Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/51
tarix08.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#36588
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   51

 
73
Biosfera o’zining keyingi taraqqiyotida noosferaga o’tadi. U biosferaning eng yuqori taraqqiyot 
bosqichi bo’lib, odam va tabiat o’rtasidagi munosabatda asosiy kuch - aql - idrok hisoblanadi. Odamning 
aqliy faoliyati taraqqiyotning asosiy omili hisoblanadi. 
V.I.Vernadskiy tasdiklashicha - noosfera planetamizda yangi geologik hodisa hisoblanadi. Odam tirik 
geologik kuchdir. Uning fikricha, noosfera biosferaning qonuniy rivojlanishi natijasida kelib chiqadigan 
bosqich bo’lib, iison bilan tabiat o’rtasidagi o’zaro ongli aloqa munosabatlarini o’z ichiga oladi. 
Biosferani - insonning o’zi evolyutsion yo’l bilan vujudga kelgan vaqtdagidek va biologik tur sifatida 
yashab bora oladigan hamda o’z sog’ligini ehtiyotlab, mustahkamlab, xo’jaligini yurita oladigan holda 
saqlab qolishga harakat qilishi kerak. Bu shartlar tabiatni qayta o’zgartirishga barham beradi. 
Tabiat butun jonli mavjudotlarning rivojlanishiga imkon yaratib bergan asos va inson uchun hayot 
kechirish, uning moddiy, manaviy extiyojlarini qondiruvchi birlamchi manbadir. Inson tabiatning ajralmas 
bir qismi hisoblanadi, lekin u tabiatning boshqa elementlaridan o’zining                      aql - zakovati, ongliligi 
bilan ajralib turadi. 
Odamning biosferadagi roli nimadan iborat? 
Inson dastlabki vaqtlarda biosferaning tuzilmasiga tasir etmasdan, ibtidoiy xdyot kechirgan. Uning 
turli qurollar va olovdan foydalanishi, yovvoyi hayvonlarni qo’lga o’rgatishi, o’simliklarni madaniylashtirishi 
kabilarni ovqat mahsulotlarining ko’payishiga, aholi sonining ortishiga sabab bo’ldi, bu esa albatta 
insonning biosferaga bo’lgan tasirini kuchaytiradi. 
Insonlarning biosferaga tasirini shartli ravishda quyidagi yo’nalishlarga ajratish mumkin: 
1.  O’rmonlarni kesish, yangi erlarni o’zlashtirish birinchi navbatda suv rejimiga salbiy 
tasir ko’rsatadi. Natijada daryolar sayozlashadi, botqoqlanish, o’t bosish, baliqlar sonining 
kamayishi kuzatiladi. Er osti suvlar zaxirasi kamayadi, qor va yomg’ir suvlari tuproqqa singmay 
uning yuza qismini yuvib ketadi. Suv va shamol eroziyasi birgalikda tuproqqa yanada kuchli tasir 
etadi. 
2.  Ikkinchi muhim omil sug’orish ishlaridir. Sug’orish ishlari unumsiz erlarni unumdor 
erlarga  aylanishiga  imkon   berish  bilan   birga,   er  osti   suvlari  sathining  ko’tarilishiga, 
tuproqning  sho’rlanishiga,  bazi  joylarning botqoqlanishi   va suv  bosishiga olib  kelishi mumkin. 
Sug’oriladigan erlarning kengayishi - daryo suvlarining qurib qolishiga ham sababchi bo’ladi. 
3. Kimyoviy o’g’itlardan  foydalanish.   Bu  bilan  hosildorlikni  bir  necha  marta oshirish 
mumkin. Shu  bilan birga ichimlik suvlarining sifatining yomonlashuvi, nitrat va nitritlarning suvda 
to’planishi natijasida xavfli bo’lgan kontserogen modda – nitrozaminlar hosil  bo’lmoqda. Suv havzalarida 
fosforli o’g’itlarning bo’lishi azot va kaliy miqdorini cheklaydi, shu bilan birga fitoplanktonlarning 
ko’payib ketishiga sababchi bo’ladi. Ko’k - yashil suv o’tlarining havodagi azotni o’zlashtirish xususiyati 
bo’lgani uchun tez ko’payib suvda erigan O
2
 ni o’zlashtiradi. Suv yuzasida «gullash» xodisasi kuzatiladi va 
baliqlarning yoppasiga qirilib ketishini, ko’lning asta - sekin botqoqlanishiga olib keladi. 
4. Insonning biosferaga ko’rsatadigan kuchli tasirlaridan biri o’simliklar kasalliklari, 
zararkunanda hasharotlar va begona o’tlarga qarshi  kurashda foydalanadigan  kimyoviy  kurash 
vositasidir. 
Albatta qishloq xo’jaligida gerbitsndlar, defoliantlarni qo’llash natijasida oziq mahsulotlari ishlab 
chiqarish ortadi. Ammo DDT (dixlordifeniltrixloretan) va boshqa xlor va fosfororganik birikmalar ko’pchilik 
hayvonlar, hattoki inson sog’ligi uchun ham xavflidir. Bu zaharli moldalar biogeotsenozlarda uzoq vaqt 
saqlanib qoladi va to’planadi. 
Insonlar bugungi kunda qishloq xo’jalik soxasida zaharli kimyoviy moldalardan foydalanishdan 
hali ham voz kecha olmayapti. Zararkunandalarga qarshi kurashda biologik usullardan foydalanish endigina 
amalda qo’llanilmoqda. 
Yuqorida takidlaganlar faqat inson ozuqa bilan taminlanishi bilan bog’liq bo’lgan ravishda 
biosferaga ko’rsatayotgan tasirining dalillaridir. 
Atom energiyasi va sanoatning rivojlanishi bilan birga radioaktiv chiqindilarning to’planishi jiddiy 
muammo hisoblanadi. 
Yirik shaharlarning paydo bo’lishi, urbanizatsiya jarayonining kuchayishi, turar joylar qurilishlari, 
sanoat korxonalarining katta maydonlarni egallashi tabiiy biogeotsenozlarning qisqarishiga olib kelmoqda. 
Umuman, inson biosfera resurslaridan maksimal foydalanish uchun harakat qilmoqda. Biz shuni doimo 
yodda tutishimiz kerakki, tabiat qonunlarini oyoq osti qilolmaymiz, inson o’zini tabiatning tarkibiy qismi 
sifatida xisoblashi zarur. 
Mustaqil it topshiriqlari: 


 
74
1. Biosfera haqida ilmiy adabiyotlarni topib o’qish. Biosferani asrash haqida fikr - muloxaza yuritish va 
o’qish jarayoni boshida tutilgan daftarga yozish. 
2. Insonning biosferani o’zgartirishi uning imkoniyatlari, chidamliligi darajasidan oshib ketsa nimani 
kuzatish mumkin? Bu haqida ham muloxaza yuritish va daftarga qayd etish lozim bo’ladi. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.  V.A.Radkevich. Ekologiya. Minsk. «Vısshaya shkola», 1983. 270-294 b. 
2.  N.M.Chernova, A.M.Bılova. Ekologiya. M.«Prosveshenie», 1988. 239-249 b. 
3.  A.S.To’xtaev. Ekologiya. T.«O’qituvchi», 1998. 131-143 b. 153. 
 
 
 
MA’RUZA  –  15 
Mavzu: Tabiat va atrof muhitni muhofaza qilish. 
 
Reja: 
 
1.  Tabiatni muhofaza qilish.  Insonning tabiatga tasir shakillari 
2.  Atrof muhit ifloslanishining sotsial – iqtisodiy oqibatlari. 
 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:  Bevosita, bilvosita tasir, ijobiy, salbiy tasir, tabiiy resurs, 
ruxsat etilagan miqdor (REM),  mineral, organik, bakterial, biologik ifloslovchi birikmalar. 
 
1 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Tabiatni muhofaza qilish tushunchasi haqida, 
insonning tabiatga tasir shakllari va uning turli tarixiy davrlarda tabiatga ko’rsatib kelgan tasirini bayon etish. 
Tabiiy resurslar va uning klassifikatsiyasini tushuntirish, demografiya, urbanizatsiya.  
Inson va atrof - muhit o’rtasidagi o’zaro munosabatlar keskinlashgan, fan - texnika jadal rivojlangan 
davrda tabiatni muhofaza qilish eng asosiy muammolardan hisoblanadi. 
Tabiatni muhofaza qilish tushunchasi insonning atrof muhitga salbiy tasiri yuzaga kelgan uzoq 
o’tmishdan yaxshi malum. 
Agar ilgari tabiatni muhofaza qilish deganda malum amaliy tadbirlar majmuasi tushunilgan bo’lsa, 
so’nggi yillarda alohida kompleks fan shakllanmoqda. 
Tabiatni muhofaza qilish deganda - xozirgi va kelgusi avlodlarning extiyojlarini hisobga olgan holda 
tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va atrof - muhitni musaffo holida saqlashga qaratilgan, ilmiy asosda 
amalga oshiriladigan mahalliy, davlat va xalqaro tadbirlar majmuasi tushuniladi. 
Tabiatni muhofaza qilish - jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida maqsad va mazmuniga ko’ra 
farqlangan. Tabiatni muhofaza qilishning dastlabki bosqichida yo’qolib borayotgan alohida o’simlik va 
hayvon turlarining muhofazasi amalga oshirilgan. 
Insoniyatning extiyojlari o’sishi bilan tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish 
bosqichi vujudga kelgan. 
Atrof - muhitning xozirgi zamon ekologik muhofazasi bosqichi - insonning tabiatga tasiri 
umumsayyoraviy miqyosga etgan XX asrning o’rtalarida boshlangan. Bu boskichning asosiy vazifasi - 
ekologik tizimlarni muhofaza qilish, ularning o’z - o’zini tiklash qobiliyatini taminlash va biosferadagi 
muvozanatni saqlashdir. 
Tabiatni muhofaza qilishning hozirgi asosiy vazifalari - tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish, 
chiqindisiz ishlab chiqarishni joriy qilish, atrof - muhitni ifloslanigidan saqlash, salbiy o’zgarishlarni 
bashorat qilish, ularning oldini olishdan va hokazolardan iboratdir. 
Tabiatni muhofaza qilish haqidagi fan juda serqirra bo’lib, u faqatgina geografiya, biologiya, 
fizika, kimyo, iqtisod va boshqa ko’plab tabiiy va ijtimoiy fanlar tutashgan joydagina muvaffaqiyatli 
rivojlanadi. 
Insonning tabiatga bevosita va bilvosita, ijobiy va salbiy tasir shakllari ajratiladi. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə