Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
19
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qiladilar: «Ilm o‘rganib, uni
boshqalardan yashirgan kishini Alloh taolo qiyomat kuni
olovli yugan bilan yuganlab
qo‘yadi».
46
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Bir hikmatli so‘zni eshitib, uni
yodlab, keyin bir musulmon birodaringga o‘rgatishing eng yaxshi sovg‘adir. Bu qilgan
ishing bir yillik ibodatga teng».
47
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Allohni zikr qilish, unga olib boruvchi
vositalar, muallim va ilm o‘rganuvchidan boshqa dunyo va undagi barcha narsalar
la’natlangandir».
48
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Shubhasiz, Alloh taolo, maloikalar,
osmon
va yerdagi barcha mavjudotlar, hattoki uyasidagi chumoli, dengizdagi baliqlar
insonlarga yaxshilik o‘rgatgan muallim haqqiga duo qiladi».
49
46.
Abu Dovud, Termiziy, Ibn Moja, Ibn Hibbon, Hokimlar rivoyati.
47. Tabaroniy Ibn Abbosdan zaif isnod bilan rivoyat qilgan.
48. Termiziy, Ibn Moja rivoyatlari. Alboniy bu hadisni hasan degan.
49. Termiziy Abu Umomadan rivoyat qilgan. Alboniy sahih degan.
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Musulmon kishi birodariga o‘zi
eshitgan chiroyli hadisini o‘rgatib qo‘yishdan afzalroq foyda yetkaza olmaydi».
50
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Mo‘minning xayrli bir so‘zni eshitib,
uni o‘rganib, unga amal qilishi bir yil ibodat etishidan yaxshiroqdir».
51
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) bir kuni ikki guruh kishilarni ko‘rdilar. Bittasi
Alloh taologa duoyu tasbih bilan mashg‘ul edi, ikkinchi guruhdagilar esa, odamlarga ilm
o‘rgatardi. Shunda Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: «Mana
bular Allohdan
so‘rayaptilar, Alloh ularga xohlasa beradi, xohlamasa bermaydi. Ammo ikkinchi
majlisdagi kishilar odamlarga ilm o‘rgatyaptilar. Men muallim qilib yuborilganman».
Keyin ular tomonga yurib, ular bilan birga o‘tirdilar.
52
50. Ibn Abdulbar Muhammad ibn Munkadirdan mursal holda rivoyat qilgan.
51. Ibn Muborak Zayd ibn Aslamdan mursal holda rivoyat qilgan. «Musnadul-firdavs» kitobida esa, Abu Hurayradan zaif sanad ila
rivoyat qilingan.
52. Ibn Moja Abdulloh ibn Amrdan zaif sanad bilan rivoyat qilgan.
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qiladilar: «Alloh
taolo men orqali
yuborgan hidoyat va ilmning misoli bir joyga ko‘p yoqqan yomg‘irga o‘xshaydi. U joyning
bir bo‘lagi suvni o‘ziga singdirib, ko‘p o‘t-o‘lanlar o‘sib chiqdi. Yana bir yeri yomg‘ir suvini
o‘zida saqlab qoldi va uni Alloh manfaatli qildi, odamlar u suvdan ichdilar,
hayvonlarni
sug‘ordilar va dehqonchilik qildilar. Yana boshqa bir yer esa, tekis, silliq bo‘lganidan,
suvni saqlab qolmadi va biror ekinni o‘stirmadi».
53
Bu hadisda Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) birinchi misoldagi yerni ilmidan
manfaatlangan kishiga, ikkinchisini o‘zi foydalanmasa-da, boshqalarga manfaat beruvchi
kishiga, uchinchini esa, mazkur ikki xislatdan mahrum kishiga o‘xshatdilar.
Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
20
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Odam
farzandi vafot etsa, undan
barcha amali kesiladi. Faqat uch narsada unga to‘xtovsiz ajr yetib turadi. Bu uch
narsadan biri foyda beruvchi ilmdir...».
54
53. Muttafaqun alayh
54. Imom Muslim Abu Hurayradan rivoyat qilgan.
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Xayrli ishga dalolat qiluvchi uni
bajaruvchi kabidir».
55
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Hasad qilish durust emas, ammo ikki
kishiga joizdir: Alloh taolo bergan
ilmu hikmat asosida yashab, odamlarga ham uni
o‘rgatgan kishiga va Alloh taolo molu dunyo berib, uni xayrga sarflaydigan qilib qo‘ygan
kishiga».
56
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam): «Mening xalifalarimga Allohning rahmati
bo‘lsin», dedilar. U zotdan: «Xalifalaringiz kim?» deb so‘rashdi. «Sunnatimni tiriltirib, uni
Allohning bandalariga o‘rgatgan zotlar», deb javob berdilar.
57
Ta’lim berish haqida Islom buyuklaridan ham ko‘pgina rivoyatlar bor.
55. Termiziy Anasdan (r.a.) rivoyat qilib, g‘arib degan. Lekin, Imom Muslim, Abu Dovud, Termiziylar Abu Mas’ud al-Badriydan qilgan
bundan bir oz farqli boshqa bir hadisni sahih deyishgan.
56. Muttafaqun alayh
57. Ibn Abdulbar rivoyati.
Umar (r.a.) aytadilar: «Kim bir hadisni aytsa, keyin unga odamlar amal qilishsa, uni
aytgan odamga amal qilgan kishining ajri barobarida savob beriladi».
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Insonlarga yaxshilikni o‘rgatuvchi muallim haqqiga barcha
narsalar, hatto dengizdagi baliqlar istig‘for aytadi».
Olimlardan biri aytadi: «Olim Alloh bilan bandalar o‘rtasidadir. U o‘zining
kimga vositachi
ekanini unutmasin».
Sufyon Savriy Asqalon shahriga kelib, bir muddat turdilar. Ammo biron inson kelib, u
zotdan ilm so‘ramadi. Shunda aytdilar: «Menga ulov topib beringlar, ketaman. Bu yer
ilm o‘ladigan shahar ekan». Bu gapni ta’lim berish fazilati va ta’lim berish bilangina ilm
boqiy qolishi mumkinligini bilganlari uchun aytdilar.
Ato (ibn Abu Raboh) aytadilar: «Men Said
ibn Musayyab oldilariga kirsam, yig‘lab turgan
ekanlar. «Nimaga yig‘layapsiz?!» deb so‘radim. «Mendan hech kim hech narsa so‘ramay
qo‘ydi», deb javob berdilar».
Ulug‘ zotlardan biri aytadi: «Olimlar zamona chiroqlaridir. Har bir olim zamonasining
chirog‘i bo‘lib, o‘sha zamondagi kishilar ularning nuridan foydalanadi».
Hasan Basriy aytadilar: «Olimlar bo‘lmaganida, insonlar chorva mollari kabi bo‘lib