Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/51
tarix08.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#36588
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   51

 
71
qolmasdan, balki quyidagi xususiyatlarga ham ega bo’ladi: suvning bo’lishi biosferaga quyosh nuri 
oqimining tushishi, biosfera moddalarining uch agregat holatida bo’lgan chegarada, yani qattiq, suyuq va 
gazsimon holatlarini o’z ichiga oladi. Shuning uchun ham biosfera uchun uzluksiz holdagi moddalar va 
energiya aylanishi xarakterlidir. 
Biosferaning ikkinchi tarkibiy qismi - o’lik modda hisoblanadi. Bular biosferadagi shunday 
moddalarning to’plamiki, ularning hosil bo’lishida tirik organizmlar ishtirok etmaydi. 
Undan tashqari biosferada oraliq moddalar ham ajratiladi - ular tirik va o’lik moddalarning 
birgalikdagi faoliyatidan hosil bo’ladi. Tirik organizmlar oraliq moddalar hosil bo’lishida etakchi o’rinni 
egallaydi. 
Oraliq moddalar - erdagi tirik moddalarning faoliyati bilan bog’liq bo’lgan tuproq emirilgan tog’ 
jinslari va barcha tabiiy suvlardir. Buni V.I. Vernadskiy biokos moddalar deb ataydi. 
Bundan tashqari - biogen moddalar ham ajratiladi. Ular tirik organizmlarning hayot davomida hosil 
bo’ladi va o’zgarishlarga uchraydi. Ular katta potentsial energiyaga ega bo’lgan toshko’mir, bitum, neft, 
oxaktosh hisoblanadi. 
Biogen moddalar hosil bo’lgandan keyin tirik organizmlar unda kam faoliyat kursatadi. Demak, biosfera 
tirik modld tasiridagi erning qobig’i hisoblanadi. 
Hozirgi vaqtda biosferani sayyoramizdagi eng yirik ekotizim deb qaraladi va unda katta doiradagi 
moddalar aylanishi amalga oshadi. To’xtovsiz davom etadigan va tirik organizmlar faoliyati tufayli tartibga 
solinib turadigan moddalarning doimiy aylanishi - biosferaning o’ziga xos belgisidir. 
Tirik mavjudotlar o’zining yashash sharoitida muhit bilan doimo aloqada bo’lib turadi va geografik 
qobiqda narsalarning aylanishini vujudga keltiradi. Bu biologik aylanish deb ataladi. 
Biosferada tirik mavjudotlarning massasi 2,7 x 10
12
 tonnaga teng, bo’lib u fotosintez orqali har yili 
0,2 x 10
9
 t o’sadi. Yiliga shuncha tirik mavjudotlar xalok bo’ladi. Atmosferada sarf bo’ladigan kislorod o’rni 
fotosintez jarayoni natijasida (xdr yili 460 mlrd.t) to’ldirilib turiladi. O’simliklar SO
2
 ni yutib turadi. 
Biosferada suvning almashinuviga tirik moddalar katta tasir kursatadi. O’simliklar yiliga 140 mlrd.t. 
uglerodni o’zlashtirib 460 mlrd.t. kislorodni ajratib chiqarish jarayonida 2,25 x 10
11
 t suvdan foydalanar ekan. 
Biosferadagi organizmlar azot, kaliy, kremniy, fosfor, oltingugurt va boshqalarning aylanib yurishida 
ham ishtirok etadi. Demak, moddalarning tabiatda to’xtovsiz aylanib yurishda tirik mavjudotlarning ahamiyati 
katta ekan. 
Biosferadagi tirik organizmlar massasining 94,5 % o’simliklar biomassasiga to’g’ri keladi. Bu esa er 
kurrasida modda va energiya almashinuvini tartibga solib turishda o’simliklarning ahamiyatini nihoyatda katta 
ekanligini ko’rsatadi. 
Sizlarga malum, - tabiatda moddalarning aylanishi uchun 3 guruhdan iborat organizmlar katnashishi 
shart hisoblanadi. 
Produtsentlarsiz hayotni tasavvur qilib bo’lmaydi. Ular birlamchi mahsuldorlikni keltirib chiqaradi. 
Konsumentlarning turli darajadagi tartiblari birinchi va ikkilamchi mahsulotni istemol qilgan holda 
organik moddalarni bir holatdan ikkinchi holatga o’tkazadi. 
Ular shu bilan erda hayotning xilma - xilligini keltirib chiqaradi. Bu o’z navbatida turlarning 
evolyutsiyasiga olib keladi. 
Redutsentlar esa organik moddalarni mineral moddalarga parchalab, sayyoramizda o’lik qoldiqlardan 
iborat bo’lgan katta «mozor»ning kelib chiqishiga imkon bermaydi. 
Quyosh er yuzasiga tushadigan asosiy birdan - bir energiya manbaidir. Quyoshdagi energiya manbai 
o’zluksizdir. Bu chiziqli, ochiq jarayon - biosferadagi biotik moddalarning aylanishi - yopiq jarayon uchun 
kerakli sharoitdir. 
Moddalarning biotik aylanishi yopiq tizim shaklida, milliard yil davomida taraqqiyot jarayonida 
shakllangan. U quyidagicha ko’rinadi: yashil o’simlik quyosh energiyasidan foydalangan xolda, tirik 
moddalarning birlamchi maxsulotini hosil qiladi, SO
2
 ni o’zlashtirib, O
2
 ni ajratadi. O’lik hayvon va 
o’simliklarni hasharotlar, zamburug’lar, bakteriya va boshqalar qayta ishlab, ularni parchalaydi, mineral yoki 
oddiy organik birikmalarga aylantiradi, bu esa tuproqga tushib, uni yana o’simlik o’zlashtiradi. Bu 
jarayonning to’xtovsizligi, yopiqligini – oxirgi mahsulotlarning parchalanishi va tarqalishini taminlaydi. 
Busiz erda hayot to’xtashi mumkin edi. 
Demak, yorug’lik tasirida boradigan yashil o’simliklardagi fotosintez jarayoni natijasida organik modda 
to’planadi. Fotosintezning foydali ish kursatgichi juda past bo’lib, er yuziga tushadigan quyosh nurining faqat 
1 % dan foydalaniladi. Foydali qazilmalarda (toshko’mir, neft, torf va b.) quyosh energiyasi to’plangan 
holda uzoq vaqtlar davomida saqlanib kelmoqda. Bazi bir organizmlar organik modda hosil qilishi uchun 
moddalarning oqsidlanishi natijasida ajralib chiqadigan energiyadan foydalaniladi. Bu jarayon xemosintez 
deb ataladi. 


 
72
Energiyaning aylanishi moddalarning aylanishi bilan chambarchas bog’liq. Moddalarning kichik 
doirada (biologik) va katta (geologik) doirala aylanishlari ajratiladi. 
Kichik doirada aylanish - organizmlar o’rtasida, quruqlikda tuproq bilan organizm o’rtasida, gidrosfera 
esa organizm bilan suv o’rtasida sodir bo’ladi. 
Katta doiradagi aylanish - quruqlik bilan dunyo okeanlari o’rtasida boradigan jarayondir. 
Kichik doirada modda aylanishi quruqlikdagi o’simliklar gazsimon moddalar va suvda erigan mineral 
tuzlarning yutilishidan iborat. Bunda, birinchi navbatda, karbonat angidriddan organik moddalarning 
hosil bo’lishi tushuniladi. Nafas olish natijasida esa karbonat angidridning bir qismi troposferaga qaytarib 
chiqariladi. Organik moddalarning ko’pchilik qismi har xil darajadagi konsumentlar va redutsentlar 
tanasidan o’tib, qayta ishlanib parchalanadi va minerallashadi. Ular qayta tuproq, suv yoki havoga qo’shiladi. 
Gidrosferaning o’zida ham moddalarning kichik doirada aylanishi kuzatiladi. Bunda suvda erigan tuzlar 
va gazlar qatnashadi. Suv muhitidagi moddalarning aylanishida avtotrof hisoblangan suv o’tlari muhim rol 
o’ynaydi. Okeandagi biologik moddalar aylanishida o’simlik va hayvonlar qoldiqlari (parchalangan va 
minerallashgan qismi) suvda erigan holda zaxira moddalar sifatida qatnashadi, ularning bir qismi okean 
tubida yotqiziqlar hosil qiladi. 
Katta doiradagi moddalarning aylanishi quruqlikdan moddalarning daryo va havo oqimlari bilan 
okeanga kelib tushishidan iborat bo’lib, dengiz yotqiziqlarining quruqlikga qayta chiqishi esa okean tubining 
ko’tarilishi va uning natijasida quruqlik ayrim joylarining cho’kishi bilan sodir bo’ladi. Erda moddalarning 
aylanishi ayrim kimiyoviy moddalarning aylanishidan tashkil topadi.  
Planetamizda tirik moddalarning 5 ta asosiy funktsiyasi ajratiladi: 
1.  Energetik 
2.  Gaz almashinuvi 
3.  Jamg’arish 
 
4.  Oksidlanish - qaytarilish 
5.  Destruktiv (parchalovchi) (organik moddalarning parchalanishi). 
1.  Energetik funktsiyasi asosida yashil o’simliklarning fotosintez jarayoni yotadi.  Quyosh 
energiyasining   akkumilyatsiya   qilishi   va   uning   biosfera   ayrim   komponentlarida   katta 
taqsimlanishi boradi. Quyosh energiyasining to’planishi natijasida erda hamma hayotiy holatlar 
sodir bo’ladi. 
2. Bu fotosintez funktsiyasi va nafas olish jarayonlariga bog’liq bo’ladi. Gazlarning ko’chib 
yurishini  taminlaydi.   Biosferaning  gaz  tarkibini  taminlaydi.   Tirik   organizmlarning 
funktsiyasi jarayonida asosiy gazlar hosil bo’ladi: azot, kislorod, karbonat angidrid, metan va 
boshqalar. 
3. Bu funktsiyasi atrof - muhitda biogen elementlarning tirik organizmlar tamonidan 
to’planishida ko’rinadi.  Masalan:  o’simliklar  fotosintez  jarayonida kimyoviy  elementlarni 
tuproqdan kaliy, fosfor, azot, vodorod va boshqalarni, havodan esa uglerod olib, hujayraning 
organik moddalari tarkibiga kiritadi. Jamg’arish funktsiyalari tufayli tirik organizmlar ko’p 
miqdorda cho’kma jinslarini masalan: bo’r, ohak kabi jinslarni hosil qiladi. 
Vodorod, uglerod, azot, kislorod, natriy, magniy, alyuminiy, kremniy, xlor, kaliy, kaltsiylarning 
kontsentratsiyasi tirik organizmlarning tanasida tashqi muhitga qaraganda yuzlagan, minglagan marta yuqori 
bo’ladi. 
4. Bu funktsiyasi natijasida o’zgaruvchan valentlikga ega bo’lgan   ko’pchilik   kimyoviy 
elementlarning temir, oltingugurt, margenets, azot va boshqalarning aylanishi yotadi. Masalan: 
tuproqdagi xemosintezlovchi bakteriyalar ana shu jarayonlarni amalga oshiradi. Buning natijasida N
2
S, temir 
rudasining bazi bir turlari, har xil azot oksidlari hosil bo’ladi. Bunda er yuzasida oksidlanish - 
qaytarilishning biogen jarayonlari ustunlik qiladi. 
5. Bunda organizmlarning nobud bo’lishidan keyingi parchalanish jarayonlari bilan bog’liq 
bo’ladi. Buning   natijasida   organik   moddalarning   minerallashuvi   sodir   bo’ladi   hamda 
biosferaning biogen va biokos moddalari hosil bo’ladi, 
3 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi:  Noosfera hakida tushuncha berish. Biosferada 
odamning roli nimadan iborat ekanligini bayon etish. 
Noosfera. Biosfera va inson faoliyati. Noosfera (yunoncha «noos» - idrok degani) - fikrlovchi qobiq 
degan lug’aviy manoni beradi. 
Insoniyat jamiyati o’zining xususiyatlari bilan birga er yuzidagi hayot rivojlanishining navbatdagi 
bosqichidir. U eng kuchli tabiiy omil sifatida sayyoramizni o’zgartirib yubormoqda. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə