Microsoft Word haj va umra ziyouz com doc


Bu duo Masjidul haromning Salom eshigidan kirayotganda o‘qiladi



Yüklə 192,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/39
tarix11.10.2023
ölçüsü192,52 Kb.
#126967
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Haj va umra ibodatlari (duo kitobi)

Bu duo Masjidul haromning Salom eshigidan kirayotganda o‘qiladi:
«Allohumma antas salamu va minkas salamu fahayyina robbana bissalam. Va adxilnal 
jannata daros salami tabarokta va ta’alayta ya zal jalali val ikrom. Allohummaftah liy 
abvaba rohmatika va mag‘firotika va adxilniy fiyha, bismillahi valhamdu lillahi vas solatu 
vas salamu ‘ala rosulillahi sollallohu alayhi vasallama».
Allohim, Sen salom sifatli zotsan, salomatlik Sendan. Bizni salomatlik ila tiriltir, 
salomatlik diyori bo‘lmish jannatga bizlarni kirgizgin. Ey buyuklik va ulug‘lik egasi, Sen 
barakotli va oliy bo‘lding. Allohim, menga rahmat va mag‘firat eshiklarini ochgin va meni 
unga kiritgin. Alloh nomi ila boshlayman. Allohga hamd bo‘lsin. Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallamga salotu-salomlar bo‘lsin! 
 
Baytullohga ko‘z tushganda o‘qiladigan duo
Agar Bayti sharifga ko‘zi tushsa, uch marta tahlil («La ilaha illalloh») aytadi va uch 
marta takbir («Allohu akbar») aytadi. So‘ng ushbu duoni o‘qiydi: 
«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu, lahul mulku valahul hamdu vahuva ‘ala kulli 
shay`in qodiyr. A’uuzu birobbil bayti minal kufri val faqri va min ‘azabil qobri va ziyqis 
sodri. Vasollallohu ‘ala sayyidina muhammadin va ‘ala alihi vasohbihi vasallam. 
Allohumma zid hazal bayta tashriyfan va takriyman va ta’ziyman va mahabatan va zid 
ya robbi man sharrofahu va karromahu va ‘azzomahu mimman hajjahu av i’tamarohu 
tashriyfan va takriyman va ta’ziyman va mahabatan va rif’atan va birron»
Hech iloh yo‘qdir, magar yolg‘iz Alloh bordir. Uning hech bir sherigi yo‘qdir. Jamiki mulk 
va hamd unikidir. Va u har narsaga qodir Zotdir. Bayti Robbisi nomi ila kufrdan, faqrdan, 
qabr azobidan va qalb torligidan panohlanaman. Sayyidimiz Muhammad (s.a.v.) va u 
zotning ahli baytlariga va sahobalariga Allohning salotu salomi bo‘lsin. Allohim, baytingni 
musharraflikda, mukarramlikda, muazzamlikda, mahobatda, darajada va yaxshilikda 
ziyoda qilgin. Ey Rabbim, haj va umra qiluvchilardan kimki baytingni musharraf, 
mukarram va muazzam qilsa Sen ham musharraflikda, mukarramlikda, muazzamlikda, 
mahobatda, darajada va yaxshilikda ziyoda qilgin.
Tavof
Haj, umra va yoki vado’ (vidolashuv) tavoflari uchun Ka’bani yetti marotaba aylanib
tavof qilinadi. So‘ng qora toshni o‘piladi. Va qo‘llarni ko‘tarib shunday deyiladi:
«Bismillahir rohmanir rohiym. Allohu akbar, valillahil hamd».


Haj va umra ibodatlari (duolar kitobi) 

Yüklə 192,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə