Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/150
tarix28.05.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#113763
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   150
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi

 
Ilm o‘rganish fazilati
Ilm olish fazilati haqida Qur’oni karimda shunday marhamat qilinadi:
«Axir ulardan har bir guruhdan bir toifa odamlar (jang uchun) 
chiqmaydilarmi?! (Qolganlari esa Madinada) dinni o‘rganib, (jangga ketgan) 
qavmlari ularning oldilariga qaytgan vaqtlarida, u qavmlar Allohning azobidan 
saqlanishlari uchun ularni ogohlantirgani (qolmaydilarmi)?!»
(Tavba surasi, 122-
oyat). 
Bu oyatdan ko‘zlangan maqsad ta’lim berish va to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishdir.
Alloh taolo aytadi:
«Eslang (Ey Muhammad), Alloh kitob berilgan kimsalardan «Albatta, u 
(Kitob)ni odamlarga ochiq bayon qilursizlar va yashirmaysizlar», deb ahd-
paymon olgan edi»
(Oli Imron surasi, 187-oyat). Bu oyat ta’lim berishning vojibligiga 
dalolatdir. 
Boshqa oyatda aytiladi:
«Agar bilmasangiz, ahli ilmlardan so‘rangiz» 
(Nahl surasi, 43-oyat). 
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) ilm olish fazilatini shunday bayon qiladilar: 
«Kim ilm talab qilish yo‘lini tutsa, Alloh taolo uni jannat yo‘liga yo‘llab qo‘yadi».
32
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Maloikalar tolibi ilmning qilgan 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
16
ishidan mamnunlar kerak bo‘lib, unga qanotlarini yozadilar».
33
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qiladilar: «Ilmdan bir bob o‘rganib 
tong ottirishing yuz rakat namoz o‘qishingdan afzaldir».
34
32. Imom Muslim rivoyati. 
33. Imom Ahmad, Ibn Hibbon va Hokimlar rivoyati. 
34. Ibn Abdulbar Abu Zarrdan rivoyat qilgan. Ibn Mojaniki boshqa lafz ila keladi. Bu hadisni Alboniy zaif degan.
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) yana aytadilar: «Kishi ilmdan bir bob o‘rganishi 
uning uchun dunyo va undagi narsalardan yaxshiroqdir». 
35
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Ilmni Chinda bo‘lsa ham 
o‘rganinglar». 
36
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qiladilar: «Ilm xazina, uning kalitlari
savol. So‘ranglar, so‘rashda to‘rt kishi savobga ega bo‘ladi: so‘rovchi, olim, eshituvchi, 
ularni do‘st tutuvchi». 
37
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Johil bilmaganini so‘ramasligi, olim 
bilganini aytmasligi durust emas». 
38
35. Ibn Abdulbar Hasan Basriydan mavquf holda rivoyat qilgan. Tabaroniy zaif isnod ila rivoyat qilgan. 
36. Ibn Adiy va Bayhaqiylar zaif isnod bilan rivoyat qilishgan. Alboniy «Az-za’ifa» nomli kitoblarida botil hadis degan. 
37. Abu Nu’aym zaif isnod bilan rivoyat qilgan. U isnodiga ko‘ra mavzu’dir. 
38. Tabaroniy, Ibn Murdavayh, Ibn Sunniy, Abu Nu’aymlar zaif sanad bilan rivoyat qilishgan.
Abu Zarr rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): 
«Olimning majlisida hozir bo‘lish ming rakat namozdan, mingta kasalni borib ko‘rishdan, 
mingta janozaga ishtirok qilishdan afzaldir», dedilar. Shunda: «Yo Rasululloh, Qur’on 
tilovatidan ham yaxshiroqmi?» deb so‘rashdi. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi 
vasallam) aytdilar: «Ilm bo‘lmasa, Qur’on tilovati foyda beradimi?»
39
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Kim Islomni tiriltirish uchun ilm 
o‘rganayotganida vafot etsa, jannatda u bilan payg‘ambarlar orasida bir daraja 
qoladi».
40
Islom buyuklari ham ilm o‘rganish fazilatini ko‘p ta’kidlashgan.
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Ilm olishda (qiynaldim), bir oz xorlandim, tilagim hosil 
bo‘lgach, azizu mukarram bo‘ldim». 
39. Ibn Javziy «Mavzu’ot»da zikr qilgan. 
40. Doramiy va Ibn Sunniylar hasan holda rivoyat qilishgan.
Ibn Abu Mulayka Ibn Abbos haqida shunday deganlar: «Chiroyda Ibn Abbosdek 
chiroylisini, so‘zlashda tili ravonini, fatvo berishda ilmlisini ko‘rmaganman». 
Abdulloh ibn Muborak aytadilar: «Ilm o‘rganmasdan turib ulug‘likka intilgan kishiga 
hayronman».


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə