Microsoft Word haj va umra ziyouz com doc



Yüklə 192,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/39
tarix11.10.2023
ölçüsü192,52 Kb.
#126967
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Haj va umra ibodatlari (duo kitobi)

Uchinchi shavt duosi:
«Allohumma inniy a’uuzu bika minashshakki vashshirki vashshiqoqi vannifaqi va suu`il 
axlaqi va suu’il manzori valmunqolabi fil mali valahli valvaladi. Allohumma inniy 
as`aluka rizoka va jannataka vaa’uuzu min saxatika vannari. Allohumma inniy a’uuzu 
bika min fitnatil qobri vaa’uuzu bika min fitnatil mahya valmamati»
Allohim, men Sen bilan shakdan, shirkdan, badbaxtlikdan, nifoqdan, yomon axloqdan va 
ahl, bola hamda mol masalasida yomon manzara va yomon o‘zgarishdan panohlanaman. 
Allohim, Sendan roziligingni va jannatni so‘rayman. Va Sen bilan g‘azabingdan va 
do‘zaxdan panohlanaman. Va Sen bilan tiriklik va o‘lim fitnasidan panohlanaman. 
To‘rtinchi shavt duosi:
«Allohumma ij’alhu hajjan mabruuron va sa’yan mashkuuron va zanban mag‘fuuron va 
‘amalan solihan maqbuulan va tijarotan lan tabuur ya ‘alima ma fissuduur axrijniy ya 
Allohu minazzulumati ilannuur. Allohumma inniy as’aluka muujibati rohmatika va 
‘azaima mag‘firotika vassalamata min kulli ismin valg‘oniymata min kulli birrin valfavza 
biljannati vannajata minan nar. Robbi qanni’niy va barik liy fiyma a’taytaniy vaxlif ‘ala 
kulli g‘oibatin liy minka bixoyrin».
Allohim, bu qilayotgan hajimni mabrur hajlardan, sa’yimni mashkur sa’ylardan va 
gunohlarimni mag‘fur, amallarimni solih maqbul amallardan va hech ziyon ko‘rmaydigan 
tijorat qilgin. Ey qalblardagi narsani biluvchi Zot – ey Alloh, meni zulmatdan nurga 
chiqargin. Rahmatingga mustahiq bo‘ladigan narsani, mag‘firatingni vojib qiladigan 
narsani, har bir gunohdan salomat bo‘lishni va har bir yaxshilikda g‘animatni, jannat 
bilan mukofotlanishni, do‘zaxdan najot topishni so‘rayman. Rabbiy, bergan rizqingga 
qanoatli qilgin. Bergan narsalaringni esa barakotli etgin. Ortimda qolgan barcha 
g‘oiblarni xayrli holatda qoldirgin. 
Beshinchi shavt duosi:
«Allohumma azillaniy taxta zilli ‘arshika yavma la zilla illa zilluka vala boqiya illa vajhuka 
vasqiniy min havzi nabiyyika sayyidina Muhammadin sollallohu alayhi vasallam 
sharbatan haniatan mariatan la nazmau ba’daha abadan, Allohumma inni as`aluka min 
xoyri ma sa`alaka minhu nabiyyuka sayyiduna muhammadun sollallohu alayhi 
vasallama, va a’uzu bika min sharri masta’azaka minhu nabiyyuka sayyiduna 
Muhammadun sollallohu alayhi vasallama. Allohumma inniy as`alukal jannata va 
na’iymaha vama yuqorribuniy ilayha min qovlin av fi’lin av ‘amalin va a’uzu bika 
minannari vama yuqorribuniy ilayha min qovlin av fi’lin av ‘amalin».
Allohim, soyangdan boshqa soya bo‘lmaydigan kunda Arshing soyasi ostida meni 
soyalantirgin. Sening vajhingdan o‘zga hech narsa boqiy emas. Nabiying, Sayyidimiz 


Haj va umra ibodatlari (duolar kitobi) 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
6
Muhammad alayhissalom havzlaridan pok va muborak sharbat ila bizlarni sug‘orginki, 
undan so‘ng biz abadiy chanqamaymiz. Allohim, Nabiying, Sayyidimiz Muhammad 
sollalohu alayhi vasallam Sendan so‘ragan narsalarning yaxshirog‘ini so‘rayman. Va 
Nabiying, Sayyidimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) panoh so‘ragan 
narsalarning yomonrog‘idan Sen bilan panohlanaman. Allohim, men Sendan jannat va 
uning ne’matlarini va meni unga yaqinlashtiruvchi so‘z, fe’l, amal kabi narsalarni 
so‘rayman. Va Sen bilan do‘zaxdan va meni unga yaqinlashtiruvchi so‘z, fe’l yoki amal 
kabi narsalardan panohlanaman. 

Yüklə 192,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə