Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/51
tarix08.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#36588
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   51

 
65
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
MA’RUZA  –  13  
 
Mavzu: Quruqlik va suv ekotizimlari 
 
Reja: 
 
1. Quruqlik va suv ekotizimlarining asosiy xususiyatlari. 
2. Suv muhitidagi hayot 
 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: pelagial, bental, gidrobiont, nekton, plankton, bentos, 
neyston, pleyston, perifiton, supralitoral, litoral, sublitoral, batial, abissal, leytik, lotik, limnik, profundal 
zonalar, cho’l, adir tog’, yaylov zonalari. 
 
1 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Quruqlik va suv ekotizimlarining asosiy 
xususiyatlarini bayon etish. Suv muhitidagi hayot va quruqlik ekotizimlarining suv muhitidan farqli belgilari 
haqida fikr yuritish, talabalar ongiga singdirish.  
 
Evolyutsiya jarayonida quruqlikda yashovchilarda o’ziga xos anatomo - morfologik, fiziologik, xulqiy 
va boshqa moslanishlar kelib chiqgan. Ularda nafas olish jarayonida kislorodni o’zlashtirish chun organlar 
hosil bo’lgan. Masalan: o’simliklarda og’izchaning bo’lishi; hayvonlarda o’pka va traxeya. Noqulay 
sharoitdan himoyalanish uchun murakkab moslanishlar ishlab chiqilgan (hayotiy tsikllarning davriyligi va 
maromi, to’qimalarning tuzilishi); tuproq bilan aloqaning o’rnatilishi (o’simlik ildizi, hayvonlar qoldig’i); 
ozuqa axtarish maqsadida hayvonlarda judayam kuchli harakatchanlikning ishlab chiqilishi; uchuvchi 
hayvonlarning paydo bo’lishi - ular esa havo oqimi bilan o’simliklarning meva, urug’, changlarini bir joydan 
ikkinchi joygatashiydi. 
Er yuzasidagi ekotizimlar ko’p yarusli bo’lib, ular har xil balandliklarda vertikal joylashgan 
qatlamlarga ega. Masalan, o’rmonlarda bir necha yaruslarni ajratish mumkin: 
1. Daraxtlar 
2. Butalar 
3. Butachalar 
4. Ko’p yillik 
5. Bir yillik 
6. Lianalar va hoqazo 
Hayvonlar ham o’rmonda har xil yaruslarni egallab, yani har xil balandlikda yashaydilar. Ko’pgina 
qushlar o’z inlarini erda qursa, ayrimlari daraxtlarning ustiga quradi. Har bir yarusdagi mavjud o’simlik, 
umurtqali va umurtqasiz hayvonlar o’rtasida kuchli bog’lanishlar kuzatiladi. 
Quruqlik muhitida suv muhiti kabi aniq ajratilgan iqlim zonallikni ko’rishimiz mumkin. 
O’simlik va hayvonlar har qaysi zona uchun xos bo’lgan sharoit bilan chambarchas bog’liq bo’ladi, 
chunki ular shu erlarda yashaydilar va birinchi navbatda kompleks iqlim omillariga moslashadilar. Bu esa 
tuproq sharoitiga, relefiga, geografik va joyning boshqa xususiyatlariga ham bog’liq bo’ladi. G.Valter asosan 
6 ta iqlim zonasini ajratadi. 
1. Ekvator 
2. Tropik 
3.  Quruq subtropik 
4.   Almashinib turuvchi 


 
66
5.   Mo’tadil 
6.  Arktik 
Har bir iqlim zonasi o’zining o’simlik va hayvonot olami bilan tavsiflanadi. Eng boy hayotiyligi va 
hosildorligi bilan tropik o’rmonlar, yirik daryolarning qirg’oqlari, subtropik o’rmonlar ajralib turadi. 
Cho’llarda, sahrolarda esa kam bo’ladi. 
O’ziga xos o’simliklar dunyosi va landshaftiga ega bo’lgan biogeotsenozlar geografik zonallik bilan ham 
chambarchas bog’liq bo’ladi. Geografik zonallik natijasida biomlar deb ataluvchi yirik regional ekotizimlar 
hosil bo’ladi. Bunday biomlarga tundra, tayga, o’rmon, cho’l, dasht va tropik o’rmonlar misol bo’ladi.  
 
 
 
 
Markaziy Osiyo regionining ekotizimlari. 
Bu regionning fizik - geografik sharoiti va landshafti ham juda xilma-xildir. Shimoliy-g’arbiy xududlar 
cho’l va chala cho’llardan iborat bo’lib, yozi quruq issiq, kishi sovuq, yog’ingarchiliqning kam bo’lishi 
bilan tariflanadi. 
Tog’ oldi va tog’ xududlarida chala cho’llar, quruq cho’llar, to’qaylar, aralash va archali o’rmonlar, alp 
o’tloqlari hamda sovuq tog’ cho’llari kabi biomlar uchraydi. 
O’rta Osiyo va Kavkaz atrofida dengiz sathidan ko’tarilgan sari iqlim hamda tuproq sharoiti o’zgarib 
boradi. Joyning absolyut balandligi qancha yuqori bo’lsa, iqlim shuncha salqin bo’ladi. Bunday holat faqat 
tuproqni emas, balki o’simliklar dunyosini ham o’zgartiradi. Natijada tekisliklarda o’sadigan, issiqsevar yoki 
kserofit o’simliklar o’rnini asta-sekin sovuqga chidamli yoki mezofil o’simliklar egallaydi. Tabiatdagi bu 
hodisa vertikal zonalliq deyiladi. 
Bundan tashqari, 1969 yili ota-bola K.Z.Zokirov va P.K.Zokirovlar tamonidan o’simliklarning 
ekologik klassifikatsiyasi taklif qilindi. Bunda O’rta Osiyo o’simliklari baland mintaqalar bo’yicha 
tarqalishiga asosan quyidagi zonallikga (poyasga) bo’linadi: 
1. Cho’l  zonasi  -  O’rta Osiyoning butun tekislik qismi. Dengiz sathidan  500  -  600  m. balandlikda 
joylashgan. 
2. Adir zonasi - Cho’l va tog’ zonalari o’rtasida joylashgan. Dengiz sathidan 500 - 700 m. bazi joylari 
esa 1200- 1600 m balandlikda joylashgan. 
3. Tog’  zonasi  -  bu  zona dengiz  sathidan   1200-1500  dan  2700  -  2800   m   gacha  bo’lgan 
balandliklarni egallaydi. 
4. Yaylov zonasi - Dengiz sathidan 2700-2800 m balandlikdan eng yuqori cho’qqilargacha bo’lgan 
joylar yaylov zonasi hisoblanadi. 
Er- havo muhitida, yani quruqlik ekotizimlari uchun quyidagi xususiyatlar tegishlidir yoki ular suv 
muhitidan quyidagi belgilari bilan farq qiladi: 
1.  Quruqlikda asosiy chegaralovchi omil - bu namlik hisoblanadi. 
2. Harorat quruqlikda suv muhitiga nisbatan ko’proq o’zgarib turadi. 
3. Tuproq organizmlar uchun asosiy tayanch vazifasini bajaradi. 
4. Quruqlikda turli geografik to’siqlar (tog’lar, daryolar, cho’llar) organizmlarning erkin harakat 
qilishiga halaqit beradi. 
5. 
Substrat xarakteri - quruqlik ekotizimlari uchun muhimdir. Tuproq har xil biogen 
elementlarning manbai bo’lib, yuqori taraqqiy etgan ekologik muhitdir. Quruqlikda yuqori taraqqiy 
etgan o’simlik va hayvon taksonomik guruhlari uchraydi, ularning eng murakkablari 
ustunlik (dominantlik) qiladi. 
 
2 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi:  Gidrobiontlarning ekologik guruhlarini tahlil qilish
suv o’simlik va hayvonlarining moslanish xususiyatlarini bayon qilish, okeanlarning ekologik zonalari 
haqida tushuncha berish. 
 
Malumki, hamma tirik organizmlar uchun suv, tuproq, havo - asosiy hayot muhiti hisoblanadi. 
Bulardan suv - muhit sifatida ko’pgina organizmlarga xizmat qiladi. Suv muhitida yashovchi organizmlarga – 
i d r o b i o n t l a r deb ataladi. 
Dunyo okeanida suv qatlami - pelagial («re1agos» - dengiz); suv tubi - bental («benthos» - 
chuqurlik) deyiladi. 
Pelagial organizmlar suvning malum qatlamlarida faol suzishi yoki turishi mumkin. Shunga ko’ra, 
pelagial organizmlar ikkita guruhga bo’linadi: 
1. Nekton; 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə