchun ko’plab kemalar qurdi va madanlarni eritish uchun 
ko’plab o’rmonlarni kesishgan. O’sha davrda bir kemani qurish uchun 400 ta tup dub daraxti kesilgan. 
Ispaniyaning «Engilmas Armada» harbiy kemasini qurish uchun yarim million dub kesilgan. Natijada 
Ispaniyada xanuzgacha o’sha qirqilgan o’rmonlar tiklangani yo’q. Feodalizm davrida ko’plab o’rmonlarning 
kesilishi oqibatida tuproq eroziyasi kuchaygan, daryo suv rejimi o’zgargan, noyob hayvonlar (shimol 
bug’isi, sayg’oq kabilar) kamayib keta boshlagan. Bu davrga kelib Er kurrasi tabiatida buzilish yuz bera 
boshlagan. 
Tabiatda ro’y bergan salbiy o’zgarishlar bilan birga feodalizm davrida ham tabiatni muhofaza qilish 
choralari ko’rilgan. Bundan 1000 yil oldin Buxoro yaqinida atrofi baland devorlar bilan o’ralgan Shamsobod 
qo’riqxonasi tashkil etilgan bo’lib, uning ichida bug’u, kiyik, tulki, ayiq kabi yovvoyi hayvonlar yashaganligini 
tarixchi georaf Narshaxiy yozib qoldirgan. 
Kapitalizm davrida jamiyat bilan tabiiy muhit orasidagi tasir juda ham kuchayib ketdi. Chunki ishlab 
chiqarish vositalari xususiy mulkchilikga asoslangan, o’zaro raqobatlar mavjud bo’lgan, xo’jaligi notekis 
rivojlanayotgan kapitalistik jamiyatda tabiiy resurslardan rejasiz foydalanildi. Evropada va Shimoliy 
Amerikadagi katta territoriyalarda o’rmonlar kesilib, shamol va suv eroziyasi kuchayib, hosildor erlar qishloq 
xo’jalik oborotiga yaroqsiz bo’lib qolgan. 
XX asr boshlariga kelib, er kurrasidagi suv havzalari, atmosfera havosi, tuproqlar, sanoat, transport, 
maishiy - kommunal, qishloq xo’jaligi chiqindilari va boshqa chiqindilar bilan ifloslanishi juda ham kuchayib 
ketdi. Bular o’z navbatida sayyoramiz biologik resurslarining holatiga va ayniqsa kishilar salomatligiga ziyon 
etkazmoqda. Shu sababli jaxon mamlakatlarida ham tabiiy muhitni toza saqlash, uni muhofaza qilish masalasi 
keng tus olmoqda. 
Atrof - muhit regional ifloslanishdan global masshtabdagi ifloslanishga aylanib ketdi va geografik muhitda 
energetika balansining ekologik sharoitning va moddalar almashinuvining buzilishi uchun xavf tug’ildi. 
O’tgan asrning 50 - yillaridan boshlab fan - texnikaning jadal rivojlanishi insoniyatning tabiatga tasiri 
miqyosi va darajasining keskin ortishiga olib keldi. 
Tabiiy resurslarning mislsiz o’zlashtirilishi, sanoat ishlab chiqarishining ortishi, transport vositalari 
sonining ko’payishi atrof - muhitning kuchli ifloslanishi muammosini keltirib chiqardi. Hozirgi kunda 
insoniyatning extiyojlari uchun er ostidan 120 miliard t. dan ortiq foydali qazilmalar olinadi. Xalq xo’jaligining 
turli tarmoqlarida yiliga 4000 km
3
 dan ortiq suv ishlatiladi, yonish jarayonida 15 miliard t. kislorod sarf bo’ladi. 
YuNEP (1195 y) malumotlariga ko’ra, har sekuntda atmosferaga 200 tonnadan ortiq SO
2
 gazi chiqarilmoqda 
va 750 t. unumdor tuproq qatlami yo’qotilmoqda; har kuni 47 ming ga o’rmon buziladi, 346 ming ga erlar 
cho’lga aylanadi; taxminan 100 - 300 tur o’simlik yo’qolyapti. 
Tabiatga tasirning kuchayishi aholi sonining keskin oshishi bilan ham bevosita bog’langan. Er yuzida 
XX asr boshida 1 miliard 600 mln. kishi yashagan bo’lsa, 1960 yilda ularning soni 3 miliardga etgan va XXI 
asr bo’sag’asida aholi soni 5,7 miliard kishidan ortgan. 
Ekologik inqirozning oldini olish - tabiiy resurslardan unumli foydalanish, atrof - muhitni 
ifloslanishdan saqlash va demografik muammolarni xal qilish bilan bevosita bog’liqdir. 
Fan  -  texnika  revolyutsiyasi  urbanizatsiya  jarayonining  jadallashuviga  olib  keldi.                 
Urbanizatsiya - deganda shaharlar salmog’ining ortishi, shahar turmush tarzining keng yoyilishi tushuniladi. 
Hozirda er yuzi aholisining yarmidan ortigi shaharlarda yashamoqda. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə