Microsoft Word haj va umra ziyouz com doc


Zamzam suvi ichilayotganda o‘qiladigan duo



Yüklə 192,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/39
tarix11.10.2023
ölçüsü192,52 Kb.
#126967
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39
Haj va umra ibodatlari (duo kitobi)

Zamzam suvi ichilayotganda o‘qiladigan duo
«Allohumma inniy as`aluka ‘ilman nafi’an varizqon vasi’an vashifa`an min kulli da`in 
vasaqiymin birohmatika ya arhamar rohimiyn».
Ey rahmlilarning rahmlirog‘i – Allohim, rahmating bilan men Sendan manfaat beruvchi 
ilm, keng rizq va har bir dard va xastaliklarga shifo so‘rayman. 
Ibrohim (a.s.) maqomlarida o‘qiladigan duo
«Allohumma innaka ta’lamu sirriy va’alaniyyatiy faqbil ma’zirotiy, vata’lamu hajatiy 
fa`a’tiniy su`liy, vata’lamu ma fiy nafsiy fag‘fir liy zunubiy, Allohumma inni as`aluka 
iymanan yubashiru qolbiy va yaqinan sodiqon hatta a’lamu annahu la yusibuniy illa ma 
katabta liy rizon minka bima qosamta liy, anta valiyyiy fiddunya val`axiroti, tavaffaniy 
musliman va`alhiqniy bissolihiyn, Allohumma la tada’ lana fiy maqomina haza zanban 
illa g‘ofartahu, vala hamman illa farrojtahu, vala hajatan illa qozoytaha va yassartaha, 
fayassir umurona, vashroh sudurona, vanavvir qulubana, vaxtim bissolihati a’malana, 
Allohumma tavaffana muslimiyna va`ahyina muslimiyna, va`alhiqna bissolihiyna, g‘oyro 
xozayaa vala maftuniyna».
Allohim, albatta Sen sirrimni ham, sirtimni ham bilasan, bas, uzru o‘tinchimni qabul qil. 
Hojatimni bilasan, bas, so‘ragan narsamni bergin. Nafsimdagi narsalarni bilasan, bas, 
gunohimni mag‘firat qil. Allohim, Sendan qalbimni boshqaradigan iymon, va sodiq 
ishonchni so‘rayman, hattoki menga faqat taqdir qilgan narsanggina yetishini, men 
uchun taqsim qilgan narsangga rozi bo‘lgan holatimda bilaman. Sen u dunyo-yu bu 
dunyo Egamsan. Meni musulmon holatda vafot ettirgin va solihlar bilan birga qilgin. 
Allohim, bu maqomimizda mag‘firat qilinmagan gunohimizni, yechilmagan g‘amimizni, 
ravo bo‘lmagan va oson qilinmagan hojatimizni qoldirmagin. Bas, ishlarimizni oson 
qilgin, dillarimizni keng qilgin, qalblarimizni nurlantirgin, amallarimizni solihi bilan 
tugatgin. Allohim, musulmon holatda vafot ettirib, musulmon holatda tiriltirgin, solihlar 
bilan birga qilgin, fitnalangan, sharmanda bo‘lganlar bilan birga qilmagin!


Haj va umra ibodatlari (duolar kitobi) 

Yüklə 192,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə